Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi.
- Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari.
13-rasm. Gregarinalar.
A-Corycella armata, B-Stylocepholus longicollis, V-Gregarina blattarum, G-gregarina sporasi: 1-epimerit, 2-protomerit, 3-deytomerit, 4-kutikula, 5-yadro. 14-rasm. Gregarinaning qo’ng’iz ichidagi rivojlanish sikli. 1-sporozoit; 2-gamont; 3-sizigiy; 4-gametotsista; 5-yadroning gamontlarda bo’lini- shi; 6-gametalarning xosil bo’lishi; 7-tsistadagi erkin gametalar a); 8-gametalar- ning qo’shilishi; 9-ootsistaning xosil bo’lishi;10,14-sporogoniyaning har bir stadiyalari; 15-ootsista (sakkizta sporozoit bilan). Ishning bajarilishi. Gregarinali preparatlarni mikroskopning ostida qarab yirik gregarinalar topib olinadi, so’ng katta qilib ko’rsatadigan ob'yektiv orqali ularning tana qismlari: protomeriti, deytomeriti, qattiq kutikula qavatini, ektoplazma va endoplazmasini diqqat bilan ko’rib chiqing. Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari. 1. Sodda hayvonlarning qaysi biri parazitlik qilib xayot kechiradi? A. Foraminiferalar; B. Oddiy amyoba; S. Yashil evglena; D. Koktsidiya; 2.Sporozoalarning hayot tarzi qanday? A. Parazitizm; B. Erkin yashovchi; S. Simbioz; D. Yirtqichlik; 3.Gregarina qaysi hayvon organizmlari tipiga kiradi? A. Sporozoa; B. Cnidosporidia; S. Microsporidia; D. Sarcomastigophora; 4.Sporalilarda jinssiz ko’payish qanday ataladi? A. Shizogoniya; B. Sporogoniya; S. Gametogoniya; D. Oogamiya; 5. Sporalilar tipiga qancha parazit turlar kiradi? A. 3500; B. 4000; S. 2800; D. 3200; 6. Gregarinalar qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi? A. Bulutlar va yumaloq chuvalchanglar; B. Yumaloq chuvalchanglar va molyuskalar; S. Bo’g’imoyoqlilar va halqalilarda; D. Bo’g’imoyoqlilar va molyuskalarda; 7. Gregarinalar tanasi necha qismdan iborat? A. 2; B. 3-4; S. 2-3; D. 3; 8. Gregarinalar tanasi tashqi tomondan nima bilan qoplangan? A. Kutikula; B. Pellikula; S. Elastik qobiq; D. Elastik membrana; 9. Gregarina ektoplazmasida qanday tolachalar borligini aniqlang? A. Muskul; B. Epiteliy; S. Nerv; D. Mioepiteliy; 10. Jinssiz ko’payish gregarinalarning qaysi turkum vakillariga xos? A. Haqiqiy gregarinalar va arxegregarinalar; B. Haqiqiy gregarinalar va Haqiqiy gregarinalar va neogregarinalar; S. Arxegregarinalar va neo-gregarinalar; D. Eugregarinida; 11. Jinsiy ko’payish gregarinalarning qaysi turkum vakillariga xos? A. Haqiqiy gregarinalar va arxegregarinalar; B. Haqiqiy gregarinalar va Haqiqiy gregarinalar va neogregarinalar; S. Arxegregarinalar va neo-gregarinalar; D. Eugregarinida; 12. Gregarinalarda sizigiy qanday hosil bo’ladi? A. Epimeritini tashlab yuborish orqali; B. Gregarina juftining bir-biridan ajralishi orqali; S. Gregarinaning sista hosil qilishi orqali; D. Ikkita grega-rinaning juftlashib yopishishi orqali; 13. Gregarinalarning rivojlanish sikli necha bosqichdan iborat? A. 4; B. 3; S. 2; D. 5; 14. Kanoid hujayralarining tanada joylashuvi va vazifasini aniqlang? A. Tana oldida va ko’rish ; B. Tana oldida va tayanch; S. Tana ortida va himoya; D. Tana ortida vaharakatlanish; 15. Roptriyalar nima? A. Ko’payuvchi hujayralar; B. Otiluvchi hujayralar; S. Suyuqlik saqlovchi xaltacha; D.Harakatlantiruvchi hujayralar; 16. Koksidiyalar qanday yo’l bilan oziqlanadi? A. Osmotik; B. Og’izchasi orqali; S. Tana yuzasi bilan; D. Oziqlanmaydi; 17. Koksidiyalarning oziqlanib o’suvchi stadiyasini aniqlang? A. Merozoit; B. Sporazoit; S. Gamont; D. Trofozoit; 18. Koksidiyalarning oosistasi nechta spora va sporazoid saqlaydi? A. 4-spora va 8- sporazoid; B. 2-spora va 4- sporazoid; S. 3-spora va 6- sporazoid; D. 1-spora va 2- sporazoid; 19. Koksidiyalarning rivojlanish siklida ko’payish ketma-ketligini ayting? A. Sporagoniya, gametagoniya, shizogoniya; B. Shizogoniya, gametagoniya, sporagoniya; S. Gametagoniya, shizogoniya, sporagoniya; D.To’g’ra javob yo’q; Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling