Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning
1.2 “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining mazmuni
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash
11 1.2 “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining mazmuni. "Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fanini mazmuni va o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi, yuqori sifatli, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishda tikuvchilik sanoatini rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari, bozor iqtisodiyoti va milliy hunarmandchilikka uzviy bog’lanib ketadi. Ushbu fanning birinchi bosqichi kirishdan boshlanadi. Bu mavzu bo’yicha o’quvchilarga tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi fani mazmuni va o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi, yuqori sifatli tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishda tikuvchilik sanoatini rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari, bozor iqtisodiyoti va milliy hunarmandchilikka uzviy bog’lanib ketishini yoritadi. Bu fan malakali kadrlar tayyorlashda o’qituvchining o’quv-tarbiyaviy vazifalari, tikuvchilik sanoatining kelgusidagi rivoji, ishlab chiqarishning yuksak malakali, saviyali mutaxassislari bilan taminlanishi haqida ham diqqatini jalb etadi. Kiyimga ishlov berish asoslari bosqichi quyidagi mavzularga bo’linadi: - Kiyim haqida umumiy ma‘lumotlar; - Kiyim ishlab chiqarishda bajariladigan ishlar va ularning bosqichlari; - Kiyim bo’laklarni ipli birlashtirish; - Kiyim bo’laklarini yelimli yopishtirish; - Kiyim bo’laklarini payvandlash usuli; - Kiyimlarga namlab issiqlik ishlov berish; - Kiyim bichiqlarini tayyorlash; - Bezak beruvchi elementlarni tayyorlash. Kiyim haqida umumiy ma‘lumotlar mavzusida ustki kiyim turlari (palto, pidjak, shim, yubka, kuylak, erkaklar kuylagi va boshqalar), kiyimlarni asosiy belgilariga qarab tashqi ko’rinish tavsilotiga qisqacha tavsif, ustki kiyim detallar nomi va konstruktsiyasi haqida tushunchalar beriladi. Kiyim ishlab chiqarishda bajariladigan ishlar va ularni bosqichlari mavzusida kiiym ishlab chiqarishni asosiy jarayonlari, modellashtirish va 12 konstruktsiyalashtirish, matolarni bichishga tayyorlash va kiyimni tikishga tayyorlash savollariga katta e‘tibor beriladi. Kiyim bo’laklarni ipli birlashtirish mavzusida qo’l ishlari uchun ish o’rnini tashkil qilish, qo’l ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, asbob va moslamalari bilan tanishtirish, ulardan to’g’ri foydalanish; qo’l ishlari turlari (doimiy va vaqtinchalik qaviklar); qo’l ishlari terminologiyasi; qo’l ishlarining bajarishni texnik shartlari to’liq yoritilgan xolda o’quvchilarga chuqur tushuncha berish shart. Qo’l ishlari bilan birgalikda mashina ishlari haqida mashinada bajariladigan ishlar uchun ish o’rni va xafsizlik qoidalari, o’quvchilarni tikuv mashinasining tuzilishi va undan qanday foydalanish yo’llari bilan tanishtirish; mashina choklar, ziy choklar, bezak choklar; kichik mexanizatsiya vositalari; mashina ishlari terminologiyasi kabi tushunchalarga o’quvchilar ega bo’lishlari kerak. Buyumlarning sifati va tashqi ko’rinishi ko’p jihatdan tikish jarayonidagi hamda uzil -kesil pardozlashdagi namlab-issiqlik ishlashga (NII) bog’liq bo’ladi. Shuning uchun namlab-isitib ishlash jihozari va moslamalari, ulardan foydalanish usullari, namlab-isitib ishlash jihozari ish joyini tashkil qilish va xavfsizlik qoidalari, namlab-isitib ishlash jihozarining tikuvchilik ishlab chiqarishdagi ahamiyati, namlab-isitib ishlash jihozlari texnik shartlari va terminologiyasi, kiyimlarga namlab- issiqlik ishlov berish mavzularida chuqur va to’la ta’rif berilgan. Kiyim tikishda yelim materiallardan foydalanish va detallarni yelimlab ulash kabi savollarga chuqurroq to’xtalib o’tish kerak.Shuning uchun, yelimli material turlari, ularning fizik-mexanik asoslari, yelimli birlashtirish usullarida ishlatiladigan uskunalar va atamalar va kiyim sifatini yaxshilashda yelimli birlashtirishni ahamiyatiga katta e‘tibor berilgan. Shu bilan birgalikda kiyim bo’laklarini payvandlash usullari ham (elektropayvand choklar ularni ishlatilishi, chizma tasviri) ko’zda tutilgan [9]. «Kiyim bichiqlarini tayyorlash» mavzusida bichiqlarga qo’yiladigan talablar, bichiqlarni tikishga tayyorlash, ularni nomerlash va bu usulni takomillashtirish, 13 gazlamani xossasiga qarab bo’lak qirqimlariga ishlov berish usullari, uskunalar va texnik shartlari haqida o’quvchilarga to’liq ma’lumotlar beriladi. «Bezak beruvchi elemenetlarni tayyorlash» mavzusi o’z ichiga bezak beruvchi bo’lak turlari, ularga qo’yilgan talablar, ularni tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar va kichik moslamalar haqida o’quvchilarga tushuncha beradi va ishlov berish usullarini takomillashtirishga jalb etadi. "Alohida detal va uzellarni ishlash" mavzusida kiyimning asosiy va kichik detallariga: cho’ntak, qopqoqlar, belbog’, xlyastik, kamar tutkich, manjet, yoqa, taqilmalar va x.k. tikish usullari va texnologiyasi, ishlov berish texnik shartlarini o’quvchilarga chuqur va to’la o’rgatiladi. "Ayollar erkaklar va bolalar yengil kiyimini tikish"mavzusida ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlar assortimenti, kiyim tashqi ko’rinishi tavsifi, ularni tikish texnologiyasi tartibi yoritilgan. Dasturning uchinchi bosqichi asosan ayollar, erkaklar va bolalarning har xil ustki kiyimlarini tikishga yo’naltirilgan va shu bilan birgalikda ustki kiyimlarni ta‘mirlash, bezash ishlarining asoslari, tayyorlash-bichish korxonalarining vazifalari va bo’limlari; texnologiya jarayonlarini hisoblash; standartlashtirish va mahsulot sifatini nazorat qilish; mehnatni tashkil qilishning ilg’or shakli; tabiatni muhofaza qilish kabi savollarga katta e‘tibor berilgan. “Erkaklar, ayollar va bolalar ustki kiyimlarini tikish texnologiyasi” mavzusida ayollar paltosi modellari, tashqi ko’rinishiga ta‘rif, tikish texnologik tartibi, paltoni tikishning o’ziga xos xususiyatlari, palto astarini tayyorlash, qotirma materiallarini tayyorlash va palto avrasiga biriktirish tartibi keltiriladi. Kiyimni bezashning o’ziga xos xususiyatlari bilan, kiyimini bezash turlari bilan, milliy naqshlar bilan bezash haqida tushunchalar bilan o’quvchilar «Bezash ishlari asoslari» mavzusida tanishadilar. Tikuvchilik sanoati uchun bichuvchi va bichuvchi-tikuvchi malakali ishchi kadrlarni tayyorlashda ularga tayyorlov-bichish korxonalari haqida tushuncha, ularning asosiy vazifalari, bo’limlari, asbob-uskunalari haqidama’lumotlar berish muhim. 14 “Tayyorlov- sinov bo’limlarini vazifalari”mavzusida tayyorlov- sinov bo’limi uskunalari va gazlamalar sifatini nazorat qilish, tajriba sinov bo’limining vazifalari, jihozari,andozalarni tayyorlash texnik shartlari,andazalarni gazlama ustiga joylashtirish va yuzasini hisoblash, to’shamalarni tayyorlash texnik shartlari, bichish sinov bo’limining guruhlari va vazifalari, bo’limlari va uskunalari mavzulari yoritiladi. Tikuvchilik sohasida ishlaydigan ishchilar ko’plab va yakka tartibda kiyim tikish jarayonini va ularni tashkil qilishni bilishlari kerak. Mehnat taqsimoti ishni tashkil qilishni asosiy hujjati bo’lganligi uchun, uning tuzilishini va shu hujjat asosida ishni mehnat taqsimotini tuzishni o’rganadilar. Tikuv oqimlarini loyihalashning bosqichlaridan biri, kiyim tikish jarayonining tashkiliy tartibini (ketma-ketligini) ishlab chiqish bo’lib, buning uchun tashkiliy operatsiyalarni tuzib chiqish kerak bo’ladi. Tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi fanini o’tishda ko’rgazmali qurollardan foydalanish katta ahamiyatga ega. O’qituvchi har bir mavzuni tushuntirish uchun har xil ko’rgazmali qurollarni,o’zi yoki o’quvchilar yordamida tayyorlashi mumkin: albom, plakat, slayd, tarqatma kartochkalar va xokazo, chunki ko’rgazmali qurol va o’quv-texnik vositalardan unumli foydalanish o’quvchilarga chuqurroq tushuncha olishga imkon beradi. Bugungi kunda kompyuterlardan oqilona foydalanish ham ko’zda tutilgan [5]. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling