1-tripanosomaning turli xil shakldagi ko’rinishlari; 2-tripanosomani yuqtiruvchisi-
tse-tse
pashshasi; 3-tripanosomaning umurtqali ho’jayinlari (odam va antilopalar).
Tse-tse pashshasi antilopalarning qonini so’rganda parazit pashshaga yuqadi.
Pashshalar ichagida tripanosoma boyiga bo’linib ko’payadi. Keyinchalik ular
pashshaning so’lagiga va undan (suyuqlik bilan) xartumiga o’tadi.
Pashsha odam yoki hayvonlarni chaqqanda tripanosoma qonga o’tadi
va jinssiz
ko’payishini davom ettiradi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbai,
tse-tse
pashshasi esa kasallik qo’zg’atuvchisining tarqatuvchisi hisoblanadi.
Leyshmaniyalar tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko’ra tripanosomalarga
o’xshaydi. Leyshmaniyalar hujayrasining uzunligi 4-7 mkm bo’lib, odam va turli
hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi (8-rasm).
Leyshmaniyaning ikki xil shakli bo’ladi: xivchinli va xivchinsiz.
Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi.
Shulardan tropik
leyshmaniya turi odamning yuz, qo’l va oyoqlar terisida parazitlik qilib pendinka,
ya'ni pashshaxo’rda kasalligini keltirib chiqaradi.
Tabiatda parazit kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va itlarda
parazitlik qiladi. qon so’ruvchi iskabtoparlar hayvonlar qonini so’rganda
leyshmaniyani o’ziga yuqtiradi. Iskabtopar pashshasi
ichagida leyshmaniyaning
bo’linish orqali tezlikda ko’payishi natijasida xivchinli individlar hosil bo’ladi.
Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi.
8-rasm. Leyshmaniya-Leishmania tropica ning rivojlanish sikli.
1-leyshmaniyaning xivchinsiz yumaloq shakli; 2-leyshmaniyaning xivchinli
duksimon shakli; 3-iskabtopar; 4-odam va qum sichqoni.
Bundan tashhari patogen xivchinlilarning lyambliya
va trixomonada kabi turlari
ham odam va hayvonlarda parazitlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: