Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

 
7 – mashg’ulot. 
Mavzu: Hematozoea (Qon sporalilari) sinfi. Vakil: Bezgak plazmodiumi 
(Plasmodium sp.). Tuzilishi va rivojlanish sikli. 
 
Ishning maqsadi: sporalilardan odamning eritrotsitlarida yashovchi va 
bezgak kasalligini qo’zg’atuvchi plazmodiumning hayotiy siklining turli 
davrlaridagi tuzilishlarini o’rganish. 
Kerakli material va jixozlar: bezgak plazmodiyasi bilan kasallangan odam 
qonidan tayyorlangan turli preparatlar, immersion ob'yektivli mikroskoplar
tablitsalar va boshqalar. 
Ishning mazmuni. qon sporalilarning odamda to’rt turi parazitlik qiladi: uch 
kunlik bezgak–Plasmodium vivax; to’rt kunlik bezgak-Plasmodium malaria; tropik 
bezgak-Plasmodium falciparum va ikki kunlik bezgak- Plasmodium ovale. Uch 
kunlik bezgak plazmodiyasining yosh shizonti uzuk shaklida, to’rt kunlik 
bezgakniki-lentasimon, tropik bezgakniki esa nozik uzuksimon ko’rinish bo’ladi 
(eritrotsitlarda). Bezgak plazmodiyaning rivojlanish sikli xo’jayin almashtirish 
bilan o’tadi. Ularning jinsiy ko’payishi qon so’ruvchi anofeles pashshalari 
ichagida, jinssiz ko’payishi esa odam organizmida boradi. Pashshalar ularning 
asosiy (definitiv) xo’jayini, odam esa oraliq xo’jayini hisoblanadi.
Uch kunlik (Plasmodium vivax) bezgakning rivojlanish sikli quyidagicha kechadi 
(15-rasm). 
 


 
 
 
15-rasm. Bezgak plazmodiyasi-Plasmodium vivax ning rivojlanish sikli. 
A-chivin organizmida; B-odam organizmida: 1-sporozoit; 2-4-jigar hujayrasiga 
kirib yetilishi; 5-merozoitning eritrotsit ichiga kirishi; 6-9-shizont (merozoitlarning 
eritrotsitlarda yetilishi); 10-merozoitlar; 11-12-makrogametatsitning rivojlanishi; 
11a-12b-mikrogametatsitning rivojlanishi; 13-makrogametatsit; 14-ikrogametatsit; 
15-mikrogametalarning rivojlanishi; 16-gametalarning qo’shilishi; 17-zigota; 18-
ookineta; 19-ookinetaning chivin oshqozoni devoriga o’tishi; 20-23-ootsista va 
unda sporozoitlarning yetilishi; 24-sporozoitlarning ootsistadan chiqishi; 25-
sporozoitlarning oshqozon so’lagiga o’tishi. 
 
Plasmodium vivax bilan zararlangan bezgak pashshasi odam qonini 
so’rayotganida uning so’lagi bilan birga parazitning sporozoitlari odam qoniga 
o’tadi. Bular qonda ma'lum vaqt aylanib yurgach jigar va taloq to’qimalari 
hujayralarida qolib rivojlanadi va ulardan merozoitlar shakllanadi. Keyinchalik 
merizoitlar qon plazmasiga o’tadi va undagi qizil qon hujayralari-eritrotsitlar 
ichiga kirib rivojlanishini davom ettiradi. Merozoitlar eritrotsitlarda o’sib, dastlab 
uzuk shaklini, keyin esa amyobasimon ko’rinishni oladi va ularning yadrolari bir 
necha marta bo’linib, taxminan 40 soatdan keyin, 12-24 ta merozoitlar yetiladi.
Merozoitlar eritrotsitlar qobiqini yemirib qon plazmasiga o’tadi va qaytadan 
sog’lom eritrotsitlarga kirib jinssiz (shizogoniya) ko’payishini davom ettiradi. 
Eritrotsitlarda merozoitlarning gemoglobin bilan oziqlanishi natijasida melanin 
xosil bo’lib, merozoitning qon plazmasiga har bir chiqishida melanin va zaharli 
moddalar ham qonga chiqadi. Buning natijasida bezgak huruji kuzatiladi. 
Shizogoniya bir necha bor qaytarilgach, ma'lum vaqtdan keyin eritrotsitlar ichiga 
kirgan merozoitlardan urg’ochi- makrogametotsit va erkak mikrogametotsitlar 
shakllanadi. Undan keyin parazit rivojlana olmaydi. Odam qonida gametotsitlar 
yashayveradi. 


Anofeles pashshasi bezgak bilan kasallangan odam qonini so’rganda gametotsitlar 
pashshaga o’tadi. Pashshaning oshqozon-ichak sistemasiga tushgan gametotsitlar 
asta-sekin yetiladi. har bir mikrogametsitdan 4-8 ta xivchinli harakatchan 
mikrogametalar, har bir makrogametotsitdan esa bittadan makrogameta voyaga 
yetadi. Mazkur mikro va makrogametalar pashsha oshqozon-ichak sistemasida 
qo’shilib zigota xosil qiladi. Zigota ovalsimon va harakatchan bo’lib, u ookineta 
deb ataladi. Ookineta pashsha oshqozon devorini yorib chiqib po’stga o’raladi. 
Bunga ootsista deyiladi. Ootsistada yadro ko’p marta bo’linadi, natijada 
sporozoitlar xosil bo’ladi. Yetilgan ootsistalar yorilib, ulardagi sporozoitlar 
gemolimfa suyuqligi orqali pashshaning so’lak bezlariga keladi. Pashsha odamni 
chaqqanda odam qoniga so’lagi bilan birga juda ko’p sporozoitlarni yuqtiradi va 
jarayon yuqorida qayd qilganimizdek yana takrorlanadi. 

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling