63
Xulosa
Bitiruv ishi bo’yicha quyidagi xulosalarni keltiramiz:
1.Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fani bo’yicha
amaliy
mashggulotlar tikuvchilikka oid ish usullarini o’rgatish, o’quvchilarning
mutaxassislikka doir
amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllanishi va
mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2.Maxsus fanlarni zamonaviy faol metodlar asosida
tashkil etish kichik
mutaxassislarda
amaliy
malaka
va
ko’nikmalarni
shakllanishi
va
mustahkamlanishining asosiy mezoni hisoblanadi.
3.Amaliy mashg’ulotlarda modulli ta’lim metodlarini qo’llash natijasida:
-har bir o‘quvchida o‘z faoliyati davomida vaqtining ko‘p qismini mustaqil
ishlashga , maqsad asosida o‘qishga, ishni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat
qilish va tekshirishga sharoit yaratiladi;
- har bir o‘quvchi o‘z bilim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi,
bilim va ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni anglaydi;
- o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning
individual tarzda yoki
modullar asosida bo’lishi ta’minlanadi;
- o‘qituvchida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini modullar orqali yoki
bevosita boshqarish imkoniyati tug’iladi.
- o’quvchilarning belgilangan hajmdagi bilimlarni mustaqil egallash, o’z-
ozini nazorat qilish, adabiyotlar va tarqatma materiallardan mustaqil foydalanish
ko’nikmalari, o’ziga
tanqidiy qarash, xatolarni tuzatishga intilish kabi shaxsiy
sifatlar shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni
samaradorligini oshirish, ta’lim
oluvchilarning mustahkam amaliy
bilim,
faoliyat, kо‘nikma va malakalarini
shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash
maqsadida amaliy
mashg’ulotlarda modulli texnologiyadan foydalanish mehnat bozori talablariga mos,
mustaqil izlanuvchan va ijodkor kichik mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: