Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning
III.NAZORAT QILISH-BAHOLASH BLOKINING
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash
III.NAZORAT QILISH-BAHOLASH BLOKINING vazifasi qo’yilgan
maqsadni amalga oshirishning borishi haqida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish, ya‘ni muntazam ravishda teskari aloqani ta‘min etish va axborotga qayta ishlov berishdan iborat. Olingan axborotni tahlil qilib, zarur hollarda kelgusida harakatlarga o’zgartirishlar kiritiladi va nihoyat, qo’yilgan maqsad va olingan 24 natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda vaziyat bevosita natijalarning mosligi xaqida xulosa chiqariladi [20]. Mashg’ulotlarni zamonaviy pedagogic texnologiya asosida loyihalashda ta’lim metodlarini tanlash alohda ahamiyat kasb etadi. Bitiruv ishida “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarning modulli tuzilmasi va shu metod asosida ayrim mavzularni o’qitish loyihasini ishlab chiqdik. 25 2.3 Modulli ta’lim texnologiyasi va uni amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishdagi afzalliklari. Ta’lim islohatlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlariing tezkorligi, ta’lim muassasalariga qo’yilayotgan yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog’liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Bunday sharoitlarda ta’lim muassasasini rivojlantirish va zamon talablari darajasida faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar salmog’i uzluksiz ortib boradi. Qo’yilayotgan vazifalarning deyarli barchasi, tamoyil jihatidan, yangi talablarni keltirib chiqaradi va ularni hal qilishda jamoaning faqatgina mavjud tajriba asosida ish ko’rishi yetarli bo’lmay qoladi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy masalalardan biri - o’quvchilarda ijodiy fikrlashni tarbiyalash, ularni komil inson bo’lib ulg’ayishlarini ta’minlovchi mezonlardan biridir. Bundan tashqari, o’quvchilarda ijodiy fikrlashni shaklantirish ularni o’z Vatani va xalqiga sadoqatli, mustaqil va ijodiy fikrlovchi, axloqli, vijdonli irodali inson bo’lib yetishishlaridagi muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi va o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga qaratilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahl1il qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari chiqarishlariga o’rgatadi . O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi va o’quvchi asosiy shaxsga aylanadi. Shuning uchun kasb-xunar kollejlari kichik mutaxassislarida ijodiy fikrlashni shakllantirishda zamonaviy o’qutish usuli hisoblangan innovatsion texnologiyalarning va ularning tarkibiy qismi bo’lgan interfaol metodlarning ahamiyati benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol usullar o’quvchi, 26 o’quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini, ularning ijodiy faolliklarini shaklantirishni ta’minlaydi [6]. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qutuvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosiy interfaol usullardan to’lik foydalaniladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling