Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
1- rasm. Mikroskop:
1—okulyar; 2— obyektiv; 3—buyum stolchasi (kursisi); 4—kо‘zgu; 5— makrovint; 6— mikrovint; 7—shtativ; 8— taglik. Mikroskopning mexanik qismi shtativ, buyum stolchasi, makrometrik (kremalera), mikrometrik vintlar va revolverdan iborat. Shtativning pastki qismi taqasimon bо‘lib, u mikroskopning stol ustida turishiga yordam beradi. Shtativning yuqori qismi mikroskop dastasi deyladi va о‘ng qо‘l bilan ishlashga moslashtirilgan. Shtativda buyum stolchasi biriktirilgan. Bu stolchaning markazida teshikchasi bо‘lib, u kо‘zgu orqali tushadigan yoruqlikni obyektivga о‘tkazadi. Buyum stolchasining ustida buyum oynasini qisib turadigan ikkita qisqich- klemmalar bor. Ikkala yon tomonida esa ikkita vinti bо‘lib, bular yordamida stolchani obyekt bilan birgalikda о‘ng yoki chap tomonga, oldinga va orqaga siljitish mumkin. Tubusni yuqoriga yoki pastgi harakatlantirish uchun makrometrik vintlardan foydalaniladi. Makrometrik vint yoki kremalyera fokus oralig‘ini tahminan topishga va buyumning aksini kо‘rishga imkon beradi. Makrometrik vint esa tubusni asta – sekin xarakatlantirib, fokus oralig‘ini aniqroq topish hamda tekshirilayotgan obyektning yuzasini va ichki qismlarini kо‘rish maqsadida ishlatiladi. Buyum stolchasining ostida mikroskopning yoritkich qismlari, ya’ni kо‘zgu, kondensor va diafragmalar joylashgan. Kо‘zgu ikki tomonlama, bir tomoni tekis, ikkinchisi botiq bо‘lib, yorug‘likni tо‘plab beradi. Kо‘zgu shtativning pastki qismiga xaraktchan qilib о‘rnatilganligi uchun uni yorug‘lik manbaiga qarab aylantirish mumkin. Kondensor ikkita linzadan iborat bо‘lib, ular umumiy gardishga birlashgan. Kondensor kо‘zgudan tushayotgan nurni yig‘ib, markazlashtirib о‘tkazadi. Maxsus vint yordamida kondensorni yuqoriga kо‘tarib va pastga tushirib yorug‘likni oydinlashtirish va xiralashtirish mumkin. Kondensorning ostida joylashgan diafragma ayrim melall plastinkalardan iborat, ular doira shaklida bir-birini qoplab turadi. Diafragma yopilganda plastinkalar markazida kichik teshikchalar hosil bо‘ladi va yorug‘lik u orqali о‘tadi. Bu teshikchani diafragma chetidagi dastag (richag) yordamida kattalashtirib yoki kichiklashtirib, obyektni ravshan qilib kо‘rish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling