Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
Ishning bajarish tartibi:
1.Gidraning tashqi tuzilishini о‘rganish uchun tirik gidralar soat yoki buyum oynasiga bir necha tomchi suv qо‘yiladi. Agar buyum shishasida bо‘lsa, uning ustini “oyoqchali” qoplag‘ich shishacha bilan yopish kerak. Preparatni mikroskopning kichik obyektivi orqali, binokulyar yordamida kuzatiladi va gidra tanasining umumiy tasviri chiziladi. 2. Gidraning oziqlanishini kuzatish uchun soat oynasidagi gidralarga dafniya yoki sikloplar suv bilan tomiziladi. Bu qisqichbaqasimonlarni gidralar qanday qilib ushlash va yutishini kuzating. 3. Gidra tanasining bо‘yiga va kо‘ndalangiga kesmasi mikropreparatlarini mikroskopning kichik va katta obyektivlari orqali kuzatib, ektoderma va endoderma hujayralarini farqlang va ular orasidagi tayanch plastinka – mezogliyani toping. Bо‘yiga va kо‘ndalang kesimlarini rasmini chizing. 4. Gidra tuban tuzilgan kо‘p hujayrali hayvon ekanligini kо‘rish uchun uning tanasini tashkil qiluvchi hujayralarini ajratish kerak. Buning uchun tirik gidrani buyum oynasidagi suv tomchisiga о‘tkazib, unga yashil metillning sirka kislotasidagi eritmasi yoki 30 0 li spirtdan 1 – 2 tomchi aralashtiriladi. Biroz vaqt о‘tgandan keyin preparatga ustki qolag‘ich oynasi yopiladi va mikroskopda kuzatiladi. Bunda bir-birdan ajralgan ektoderma, endoderma va otiluvchi hujayralarni kо‘rish mumkin. Otuvchi hujayralarning rasmini chizing. Dеngiz gidroid poliplari turkumining vakili - obеliyaning tuzilishini mustaqil o’rganing. Mavzuni mustahkamlash ucun savollar 1. Kovokichlilarning tuzilishidagi uziga xos belgilari. 2. Gidrozoylarning gistologik tuzilishini tushuntirib bering. 3. Gidrozoylarning tuzilishi xususiyatlari, hayot tarzi va ahamiyati. 4. Gidrozoylarning oziqlanishining о‘ziga xosligi. 5. Gidrazoylarning kо‘payishining asosiy belgilari. Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling