Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti noorganik kimyo kafedrasi
Magnit-rezonans bo’yicha Nobel mukofotlari
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
FTU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yupqa qatlamli va qog‘oz xromatografiyalar.
Magnit-rezonans bo’yicha Nobel mukofotlari. 20-asrning birinchi
yarmida bir nechta Nobel mukofotlari olimlarga berildi, ularning ishisiz YMRning kashf etilishi mumkin emas edi. Ular orasida Peter Zeeman, Otto Stern, Isidor Rabi, Volfgang Pauli bor. Ammo YMR bilan bevosita bog’liq to’rtta Nobel mukofoti mavjud edi. • 1952-yilda Feliks Bloch va Edvard Purcell YMR kashfiyoti uchun mukofot oldilar. Bu fizika bo’yicha yagona “YMR” Nobel mukofoti. • 1991-yilda kimyo bo’yicha mukofotni Tsyurixdagi mashhur Shveytsariya oliy texnik maktabida ishlagan shveytsariyalik Richard Ernst oldi. U ko’p o’lchovli YMR spektroskopiya usullarini ishlab chiqishi uchun mukofotlandi, bu esa YMR eksperimentlarining axborot tarkibini keskin oshirishga imkon berdi. • 2002-yilda kimyo bo’yicha ham mukofot sohibi Kurt Vyutrix bo’lgan, u Ernst bilan shu texnik maktabning qo’shni binolarida ishlagan. U eritmadagi oqsillarning uch o’lchovli tuzilishini aniqlash usullarini ishlab chiqqanligi uchun mukofot oldi. Bungacha yirik biomakromolekulalarning fazoviy konformatsiyasini aniqlashga imkon beradigan yagona usul faqat rentgen strukturaviy tahlil edi. • Va nihoyat, 2003-yilda amerikalik Pol Lauterbur va ingliz Piter Mansfild YMR tomografiyasini ixtiro qilgani uchun tibbiyotda mukofotga sazovor bo’lishdi. Sovet Ittifoqi kashfiyotchisi E.K.Zavoyskiy, afsuski, Nobel mukofotini olmadi 5-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 3.Elektron va ion spektroskopiyasi 3.1 Spektr olish va ko‘p tarqalgan ion massalarining jadvali bilan tanishish 6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI Yupqa qatlamli va qog‘oz xromatografiyalar. Xromotografiya va uning turlari. Yuqori effektiv yupqa qatlamli xromatografiya. Xromatografiya (xromo... va ...grafiya) — gaz, suyuqlik yoki erigan moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. Xromatografiya rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903-yilda kashf etilgan. 1931-yilda Kun va uning shogirdlari xromatografiya yordamida tuxum sarig’idagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda a va r karotinlarni ajratishdi. 1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromatografiyasiga asos soldi va oqsil, uglerod birikmalarini o’rganishda uning keng imkoniyatlarini ko’rsatib berdi. 1940-45-yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromatografiya usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qo’shdi. 1950-yilda Martin va Jeyms gaz, suyuqlik xromatografiyasi usulini ishlab chiqdi. Xromatografiya olib borilayotgan muhitga qarab: • gaz xromatografiya; • gaz-suyuqlik xromatografiya; • suyuqlik xromatografiyalariga. moddalarni ajratish mexanizmiga qarab: molekulyar (adsorbsion); ion almashtirgich; cho’ktirish; taqsimlash xromatografiyalariga olib borilayotgan jarayon shakliga qarab: kolonkali xromatografiya; naychali (kapillyar) xromatografiya; qog’ozli xromatografiya; yupqa qatlamli xromatografiyalarga bo’linadi. Adsorbsion xromatografiya — moddalarning adsorbentda turlicha sorbsiyalanishi (yutilishi) ga asoslangan; Taqsimlash xromatografiyasi — aralashma tarkibiy qismi (komponentlari) ning qo’zg’almas faza (g’ovak sathli qattiq modda yuzasiga o’rnatilgan yuqori tarzda qaynaydigan suyuq modda) va elyuyentlarda turlicha erishiga; Ion almashtirgich xromatografiya — harakatsiz faza (ionit) va ajraluvchi aralashma komponentlari orasidagi ion almashtirish muvozanati konstantalar farqiga; Cho’ktirish xromatografiyasi esa ajratiluvchi komponentlarning qattiq qo’zg’almas faza ustida turlicha cho’kmaga cho’kishiga asoslangan. Xromatografiya xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida alohida bo’lib kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob — detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni egri chiziq holida yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi. Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqqungacha bo’lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy tarzda bir xil elyuyentda belgilab olinadi. RASM BO’LISHI KERAK Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling