Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti turizm va marketing kafedrasi


Download 299 Kb.
bet4/12
Sana07.10.2023
Hajmi299 Kb.
#1694870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
курс иши услубий қўлланма Пул ва банклар

2.2. Kurs ishi bо‘yicha topshiriqlarni olish
Kurs ishi rahbari talabaga tanlagan mavzu bо‘yicha kurs ishi topshirig‘ini rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan sо‘ng topshiriqni talabaga beradi.
Kurs ishi topshirig‘ida talabaning ismi sharifi, mutaxassisligi, kursi, guruhi, fan nomi, kurs ishi mavzusi, topshirish muddati bilar bir qatorda namunaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, meyoriy hujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim.
Kurs ishini bajarish jarayonida kurs ishi mavzusini о‘zgartirish yoki boshqa mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.

2.3. Adabiyotlarni tо‘plash va ularni о‘rganish


Kurs ishini yozish uchun har bir talaba о‘z mavzusiga muvofiq keladigan adabiyotlarni о‘rganib chiqadi. Bu esa talabalarga materiallarni tanlab olish, ularni chuqur о‘rganish, umumlashtirish, bir tizimga solish va bu ma’lumotlarni tahlil qilib xulosalar chiqarish kabi xususiyatlarni о‘zlarida shakllantira borishlarida yordam beradi.
K urs ishini bajarishda, avvalo, darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari va kо‘rsatmalar hamda kerakli boshqa materiallarni о‘rganish lozim. Adabiyotlar va manbalar bilan ishlashni mamlakatimizdagi iqtisodiy qonunchilikka doir
bо‘lgan qonun va meyoriy hujjatlarni о‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondashilgan kurs ishini bayon etish uchun iqtisodiy qonuniyatlarni bilish va ularni qо‘llash katta ahamiyatga ega.
Kurs ishini bajarishda faqat uslubiy qо‘llanmalardan va kurs ishi topshirig‘ida tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil holda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim.
2.4. Mavzuning dolzarbligini aniqlash
Mavzuning dolzarbligini yoritish kurs ishi uchun majburiy talabdir. Muallif mavzuni tanlar ekan, uning ilmiy salohiyati va kasbiy tayyorgarligi, albatta, bu mavzuni ma’nosini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi kerak. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar yozilmasligi kerak. Mavzuning dolzarbligining asosiy omillarini tо‘liq bir sahifada kо‘rsatish yetarli bо‘ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, ma’ruzalaridan, Farmon va Qarorlaridan hamda yetuk iqtisodchi olimlar asarlaridan mavzuga tegishli bо‘lgan fikrlarni keltirish zarur.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling