Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari.
Ishning bajarish tartibi:
1. Eveglena kо‘paytirilgan suvdan bir tomchi olib buyum oynasi ustiga tomizing ustini qoplag‘ich oyna bilan yopib mikroskopnin6g kichik obyektivi orqali uning harakatini kuzating. 2. Evglenaning tuzilishini о‘rganish uchun tayyorlangan preparatdagi ortiqcha suvni filtr qog‘ozlariga shimdirib evglenaning harakati sekinlashtiriladi. Xivchini asosida joylashgan qizil nuqtaga- «kо‘zchaga» etibor bering qisqaruvchi vakuolani uning rezurvuarini va yashil rangdagi hromotoforni toping. 3. Evglenadan yangi preparat tayyorlab uning ustiga yodning kuchsiz eritmasidan bir tomchi tomizing. Yod ta’sirida evglena hivchini bо‘kadi va yо‘g‘onroq bо‘lib, kо‘rinadi, paramel donachalari esa qо‘ng‘ir tusga kiradi. 4. Evglenaning rasmini chizing. Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari. 1.Fitomastiginalar kenja sinfi vakillari qanday xususiyati boyicha guruxlangan? A. Oziqlanishi; B. Harakat a'zolari; S. Tashqi ko’irinishi; D. Yashash muxiti; 2. Sodda hayvonlardan qaysi biri avtotrof organizmlar xisoblanadi? A. Yashil xivchinlilar; B. Infuzoriyalar; S. Koktsidiyalar; D. Gregarinalar; 3 Xlorofill pigmenti quyidagi qaysi sodda hayvonda uchraydi? A. Tufelkada; B. Bezgak plazmodiyasida; S. Evglenasimonlarda; D. Oddiy amyobada; 4. Ko’p hujayrali hayvonlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida qaysi gruppa organizmlardan kelib chiqqan? A. Bulutlardan; B. Volvokslardan; S. Gidrasimonlardan; D. Bug’imoyoqlilardan; 5. O’simliksimon xivchinlilar qanday oziqlanadi? A. Geterotrof; B. Fotosintezda paramila sintezlaydi; S. Fotosintezda glicogen sintezlaydi; D. Ko’pchiligi parazit; 6. Yashil evglena qanday oziqlanadi? A. Qorong’ida geterotrof; B. Qorong’ida avtotrof; S. Yorug’likda geterotrof; D. Yorug’likda avtotrof; 7. Yashil evglena qanday ko’payadi? A. Vegetativ hujayralar ketma-ket bo’linadi; B. Boyiga ikkiga bo’linadi; S. Yangi yosh koloniyalar hosil bo’ladi; D. Eniga ikkiga bo’linadi; 8. Xivchinning xarakatlantiruvchi tanasi nima deyiladi? A. Pellikula; B. Acrosoma; S. Xromotofora; D. Kinetosoma; 9. Xivchinlilar pellikulasining o’ziga xos xususiyati? A. Qattiq va elastik; B. Elastik va yumshoq; S. Egiluvchan va yumshoq; D. Egiluvchan va qattiq; 10. Bir vaqtning o’zida ikki xil yo’l bilan oziqlanishni ayting? A. Saprofit; B. Avtotrof; S. Golofit; D. Miksotrof; 11. Evglenasimonlar hujayralarining kattalashmasdan ketma-ket bo’linishini ko’rsating? A. Palintomiya; B. Avtotomiya; S.Gametogoniya; D.Shizogoniya; 12. Chuchuk suvda ko’p uchrovchi gonium koloniyasida nechta ikki xivchinli hujayralar bo’ladi? A. 12; B. 20; S.16; D.24; 13. Volvokslar qanday jinssiz ko’payadi? A. Hujayralar ketma-ket bo’linib yosh koloniyalar hosil bo’ladi; B. Boyiga bo’linib volvokslar hosil bo’ladi; S. Ko’ndalangiga bo’linib yosh koloniyalar hosil bo’ladi; D. Hujayralar jinssiz bo’linmaydi; 14. Volvoks koloniyasida jinsiy ko’payishda qancha hujayralar ishtirok etadi? A. 25-30 tuxum, 5-10 urug’ hujayralarni hosil qiladi; B. 15-25 tuxum, 6-12 urug’ hujayralarni hosil qiladi; S. 30-40 tuxum, 10-20 urug’ hujayralarni hosil qiladi; D. 20-35 tuxum, 20-25 urug’ hujayralarni hosil qiladi; 15. Odatda qanday muhitda bir vaqtning o’zida evglenalar ham avtotrof ham geterotrof oziqlanadilar? A. Qorong’ulikda; B. Yorug’lik deyarli bo’lmaganda; S. Yorug’lik juda kam bo’lganda; D. Organik birikmalar bilan ifloslanganda; 16. Qaysi evglenasimonlar avlod vakillari xlorofilni tamoman yo’qotib saprofit oziqlanadilar? A. Fitomonada, peranema; B. Urseolus, peranema; S. Eudorina, volvoks; D. Pandorina, gonium; Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling