Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Qishloq xo’jalik geografiyasi


Download 55.2 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi55.2 Kb.
#1150037
1   2   3
Bog'liq
quvonchbek

Qishloq xo’jalik geografiyasi: tabiiy sharoit omili va dehqonchilik regionlari. Turkmanistonning tabiiy sharoiti uning katta qismida dehqonchilik qilish uchun jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi. Yer fondining 80 foizdan ko’proq qismini qum barxanlari-yaylovzorlar ishg’ol qiladi. Bu yerlar qo’ychilik va tuyachilik uchun qulay yaylovzorlardir. Bu o’rinda mamlakat hududining aksariyat qismini ishg’ol qilgan Markaziy Qoraqum, Janubi-sharqiy Qoraqum, Zaunguz Qoraqum massivlarini tilga olish o’rinli. Mamlakat hududiiing atigi 2,5-3 foizi dehqonchilik qihlinadigan zonada joylashgan. Shunga qaramasdan qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning 3/5 qismi dehqonchilikdan. Iqlim va termik ko’rsatkichlari dehqonchilikni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.Quruqlik iqlimga ega bo’lgan Turkmanistonning dehqonchilik regionlarida havo harorati o’ta baland. Har bir kv. sm. yuzaga o’rtacha 160 katta kaloriya quyosh nuri tushadi. Bu ko’rsatkich Qozog’istonning shimoliy rayonlarinikidan ikki marta ko’pdir. Yoz issiq, quruq va uzoq davom etadi, qish qisqa va nisbatan sovuq. Havo haroratining yillik o’rtacha ko’rsatkichi 14-16 daraja, iyul oyniki 35 darajadan baland. Qoraqumda harorat soyada 50, ochiq havoda 80 darajaga boradi. Yiliga 220-270 kun ichida biron marta sovuq bo`lmaydi. Havo haroratining ijobiy va foydali yigindisi ham Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng baland. +10 daraja va undan ortiq bo’lgan kunlardagi havo haroratining yillik ijobiy yigindisi Doshavuzda 4500, Turkmanboshida—5000-5250, Chorjo`yda - 5000-5250, Marida - 5550, Qizil Artek va Taxta-Bozorda 5500 darajadan yutori. Shuning uchun ham Turkmaniston dehqonchiligida janubiy mamlakatlar iqlimiga xos qimmatbaho qishloq xo’jalik ekinlari yetishtiriladi. Jumladan bu yerda issiqsevar ekinlar jumladan ingichka tolali paxta ko`p ekiladi. Biroq, yaqin o`tmishda dehqonchilik qilishda namgarchilikning kam bo`lishi, yog`in-sochinning kam tushishi daryolarning kamligi halaqit berib keladi. Turkmaniston xalq xo’jaligini yuritishda ko`ndalang turgan-suv muammosini ijobiy hal qildi. U Amudaryodan mamlakatning eng sharqiy qismidan 1200 km uzunlikdagi Qoraqum kanalini qazdi. Bu kanal Turkmanistonning aholisi zich joylashgan, tuprog`i dehqonchilikka yaroqli bo’lgan rayonlardan kesib o`tib Kaspiy dengizi mamlakatning g`arbiy nuqtasi bilan tutashtirildi. Qoraqum magistral kalalining qazilishi mamlakat hayotida, ayniqsa uning agrosanoat majmuida keskin burilish yasadi.
Turkmanistonning iqlimi dehqonchilik nuqtai nazaridan o`ziga xos xususiyatli. Uning issiq iqlimi va yozning uzoq olti oygacha davom qilishi ingichka tolali paxta etishtirishga katta imkoniyat yaratgan. Qish fasli dekabr-yanvar qisqa va quruq keladi. Yog`in-sochinning kam tushushi tufayli qishda ham sug`orishni taqozo qiladi. Suv Turkmanistonda hayot mamot masalasidir.
Iqlimiy sharoiti bilan bog`liq holatda mamlakat agrosanoat majmui uning hududining turli qismida farqli rivojlantirilgan. Shu jihatdan mamlakat ASMda muhim o`rin tutadigan ikkita rayonni qayd qilamiz.
Birinchisi Murgobtedjon rayoni. Bu rayon Turkmanistonning janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo`lib, u havo haroratining juda balandligi, 10 darajadan yuqori bo’lgan kunlar—vegetatsiya muddatining ko`p 240-250 kunligi va shu muddatda havo harorati yig`indisi 5250-5500 darajaning baland bo`lishi bilan ko`zga tashlanadi. Bunday iqlimiy sharoit termik imkoniyat mazkur rayonda qimmatbaho dehqonchilik—ingichka tolali paxta yetishtirish uchun qulay. Ikkinchi rayon mamlakatning janubi-garbiy qismida joylashgan Kopetdogning ortidagi Subtropik rayonidir. Turkmaniston subtropigi bir tomondan Kopetdog bilan shimoldan esadigan sovuq oqimidan himoya qilingan, ikkinchi tomondan esa Kaspiy bo`yi yumshoq havo oqimiga tutash. Geografik o`rni bilan bog`langan bu xususiyatiga ko`ra uni Janubiy Krimga qiyos qilishadi. Bu rayonda subtropik va sitrus mevalari yetishtiriladi. Biroq Turkmanistonda subtropik va sitrus mevalari yetishtirishdagi muammoli masala mazkur regionda oqar suvlarning yetishmasligi, sersuv daryolarning kamligiga borib taqaladi.
Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlariga nisbatan Turkmanistonda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanib bormoqda. Ziroatchilikning ko’p tarmoqlarida hamda mamlakat chorvachiligida sezilarli darajada o`sish kuzatilmoqda.
Turkmaniston hukumati va uning Prezidenti mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab mamlakat qishloq xo’jaligini qayta qurishga kirishdi. Bunda bosh masala qilib mamlakatni qishloq xo’jalik xom ashyosi yetkazuvchi region emas, balki mahalliy aholi va mahalliy sanoatning ehtiyojini qondirish maqsadida qayta qurish kun tartibiga qo`yilgan edi. Jumladan mamlakatda don yetishtirish midorini aholi ehtiyojini rivojlantirish to`la qondirishga muvofiqlashtirish, mamlakatning valyuta fondini ta’minlab turadigan paxta tolasi ishlab chiqarish hajmini saqlab turish va aholining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqib mahsuldor chorva mollari tuyoq sonini ko`paytirib borish ko`zda tutilgan edi.
MOD da paxta yetishtirishda Turkmaniston O`zbekistondan keyingi muhim region. Uning termik imkoniyatlari qimmatbaho ingichka tolali g`o`za navlarini yetishtirtish uchun o`ta qulay. Mamlakat valyuta tushimining katta qismi paxta tolasini eksport qilishdan tushadi. Shuning uchun ham mamlakatda paxtachikni rivojlantirish xo’jaligi oldidagi bosh masalalardan biri bo`lib turibdi. Mustaqillik yillarida paxta yalpi hosili yetishtirish hajmi birmuncha tushgan bo`lsa ham, biroq uning hosildorligi ancha yuqori.
Mamlakat qishloq xo’jaligini isloh qilish natijasida Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab samarali natijalar qo’lga kiritildi. M., 1990-1995-yillarda mamlakatda toza don yetishtirish 449 ming t.dan 1109 ming t.ga, shu jumladan kuzgi bug`doy yetishtirish 130 ming t.dan 879 ming t.ga, sholi yetishtirish 42 ming t.dan 89 ming t.ga yetkazildi. Mahsulot chorva mollari tuyoq soni, ham shu yillar ichida tez o`sdi. M., qoramollar soni 144,7 foizga va shu jumladan sog`in sigirlar soni 171,3 foizga, qo’y va echkilar soni 119,9 foizga, yilqilar soni 136,8 foizga o’sdi.
Markaziy Osiyodagi suveren davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda Qozogʻiston, shimol va sharqda Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston, janubdan Eron, janubi-gʻarbda va gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Ashxobod — mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. Mamlakat aholisi 6 millionni tashkil etadi, bu Oʻrta Osiyo respublikalarining eng pastidir. Turkmaniston Osiyodagi eng kam aholisi boʻlgan davlatlardan biridir. Turkmaniston fuqarolari Turkmanistonliklar deb nomlanadi.
Turkmaniston asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida boʻlgan. Oʻrta asrlarda Marv islom dunyosining buyuk shaharlaridan biri boʻlgan va Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim toʻxtash joyi, XV asr oʻrtalarigacha Xitoy bilan savdo-sotiq uchun foydalanilgan karvon yoʻli edi. 1881-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan qoʻshib olingan Turkmaniston keyinchalik Oʻrta Osiyoda boshqa davlatlar kabi bolsheviklarga qarshi harakat qildi. 1925-yilda Turkmaniston Sovet Ittifoqining tarkibiy respublikasi, Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkmaniston SSR) ga aylandi; 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi.
Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Mamlakatning katta qismini Qoraqum choʻllari qamrab olgan. 1993-yildan 2017-yilgacha fuqarolar davlat tomonidan elektr energiyasi, suv va tabiiy gazni bepul olishgan.
Suveren Turkmaniston davlatini Prezident S.N 2006-yilda vafotigacha umrbod boshqargan. Uning o'g'li 2007-yilda prezident etib saylangan (u ilgari vitse-prezident, keyin prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan). 2022-yil 12-martda o'tkazilgan saylovlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning o'g'li Sardor Berdimuhamedov 72.97 % ovoz olib, prezidentlikka saylandi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkmaniston — betaraf davlat. 1995-yil 12-dekabr Turkmanistonga betarafligi kuni. Amaldagi Konstitutsiyasi 1999-yil 18-mayda qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2022-yildan Sardor Berdimuhamedov). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli janubiy qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Janubi-Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan.
Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. T. hududining 80 %da doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. T. hududining taxminan 2 % sugʻoriladi. T.ning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va boshqa yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor.
Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar aholisi 45 %. Rasmiy til — turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.
Tarixi
Turkmaniston hududi qadimda Axomaniylar davlati, Iskandar Maqduniy istilosidan soʻng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, Yunon-Baqtriya podsholigi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 14-asrning 70—80-yillaridan Turkmaniston hududi Temuriylar tasarrufiga oʻtgan. 16-asr oxiri — 17-asrda Xiva va Buxoro xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron tarkibiga oʻtib qoldi. 1869—85 yillarda Turkmaniston hududini Rossiya bosib oddi. 1917-yil noyabr —dekabrda sovet hokimiyati oʻrnatildi, 1918-yil 30-aprelda Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, Turkmanistonning asosiy qismi (Kaspiyorti viloyati, 1921-yil avgustdan Turkmaniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924-yil Oʻrta Osiyoda „milliy davlat chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib tashlash siyosati natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kiritildi. Shundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, mamlakatni industriyalash siyosati va qatagʻonlar azob-uqubatlarini tortdi. 1991-yil oktabrda Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boshladi. Turkmaniston —1992-yildan BMT aʼzosi, 1993-yil 7-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatik munosabatlar oʻrnatgan. Milliy bayrami — 27-oktabr — Mustaqillik kuni (1991).
Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravishda 1 partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik partiya negizida 1991-yil tuzilgan).
Xoʻjaligi

Turkmaniston — agrar industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50 %, qishloq xoʻjaligi.niki 18 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 32 %.
Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yogʻmoy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash T.ning gʻarbiy rnlarida olib boriladi, Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chikariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Bayramali va boshqa
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari boʻylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi.ning muhim tarmogʻi hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorakoʻlchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xoʻjaligi rivojlangan.
Transporti
Transport yoʻli uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uz. 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar uz. 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti — Turkmanboshi. Turkmanboshi — Boku, Bekdash — Boku yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻlli dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vishka — Turkmanboshi, Cheleken — Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. T. chetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral oʻgʻit va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, kora metallar, transport vositalari, kiyimkechak, poyabzal, don, kandshakar oladi. Rossiya, Ukraina, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston bilan savdo qiladi. T.ning Oʻzbekiston Respublikasi bilan tashki savdo aylanmasi 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 17,3 % ortdi va Oʻzbekiston Respublikasining tashki savdosidagi ulushining 1,3 % ni tashkil etdi. Pul birligi — manat
Download 55.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling