Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti 3-kurs 019-138 gurux talabasi Qorjovova Sitoraning biofizika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 14.48 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi14.48 Kb.
#1608082
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti 3-kurs 019--fayllar.org

.


  • Tinch holatda ko’prikcha energiyani o’zida to’playdi, lekin aktin tolasi bilan birika olmaydi, ular o’rtasida joylashgan troponin oqsil globulasi bilan birikkan tropomiozin oqsil molekulasi ipi bunga xalaqit beradi. Muskul faollashganda, muskul hujayrasi mioplazmasida erkin Са2+ ionlari miqdori ortadi va troponin oqsili kalsiy ioni bilan birikib, o’z konformatsiyasini o’zgartiradi, natijada tropomiozin oqsil ipini surib, faol markazni ishga tushiradi hamda ko’ndalang ko’prikchalarning aktin tolasi bilan birikishiga imkoniyat tug’diradi. Birikish natijasida ko’prikchaning konformatsiyasi keskin o’zgaradi, uning boshchasi ma‘lum burchak ostida egiladi, natijada aktin tolasi 20 nm masofaga suriladi. Bu jarayon uchun sarflangan energiya fosforlangan aktomiozin tarkibidagi makroergik fosfat bog’lanish hisobiga 107 ta‘minlanadi. ATF-aza faolligiga ega bo’lgan aktomiozin makroergik fosfatlar parchalanishini ta‘minlaydi. Keyingi bosqichda aktin va miozin tolalar atrofida Са2+ ionlari miqdori kamayishi tufayli tropomiozin troponindan ajraladi va ko’ndalang ko’prikcha bilan aktin tola o’rtasida yana to’siq hosil bo’ladi. Miozin ATF hisobiga fosforlanadi. Ba‘zi adabiyotlarda ATF faqat miozinni energiyaga boyitish uchun emas, balki iplarni bir-biridan vaqtincha ajratishda ahamiyatga ega zarur bo’lgan modda ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Bu jarayon esa muskulning bo’shashishiga imkoniyat yaratadi.

.


  • Qisqarish jarayoni amalga oshishida ishtirok etgan Са2+ ionlari muskul tolasi tinch holatida xujayra sarkoplazmatik retikulum to’rlari tizimida saqlanadi. Bu sharoitda sarkoplazmatik retikulum membranasining kalsiy ioni uchun o’tkazuvchanligi juda past, oz miqdorda mioplazmaga chiqqan ionlarni kalsiy nasosi retikulum ichiga haydab, unda kalsiy ionlari konsentratsiyasi miqdorining yuqori bo’lishini saqlab turadi. Sarkoplazmatik retikulum bo’shlig’ida kalsiy ionlari konsentratsiyasi mioplazmadagiga nisbatan taxminan o’n ming marta yuqori konsentratsiya qiymatiga ega. Muskul hujayrasi plazmatik membranasida joylashgan potensialga bog’liq Са2+ ion kanallari orqali Са2+ ionining hujayra ichiga kirib kelishi ta‘sirida sarkoplazmatik retikulum membranasining faollanishi undagi Са2+ -kanallarining ochilishiga va konsentratsion gradiyent bo’yicha Са2+ ionining aktin va miozin tolalar atrofiga chiqishiga olib keladi. Yurak miokard to’qimasi hujayralarida sarkoplazmatik retikulum membranasida joylashgan Са2+ -kanallari faollanishi uchun miotsit membranasida vujudga kelgan qo’zg’alish natijasida ko’ndalang naychalar T- tubula tizimi devorida joylashgan ion kanallari orqali Са2+ ionlari kirib kelishi muhim ahamiyatga ega. T-tubula tizimi miotsit tashqi membranasining sarkomer ichiga botib kirgan qismi hisoblanib, naychaning diametri 50 nm ni tashkil etadi. Ko’ndalang naychalarga perpendikulyar bo’lib, miofibrillalarga parallel holda uzunchoq naychalar tizimi joylashgan. Uzunchoq naychalarning ikki uchi kengayib, sisternalar hosil qiladi. Bunda ko’ndalang naycha va ikki tarafdagi sisternalar uchliklarga birlashgan ko’rinishga ega

Download 14.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling