Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti noorganik kimyo kafedrasi


-rasm. Xromatografiya qurilmasining sxematik tuzilishi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana24.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1292517
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
FTU

3.6-rasm. Xromatografiya qurilmasining sxematik tuzilishi. 
1 - gaz manbai; 2 - mobil fazali oqim regulyatori; 3 - namuna kiritish qurilmasi; 4 - 
ustun; 5 - detektor; 6 - elektr kuchaytirgich; 7 - qayd qiluvchi; 8 - oqim o’lchagich. 
Miqdoriy analiz uchun esa xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun 
tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan 
sezgirligini nazarga olgan holda o’lchanadi va maxsus usulda hisoblanadi.
Parchalanmay bug’ holatiga o’tadigan moddalarning analizi va ajratilishi 
uchun ko’pincha gaz xromatografiya ishlatiladi. Bunda elyuyent (gaz tashuvchi) 
sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. Sorbent sifatida esa (zarralar 
diametri 0,1-0,5 mm bo’lgan) silikagellar, alyumogellar, g’ovakli polimerlar va 
boshqa ishlatiladi.
Gaz-suyuqlik xromatografiya uchun sorbent tayyorlashda solishtirma sathi 
0,5 - 5 g/m2 li qattiq modda yuzasiga qaynash temperaturasi yuqori bo’lgan 
suyuqliklar (uglevodorodlar, murakkab efirlar, siloksanlar va boshqalar) qalinligi bir 
necha mkm parda holida qoplanadi. Kolonkali suyuqlik xromatografiyada elyuyent 
sifatida oson uchuvchi erituvchilar (uglevodorodlar, efirlar, spirtlar), qo’zg’almas 
faza sifatida esa silikagellar, alyumogellar, g’ovakli shisha va boshqa qo’llanadi. 


Xromatografiya usulining kashf etilishi tufayli organik kimyo, ayniqsa, tabiiy 
birikmalar kimyosi jadal rivojlandi. Xromatografiya ko’p komponentli sistemalarni 
sifat va miqdoriy analiz qilish, sof holda ajratib olishsa (jumladan, sanoat miqyosida) 
katta ahamiyat kasb etadi. Xromatografiya yordamida nodir metallar analiz qilinadi. 
Sunʼiy tayyorlangan transuran elementlarining ochilishida ham xromatografiya 
muhim rol o’ynadi. Xromatografiya yordamida 99-element - eynshteyniy (Es), 100-
element - fermiy (Fm) va 101-element - mendeleyeviy (Md) ajratildi. 
Xromatografiya havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni 
aniqlashda, organik va neft kimyosi sintezi mahsulotlari analizida, dori-darmonlar 
tozaligini aniqlashda, kriminalistikada katta axamiyatga ega. Kosmik kemalar gazi, 
Mars atmosferasi gazi, oy tuprog’idagi moddalarni analiz qilishda ham 
xromatografiya usullari joriy etilgan.
Xromatografiya yuqori molekulali birikmalar, ayniqsa, inson, hayvon, 
o’simlik, mikroblar dunyosiga tegishli biologik obʼyektlarning analizi uchun 
nihoyatda zarur. Xromatografiya usullari o’simlik tarkibidagi birikmalarni aniqlash, 
ajratib olish, neft, gaz tarkibini o’rganishda keng qo’llanadi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling