61
Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomadan maqsad - har bir ishchini tug’ri va
xavfsiz ish usullariga urgatishdan iborat.
Yo’riqnoma jarayonida ishchiga u ishlaydigan
uskunada bajaradigan
texnologik jarayoni, uning harakat o’zatish mexanizmlari,
xavfli joylari,
konstruktiv xususiyatlari, paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar, ishni xavfsiz
bajarish
usullari, ish joyini to’g’ri tashkil qilish va shunga o’xshash masalalar
tushuntiriladi. Yo’riqnoma o’tkazish ishchining bevosita rahbari bo’lgan ustaga
yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo’riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik,
energetik,
texnolog, instruktorlik vaxta xodimlari va x.k.) ishtirokida o’tkaziladi.
1.
Dastlabki yo’riqnoma. Ish joyida o’tkaziladigan dastlabki yo’riqnoma ishchini
mustaqil ishlashga qoyishdan oldin yoki ish harakteri o’zgargan hollarda
o’tkaziladi. Korxonaga ishga kirayotgan ishchini kasbiy
malakali va tajribali
ishchiga biriktirib kuyish orqali malakasini oshiradi. Bunday biriktirb kuyish tsex
boshlig’ining unga javobgar usta ko’rsatilgan yozma farmoyishi bilan
rasmiylashtiriladi.
Dastlabki yo’riqnoma o’tkazish yo’riqnomalarni
rasmiylashtirish jurnaliga
yozib kuyish orqali mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: