Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti noorganik kimyo kafedrasi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana24.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1292517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
FTU

3-Лаборатория иши 
1.2 IQ-spektrometrlarda eritma, tabletka holatlarda spektrlar olish 
uchun namunalarni tayyorlash.


Infraqizil spektroskopiya. Infraqizil spektroskopiya usuli juda qisqa vaqt 
oralig’ida molekulalarning nisbiy joylashuvi haqida ma’lumot olish, shuningdek 
ular orasidagi bog’ xarakterini baholashaga imkon beradi. Bu esa turli moddalarning 
strukturaviy xossalarini o’rganishda muhim hisoblanadi. Bu usul asosida infraqizil 
nurlanish kabi fizik hodisa yotadi. Infraqizil nurlanishni, shuningdek “issiqlik” 
nurlanishi deb ataladi.
Bunga sabab ma’lum bir haroratgacha qizdirilgan barcha qattiq, suyuq jismlar 
infraqizil spektrdagi energiyani nurlantiradi. Mutloq qora jismning nibatan yuqori 
bo’lmagan haroratlardagi (bir necha ming kelvin) nurlanish spektri asosan mazkur 
oraliqda yotadi.
Infraqizil spektraskopiya usulining mohiyati. Infraqizil spektraskopiya – 
infraqizil sohada, yani to’lqin uzunligining 10-6 dan 10-3 m gacha bo’lgan 
oraliqdagi elektr magnit nurlanishning yutilish va ajralish spektrini o’rganuvchi 
molekular optik spektraskopiyaning bo’limidir. Yutilgan nurlanish jadalligi – 
infraqizil spektr to’lqin uzunligi koordinatasi ko’plab maksimum va minimumga ega 
bo’lgan murrakab egri chiziqlardir.
Yutilish yo’lagi o’rganilayotgan tizimning asosiy elektron holatning 
tebranuvchi sathlar orasidagi o’tish natijasida paydo bo’ladi. Alohida molekulaning 
spektral tasviri (yo’lak maksimumlarining joylashuvi, ularning yarim kengligi, 
jadalligi), ularni tashkil qilgan atomlarning massasi, tuzilish geometriyasi, atomlar 
orasidagi kuchlarning o’ziga xosligi, zaryadlar taqsimoti va boshqalarga bog’liq 
bo’ladi. Shuning uchun infraqizil spektrlar o’zining indivudialligi bilan ajralib 
turadi. Bu esa birikmalarning tuzilishini o’rganishda va aniqlashda ular bebaholigini 
belgilab beradi. 
2.6-rasm. Suyuq etanolning yaqin IQ-spektri. (RASM BO’LISHI KERAK) 
Modda orqali o’tgan nurlanish jadalligi I, tushayotgan nurlanish jadalligi I0 
va yutuvchi moddani tavsirlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy aloqa Buger – 
Lambert – Berg qonuniga asoslanadi, ya’ni yutilish yo’lagi jadalligini namunadagi 
modda konsentrasiyasiga bog’liqligidir. Bunda modda miqdori haqida alohida 
yutilish yo’lagi bo’yicha emas, balki to’lqin uzunligining keng oralig’ida butun 
spektral egri chiziq bo’yicha mulohaza qilinadi. Agarda komponentlar soni ko’p (4-
5) bo’lmasa, ularning spektri matematik yo’l bilan ajratish mumkin. Miqdoriy tahlil 
xatoligi odatda foiz ulushini tashkil qiladi.
Infraqizil spektroskopiyaning strukturasini sifatiy qayd qilish va aniqlashda 
qo’llanilish imkoniyatlari. Infraqizil spektroskopiya universal fizik kimyoviy usul 
bo’lib, turli xil organik va noorginik birikmalarning strukturaviy o’ziga xosliklarini 
tadqiq etishda qo’llaniladi. Usul tadqiq etilayotgan jismdagi atomlar guruhi 
tomonidan infraqil oraliqdagi elektr magnit nurlanishlarni yutilishiga asoslangandir. 
Yutilish infraqizil yorug’lik kvantlari tomonidan molekulyar tebranishlarni 
g’alayonlashishi bilan bog’langandir. Molekulalarni infraqizil nurlanish bilan 
nurlantirilganda nafaqat chastotasi valent, molekulalarning deformatsion va 
vibratsion tebranishlari chastotasiga mos keluvchi kvantlar yutiladi.
Qattiq jism sirti spektrini qayd qilish uchun buzilgan to’liq ichki akslanish 
usuli qo’llaniladi. U moddaning sirt qatlami tomonidan tadqiq etilayotgan sirt bilan 
optik kontaktda bo’lgan to’liq ichki akslanish prizmasidan chiqayotgan 


elektromagnit nurlanish energiyasini yutilishiga asoslanidi. Infraqizil spetroskopiya 
aralashmalarni tahlil qilishda va toza moddalarni aniqlashda keng qo’llaniladi. 
Moddalarning aniqlash axborot qidirish tizimi yordamida tadqiq qilinayotgan 
spektrini EHM xotirasida saqlanayotgan spektr bilan avtomatik taqqoslash yo’li 
bilan amalga oshiriladi. Yangi moddalarni (100 gacha bo’lgan atomdan iborat 
bo’lgan molekular) aniqlashda sun’iy zakovat tizimidan foydalaniladi. Mazkur 
tizimlarda spektr strukturaviy korreksiya asosida molekulyar struktura 
generatsiyalanadi. So’ngra ularning nazariy spektri quriladi. Bu spektrlar tajriba 
ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Infraqizil spektroskopiya usuli bilan molekulalar 
va boshqa jimlarning tuzilishini tadqiq etish molekulyar model parametrlari xaqida 
ma’lumot olishni nazarda tutadi va matematik nuqtayi nazardan teskari spektral 
vazifani yechib kelishga olib kelinadi. Bunday vazifalarni yechish spektral egri 
chiziqlarning maxsus nazariyasi yordamida hisoblangan, qidirilayotgan parametrni 
ketma-ketlikda tajribaviy yaqinlashtirish bilan amalga oshiriladi. 
Molekulalar model parametrlari sifatida tizimni tashkil qiluvchi atomlar 
massasi, bog’ uzunligi, valent va torsion burchaklar, potensial sirt tasviri (kuch 
doimiylari va boshqa), bog’larning dipol momenti va ularning bog’ uzunligi 
bo’yicha hosilasi va boshqalar.
Infraqizil spektroskopiya fazoviy va konformatsion izomerlarni aniqlashga
molekula ichidagi va o’zaro tasirlashuvlarni, kimyoviy bog’ xarakterini, 
molekuladagi zaryadlarning taqsimotini, fazoviy o’zgarishlarini, kimyoviy reaksiya 
kinetikasini taqdim etishga, qisqa yashovchi (yashash vaqti 10-6 s gacha bo’lgan) 
zarralarni qayd qilishga, alohida geometrik parametrlarni oydinlashtirishga
termodinamik funksiyalarni hisoblash uchun ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
RASM BO’LISHI KERAK 
2.7-rasm. Transmissiya rejimidagi moddaning plyonkasidan olingan 
etanolning IQ spektri.
RASM BO’LISHI KERAK 
2.8-rasm. Mis (I) xloridning IQ spektri.
Bunday tadqiqotlarning zaruriy bosqichi – spektrlarni talqin etish, ya’ni 
normal darajasi bo’yicha tebranish energiyasining taqsimoti, spektrdagi 
yo’laklarning joylashuvi va ularning jadalligini aniqlovchi parametrlarni aniqlash.
100 tagacha atomdan iborat bo’lgan molekulalarni, shu jumladan polimerlarning 
spektrini hisoblash EHM yordamida bajariladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling