Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash
1-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o’quv
predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o’rganish chunonchi, materiallarni yig’ish va ularning g’oyasi (moxiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat. 2-bosqich. Ikkinchi bosqich o’quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsad doirasida kichik bo’lim (band)lar bo’yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yo’lida ijobiy hal etib borilishi lozim bo’lgan vazifalarni ishlab chiqishga yo’naltiriladi. 3-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim maqsadi va vazifalariga tayangan holda, o’quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir. Ta’lim jarayoni o’quv materiali mazmunini yoritishgan xizmat qiluvchi muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. 4-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan to’rtinchi bosqichda mashg’ulotning shakli, metod va vositalarni tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg’ulot shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlanishiga olib keladi. 5-bosqich. Bu bosqichda o’quvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya’ni, 21 o’quvchilarda muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushuncha, ko’nikma va malakalarning qancha vaqt oralig’ida o’zlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi. 6-bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriq)lar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriq)lar tizmining samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi. Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashqlar tizimining quyidagi guruhlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir. a) mashg’ulot jarayonida o’quvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi) lozim bo’lgan mashqlar; b) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko’zda tutilgan mashqlar (uy, vazifalari) 7-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichda o’quvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizmini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Nazariy va amaliy jixatdan to’gri bo’lgan test tizmining ishlab chiqilishi o’quvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni o’zlashtirish, shuningdek, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. 8-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning so’nggi bosqichi yaratilgan loyiha (andaza)ning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy darajasi (samaradorligi)ni o’rganish bilan nihoyalanadi. Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, navbatdagi mashg’ulotlar jarayonida sodir bo’lgan kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Ta’lim jarayonini loyihalashda har bir xolatning puxta bajarilishiga erishish amaliy faoliyat (o’quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta’minlashga olib keladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling