Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning mazmuni
rivojlanishi.
Ishning maqsadi: Hayvonlarda parazitlik qiluvchi gregarina (Gregarina sp.) ning tuzilishi va rivojlanishini о‘rganish. Kerakli materiallar va jihozlar: mikroskop, gregarinalarning tayyor mikropreparatlari; gregarinalarning rivojlanishini aks ettiruvchi kо‘rgazma rasmlar va darsliklar. Ishning mazmuni: Gregarinalar sporalilar orasida yirikligi bilan ajralib turadi. Uzunligi 10-16 mkm. Ular umurtqasiz hayvonlar-suvaraklar, mitalar, ninachilar va ba’zi qо‘ng‘izlarning ichaklarida parazitlik qilib yashaydi. Gregarina tanasining shakli uzun chuvalchangsimon bо‘lib, uch qismdan iborat: oldingi epimerit, о‘rta protomerit va keyingi deytomiritdan (6-rasm). Epimerit yopishib turuvchi organi bо‘lib, u bilan gregarina xо‘jayinining ichagiga birikadi. Protomerit deytomeritdan tо‘siqcha bilan ajralgan, ektoplazmaning ustki qismi qalinlashgan kutikula bilan qoplangan. Shuning uchun uning tanasi doimiy shaklni saqlaydi. Deytomiritning endoplazmasida pufaksimon yadro joylashgan. Gregarinalar jinsiy yо‘l bilan kо‘payadi (13-rasm). Voyaga yetgan gregarinalarni gamontlar yoki gametotsitlar deyiladi. Jinsiy kо‘payishda ikkita gregarinalar bir-biri bilan qо‘shiladilar, ya’ni birining protomeriti ikkinchisining deytomiriti bilan qо‘shiladi va sizi-giyni xosil qiladi. Keyin ikkita gregarinaning tanasi yumaloqlanib, umumiy qalin qobiqqa о‘raladi va sistaga aylanadi. Sista ichida gregarinalar qо‘shilmaydi, har bir gregarinaning yadrosi kо‘p marta mitoz yо‘li bilan bо‘linib, ulardan makro va mikro gametalar xosil bо‘ladi. Gametalar qо‘shilib zigota xosil qiladi. Zigota qalin qobiqqa о‘raladi va ootsistaga aylanadi. Buni kо‘pincha spora deb atashadi. Ootsistalar hasharot najasi bilan tashqi muhitga chiqadi. Keyin ootsistalarda sporozoitlar xosil bо‘ladi. Ana shunday ootsistalar (sporalar) Xо‘jayin tomonidan oziqa bilan yutinganda ootsistaning qobiqi erib, undagi sporozoitlar ichak epiteliy hujayralariga kirib rivojlanishini davom ettiradi va yirik (epimeritli, protomeritli va deytomeritli) gregarinaga aylanadi. Demak, gregarinalarning rivojlanish davrida gameta xosil qilish (gametogoniya) va ootsista xosil qilish (sporogoniya) jarayonlari almashinib turadi. Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling