Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning


“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining maqsadi, vazifalari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/36
Sana21.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1371019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash

1.1“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining maqsadi, vazifalari,
kichik mutaxassislar tayyorlashdagi ahamiyati. 
 
Ma’lumki, yengil sanoat tarmog’i aholini xalq iste’moli tovarlariga bo’lgan 
ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Xalqimizni iste’mol tovarlariga: kiyim – 
kechak, charm – poyafzal, triotaj mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish 
uchun bejirim, zamonaviy modaga mos, raqobatbardosh mahsulotlarini ishlab 
chiqish zarur. Buning uchun esa, soha mutaxassislaridan kiyim tayyorlash 
jarayonini takomillashtirish, kiyim detallarini biriktirishning yelimlab ulash va 
payvandlab ulash kabi ilg’or usullarini texnologik jarayonlarida qo’llash, namlab – 
isitib ishlov berish va pardozlash jarayonlarini takomillashtirish borasida izlanish 
olib borishlari talab etiladi [11].
"Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fani - “Yengil sanoat 
mahsulotlari texnologiyasi” yо‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida о‘qitiladigan 
maxsus fanlardan biri hisoblanadi. “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi"
fanining maqsadi – yengil sanoat korxonalarida, jumladan, tikuvchilik 
korxonalarida buyumlarni xom – ashyo holatidan tayyor mahsulot bo’lgunga qadar 
bo’lgan :
- gazlamalarni qabul qilish; 
- bichish;
- tikish; 
- namlab – isitib ishlov berish; 
- pardozlash. 
bosqichlarida qo’llaniladigan barcha texnologik jarayonlar, texnologik 
operatsiyalarni bajarish usullari, xususiyatlarini o’rganish, ongli, yuqori 
madaniyatli, malakali, kasb mahoratiga ega bo’lgan, zamonaviy texnika va 
texnologiyadan foydalana oladigan ishchi kadrlarni tayyorlashdir. 



Ushbu fan kasb - hunar kollejlarida tikuvchilik sanoatiga va maishiy 
xizmat ko’rsatuvchi tikuvchilik tarmog’iga malakali ishchi kadrlar,keng 
assortimentdagi erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlarining tikuvchilarini 
tayyorlashga mo’ljallangan. 
"Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fani tikuvchilik sanoatida ishlab 
chiqariladigan keng assortimentdagi erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tikish 
jarayoniga aloqador barcha ma‘lumotlarni o’zida mujassamlashtirishgan. Ushbu 
fan tikuvchilik sanoati va maishiy xizmat ko’rsatuvchi tikuvchilik tarmog’i 
ishchilarini tayyorlashda, tikuvchilik texnologiyasi asoslari: qo’l va mashina 
ishlaridan boshlab, kiymini tayyor holga keltirish, texnologik jarayonlarni 
hisoblash, mahsulot sifatini nazorat qilishgacha bo’lgan barcha ma‘lumotlar ko’zda 
to’tilgan. Shu bilan birgalikda kiyim bo’laklariga namlab -issiqlik ishlov berish 
hamda hosil bo’lgan nuqsonlarni bartaraf qilish usullari ko’rsatilgan. Kiyim 
bo’laklariga ishlov berishda ishlatiladigan me‘yoriy xujjat va DST larni ishlatilishi 
ko’rsatilgan va kiyim bo’laklarini va bezak beruvchi bo’laklarni tayyorlashni, 
kiyimlarni tayyorlashda texnologik harita hamda texnologik ketma-ketlikni tuzish 
va 
uning 
asosida 
buyumni 
tayyorlash 
to’g’risidagi 
ma’lumotlar 
mujassamlashtirilgan [5]. 
Fanni o’rganish jarayonida milliy an‘ana, zardo’zlik, kashtachilik usullarini 
ishlab chiqarishda yanada kengroq olib kirish nazarda tutilgan. 
Tikuv ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari: kiyim modellarini yaratish,
konstruktsiyasini qurish, mato harajatlarini aniqlash, xom ashyo, gazlamalarini 
qabo’l qilish, ularni bichishga tayyorlash faoliyatlari ko’rsatib o’tilgan. 
Tekshirilgan va hisob qilingan matolarni bichuv bo’limiga qabo’l qilish,
to’shash va bichish hamda bichiqlarni tikuvchilik jarayoniga uzatishdagi 
texnologik jarayonlar ko’rsatib berilgan. O’z navbatda tikuvchilik tayanch bo’limi 
mahsulotni tegishli texnologik xujjat va tushuntirish haritasi asosida tikib, sifatini 
tekshirish, oxirgi namlab- issiqlik ishlov berish, tayyor mahsulotni omborga yoki 
savdoga chiqarish usullarini tegishli me‘yoriy xujjatlar bilan ko’rsatib beriladi. 



Mazqur fanda ko’rsatilgan ishlov berish usullari ommaviy ishlab chiqarish 
va yakka tartibda ishlab chiqarish sohalariga ham to’g’ri kelishi o’quvchini har
qanday ishlab chiqarish sohasiga ishlashga tayyorlaydi. 
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti talablari, tadbirkorlikni ahamiyati, tikuv
ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun berilayotgan bilimlar asosida o’quvchi 
quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak: 
- Jihozarni ishga tayyorlash.
- Kompyuter tizimini ishga tushirish. 
- Kiiymlar klassifikatsiyasi va kiyimlar oldiga qo’yilgan talablarni bilishi. 
- Tikuv ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun me‘yoriy xujjatlarni o’qiy ola 
bilish va shu asosda ishlashni tashkil qilish. 
- Qo’l va mashina choklarini hosil qilish uchun ishchi o’rni, moslama va 
dastgohlarni tayyorlay olishi. 
- Namlab issiqlik ishlov berish usulini tashkil qila olish. 
- Qo’l, mashinada choklarni hosil qilish va atama bilan nomlash. 
- Yelimli, payvand choklarni hosil qilish. 
- Kiyim mayda bo’laklarni tayyorlash va katta bo’laklarga ishlov berish. 
- Yengil va ustki kiyimlarni tayyorlash jarayoyonlarni o’rganib ishlash;
- Sinov tayanch bo’limidagi ishlar; model tayyorlash, andozasini qurish, mato 
harajatini aniqlash. 
- Tayyorlov bo’limida matolarni qabo’l qilish, sifat va sonini ko’zatish, hisob 
qilish va bichuv bo’limiga uzatish. 
- Bichuv bo’limida matoni to’shash, bichish va tikuv bo’limiga uzatish, me‘yoriy 
xujjatlarni to’ldirish. 
- Tikuv bo’limida texnologik jarayonini tashkil qilish.
-Milliy an’analarga ko’ra zardo’zlik va kashtachilik ishlarini bajara olish va 
xokazo. 
Berilgan bilimlar asosida o’quvchi quyidagi bilimlarga ega bo’lishi kerak: 
- Dastur asosida ishlaydigan mashinalarni ishga tayyorlash va ishchi o’rinlarini 
tashkil etish, kerakli anjomlar bilan bezay olish. 


10 
- Qo’l va mashina choklarini tika olish va bu jarayonda hosil bo’ladigan
nuqsonlarni bataraf etish yulini aniqlay olish. 
- Kiyim mayda bo’laklarini tayyorlashni texnik shartlar asosida bajarish ; 
- Kiyim bo’laklarni tayyorlashni texnologik shart asosida bajarish. 
- Milliy zardo’zlik va kashtachilik sirlarini o’rganish. 
- Sinov bo’limidagi ishlar - model tayyorlash, andozalarni qurish,mato harajatini 
aniqlash kabi ishlarni bajarishi. 
- Tayyorlov bo’limida gazlamalarni qabo’l qilish, son va sifatlarini aniqlash, hisob 
qilinib bichuv bo’limiga uzatish. 
Bichuv bo’limida matoni tushash, tushamani bichish va bichiqlarni tikuv 
bo’limiga uzatish. 
- Tikuv bo’limida mahsulotni tikib chiqarishni tashkil qila olish. 
- Tayyor mahsulot sifatini belgilash va tayyor mahsulot omboriga topshirish 
ishlarini bajara olish bilimlarni oladi [5]. 
Maxsus texnologiyaning asosiy bo’limlari yetti bosqichdan iborat: 
-1 bosqich: kiyimlarga ishlov berish asoslari; 
-2 bosqich: palto, kostyum va kurtkalarni bo’laklariga ishlov berish; 
-3 bosqich: .erkaklar, ayollar kuylaklari va bluzkalariga ishlov berish; 
-4 bosqich: tikuvchilik buyumlarini tayyorlashdagi texnologik 
ketma ketligni tuzish; 
-5 bosqich: sinov tayanch bo’limi; 
-6 bosqich: tayyorlov sinov bo’limi; 
-7 bosqich: bichuv tayanch bo’limi. 
"Tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi" fani quyidagi umum ta‘lim va kasbga 
yo’nalish fanlari bilan bog’liq: matematika, chizmachilik, maxsus rasm, korxona 
jihozari, gazlamashunoslik, kiyimni loyihalash va xokazo. O’quvchilarning bilimi,
ko’nikma va malakalarini baholash va nazorat qilish reyting tizimi asosida
amalga oshiriladi [11]. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling