Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

Jami: 
44 
 
 
 
 
 


Kirish 
Amaliy mashg’ulotlar professional tayyorgarlikning muhim bosqichi 
hisoblanadi va har bir talaba tomonidan alohida bajariladi. Laboratoriya 
mashg‘ulotlari talabalar tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun har 
bir mavzu bо‘yicha alohida bajariladi va о‘zlashtiriladi. Laboratoriya
mashg‘ulotlari mavzularining mazmunidan kelib chiqib oldindan tayyorlangan 
namunalar, kolleksiyalar, total, kesma, vaqtli preparatlar, jadval, plakat, sxema, 
mulyaj, muzey eksponatlari, qotirilgan va fiksatsiya qilingan hayvonlar, suratlar
videofilmlar va boshqa о‘quv kо‘rgazmali qurollar yordamida о‘zlashtirilib, 
tasvirlari rasm daftarlariga tushiriladi.  
1- mashg’ulot. 
Mavzu: Optik asboblarni tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalari.
 
1. Optik asboblarni tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalari 
Ishning maqsadi: Laboratoriya mashg‘ulotida ishlatiladigan asbob-anjomlar bilan 
talabalarni tanishtirish. 
Kerakli 
jihozlar
biologik 
MVR-1,MBI-3 
mikroskoplari 
va 
mikroskoplarning tuzilishini aks ettiruvchi kо‘rgazma rasmlar, tomizgichlar, 
buyum va qoplag‘ich oynalar, suv tо‘ldirilgan idishlar, mum yoki plastilin 
bо‘lakchalari va binokulyarlar. 
Biologik mikroskoplar optik yoritgich va mexanik sistemalardan iborat (1-
rasm). Mikroskopning optik qismiga okulyar, obyektivlar va birlashtiruvchi tubus 
kiradi. Har bir obyektiv metall naychaga joylashtirilgan linzalardan iborat, ular bir-
biridan ma’lum masofada о‘rnatilgan. Ularni katta qilib kо‘rsatish imkoniyati yon 
tomonidan raqam bilan kо‘rsatilgan. Masalan, 8x raqamli obyektiv 8 marta, 40x 
raqamlisi esa 40 marta katta qilib kо‘rsatadi. Raqami 90x bо‘lgan obyektivni 
immersion obyektiv deb ataladi. U bilan ishlayotganda tekshiriladigan preparatning 
ustiga bir tomchi kedr moyi tomizib, obyektivning pastki uchi shu moyga 
botiriladi.Natijada tekshirilayotgan obyekt bilan linza orasidagi havo о‘rnida moy 
qavati paydo bо‘ladi. Moy va linzaning nurni sindirish darajasi qariyib bir xil 
bо‘lganligi uchun kо‘rilayotgan obyektimiz aniq kо‘rinadi. 
Okulyar linzalardan iborat bо‘lib,tubusning yuqori tomoniga kiygizib 
qо‘yiladi. Uning katta qilib kо‘rsatish darajasi ustiga yozib qо‘yiladi. Raqam 
qancha katta bо‘lsa, okulyarning kо‘rsatish imkoniyati ham shuncha oshadi. Lekin 
okulyarning kattaligi ortishi bilan obyektning ravshanligi xiralashadi. Shuning 
uchun har doim katta okulyardan foydalanish tegishli natija beravermaydi. 
Tekshirilayotgan obyektning necha marta kattalashtirilganligini bilish uchun 
obyektivdagi raqamni okulyaardagi raqamiga kо‘paytirish kerak. 



Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling