Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Bir tomchi suvdagi amyoba-Amoeba proteusning ko’rinishi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

17-rasm. Bir tomchi suvdagi amyoba-Amoeba proteusning ko’rinishi. 
 
Amyoba endoplazmasida ovqat hazm qiluvchi, qisharuvchi vakuolalari va bir dona 
yadrosi joylashgan.Amyobalar bir hujayrali suv o’tlari va bakteriyalar bilan 
oziqlanadi. Soxta oyoqlari-psevdopodiyalar harakatlanish organellalari bo’libgina 
qolmasdan, ular qattiq oziq moddalarni hamrab olish vazifasini ham bajaradi. 
Sitoplazmaga o’tgan oziq atrofida hazm qilish vakuolasi xosil bo’ladi. 
Tsitoplazmaning fermentlari ta'sirida vakuolada ovqat hazm bo’ladi, hazm
bo’lmagan oziq moddalar amyoba tanasining har xil joyidan hazm vakuolasining 
yorilishi natijasida tashqi muhitga chiharib tashlanadi. Oziq moddalarni hamrab 
olish va hujayra ichki muhitiga tushirib hazm qilinishi f a g o s i t o z deb 
ataladi. Keyingi vaqtda amyobaning ikkinchi usul p i n o s i t o z usuli bilan ovqat 
moddalarini qabul qilishi ham aniqlangan. Bu yo’l bilan faqat suyuq mahsulotlar 
so’riladi. Amyobaning tashqi qavatidan sitoplazmaga tomon ingichka naysimon 
kanal botib turadi. Undan amyoba atrofidagi suyuq modda so’riladi. Keyin 
pinotsitoz vakuola uzilib protoplazmaga tushadi. Ovqat hazm qilish vakuolasi 
doimiy organella emas, ya'ni doimiy ravishda xosil bo’lib, yo’qolib, yangidan yana 
hosil bo’lib turadi. 


Amyoba hayotida qisharuvchi vakuola ham muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy 
vazifasi amyoba tanasi ichidagi osmotik bosimni boshharishdir. Sitoplazmada 
erigan tuzlarning miqdori atrof muhitdagidan ko’p bo’lganligi sababli, osmotik 
bosim ham yuqori bo’ladi. Natijada atrofdagi suv ektoplazma orqali sizib ichkari 
kirib turadi. Suv bilan birga suvda erigan kislorod ham sitoplazmaga o’tadi. 
Amyoba ana shu kislorod orqali nafas oladi. Oqsil va uglevodlarning 
parchalanishidan xosil bo’lgan qoldiq moddalar, sitoplaz-madan to’plangan 
ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolaga to’planadi va amyoba tanasini qoplab turgan 
membrana orqali tashhariga chihariladi. Uy haroratida qisqaruvchi vakuola har 5-8 
daqiqada bir marta qisqaradi. Demak, qisqaruvchi vakuola osmoregulyatsiya, 
ayirish va nafas olish vazifalarini bajaradi.
Amyobaning endoplazmasida bitta yirik yadro mavjud bo’lib, uni faqat 
maxsus boyalgan mikropreparatlardagina ko’rish mumkin. Amyoba jinssiz, faqat 
teng ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Bunda dastlab yadro moddalari teng 
ikkiga ajraladi, so’ngra amyoba tanasi ham ikkiga ajralib ikkita yosh amyobalar 
xosil bo’ladi. Oziqa moddalari yetarli bo’lganda va Q200 Q250 haroratda 1-2 kun 
davomida u bir marta bo’linadi. qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib turadi. 
Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga o’xshaydi. Turli tashqi omillar 
(harorat, yorug’lik, kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta'sir ko’rsatadi. 
Natijada amyoba u yoki bu tomonga harakatlanadi. Noqulay sharoitda (suvda 
harorat pasayganda va hokazo) amyoba po’st bilan o’ralib sistaga aylanadi. 
Amyobaning xillari juda ko’p (18 - rasm).


Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling