Hasharotlarning jinsiy sistemasi, embrional va postembrional taraqqiyoti
Download 321.2 Kb.
|
7.entomologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hasharotlarning postembrianal taraqqiyoti Hasharotlar diapauza si
- Hasharotlarning jinsiy organlari
- Hasharotlarning embrional taraqqiyoti
- Hasharotlarning postembrional taraqqiyoti.
7-MA’RUZA: HASHAROTLAR BIOLOGIYASI: HASHAROTLARNING JINSIY SISTEMASI, EMBRIONAL VA POSTEMBRIONAL TARAQQIYOTI. Reja: Hasharotlarning jinsiy organlari Hasharotlarning ko’payishi Hasharotlarning embrianal taraqqiyoti Hasharotlarning postembrianal taraqqiyoti Hasharotlar diapauzasi Lichinka fazasi va uning xillari va g’umbak fazasi va uning xillari Tayanch iboralar: Ontogenez, uch yoki to’rt faza, tuxum yirik hujayra, xoreon, mikropile, kattaligi 0,02-10 mm, bittadan yoki to’p-to’p joylashtiradi, blastomerlar, embrion yo’li, blastokinez, entodermadan o’rta ichak hosil bo’ladi, tuxum fazasini rivojlanish muddati, kampodesimon, chuvalchangsimon, qurtsimon, gipomorfoz, gipermetamorfoz, erkin g’umbak, yopiq g’umbak, soxta g’umbak. Instinkt- murakkab tug’ma refleks. Masalan, ipak beruvchi kaplak lichinkalari g’umbakka aylanishdan ildin, ota-onalariga o’xshash ustlaridan pilla hosil qiladilar, ba’zi bir arilar lichinkalari uchun o’z inlariga palashlangan hasharotlarni tashib ularning ustiga tuxum quyadi. Tuxmdan chiqqan lichinkalar tirik harakatsiz oziqa bilan oziqlanadi. Buning uchun ari hasharotni sanchuvchi ignasi bilan sanchib, uning qorin nervning ishdan chiqaradi va shunga muvofiq u shal bo’lib qoladi, ya’ni na tirik na o’lik. Hasharotlarning jinsiy organlari. Hasharotlar ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm hodisasi yaxshi taraqqiy etgan. Ularning erkagi kichikroq bo’lib, rangi va ba’zi o’simtalaridan farq qiladi. Hasharotlarning jinsiy organlari qorin qismida joylashgan bo’lib quyidagicha tuzilgan: 1.Bir juft jinsiy bez yoki gonada; 2.Jinsiy hujayralarni o’tkazuvchi kanal; 3.Qo’shimcha jinsiy bez; 4.Qo’shiluvchi organlar, urug’ qabul qiluvchi xalta. Urg’ochilik jinsiy organlari. Bular bir juft tuxumdondan iborat. Har bir tuxumdon bir necha naylardan iborat bo’lib, ularning tuxum yo’liga birlashgan tomoni yo’g’on, ikkinchi uchi esa ingichkalashib boradi. Ularning soni ham ko’p bo’lishi mumkin. Masalan, o’simlik bitlarida bittadan har bir tuxumdonda, suvaraklarda 16 ta, asalarilarda 200 ga yaqin, termitlarda 2500 ta. Tuxum ko’p yetishtirish tuxumdondagi tuxum naylarining soniga bog’liq. Tuxum naylarining ichki qismida, tuxum yo’liga yaqin joyida birlamchi jinsiy hujayralar joylashgan bo’lib, ulardan ootsitlar yetiladi. Uning atrofini follikulyar hujayralar o’rab olgan bo’ladi. Jinsiy hujayra yetilishi bilan uning o’rnini birlamchi jinsiy hujayralar egallaydi. Ootsitlar o’rtasida sariqlik moddasi joylashgan bo’lib, ular tuxumni oziq modda bilan boyitadi. Tuxum ikkita tuxumdondan tuxum yo’li orqali pastga tushadi. 2 ta tuxum yo’li birlashib bittaga aylanadi. Tuxum yo’lining birlashgan joyiga qo’shimcha bezning sekreti quyiladi. Bu sekretdan tuxumning po’sti, substratga tuxumni yopishtiruvchi moddalar hosil bo’ladi. Bundan tashqari, bu yerga urug’ qabul qiluvchi xaltaning yo’li ochiladi. Urug’ qabul qiluvchi xaltaning ichida, urg’ochi hasharot erkagi bilan qo’shilganda spermatozoidni4-5 yilgacha, ya’ni butun umr bo’yi saqlaydi, demak ular umrida bir marta qo’shiladi. Urug’ xaltasi bo’lmagan hasharotlarda. Masalan, suvaraklarda sperma to’g’ri bachadonga tushadi. Urg’ochilarida urug’langan tuxumni quyuvchi organ, masalan, asalarilarda nishsimon bo’lib, 8-9 bo’g’imlarda joylashgan. Erkaklik jinsiy organlari. Urug’don, urug’ yo’li, urug’ xaltasi, qo’shilish organidan iborat. Bularda ham qo’shimcha bez bo’lib, undan ajralgan sekret spermato-fora hosil bo’lishiga qatnashadi. Spermatozoid spermatofora holida tuxum hujayra bilan qo’shilguncha saqlanadi. Spermatofora-bu spermatozoidning kapsulaga o’ralgan holatidir. Kapsula spermatozoidni tuxum hujayra bilan qo’shilguncha saqlaydi. Spermatoforada hali to’la yetilmagan spermatozoidlar ham bo’lishi mumkin. Sperma-urug’, foros-saqlovchi degan ma’noni bildiradi. Ko’payishi. Hasharotlar ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm xodisasi yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Ularda ko’payish turlari quyidagicha: I.Jinsiy ko’payish. Bunda jinsiy hujayralar o’zaro qo’shiladi. Bu xodisa otalanish deb ataladi. Bu ham ikki xilda bo’ladi: 1)Tashqi-ichki otalanish. U o’z navbatida yana ikkiga bo’linadi: a) ba’zilarida erkak hasharot spermatoforalarini tuproq yoki o’simliklarga qo’yadi. Urg’ochisi bu spermatoforani jinsiy teshigiga kirgizib oladi va otalanish ichkarida sodir bo’ladi. Masalan, tuban hasharotlarda. b)ba’zilarida (suvarak va boshqalarida) erkagi spermatoforalarni urg’ochisining qorniga yopishtirib qo’yadi. Urg’ochisi esa qo’shimcha jinsiy organlar yordamida spermatoforani jinsiy teshigi orqali ichkariga kirgizib oladi. 2.Ichki otalanish. Yuqori tuzilishdagi hasharotlarda (qo’ng’izlarda, ikki qanotlilarda, kapalaklarda) erkagi urg’ochisining jinsiy teshigiga jinsiy organlar yordamida spermatoforani kirgizib qo’yadi. I.Hasharotlarda partonogenez xodisasi ko’p uchraydi. masalan, asalarilarda urug’lanmagan tuxumdan erkaklari-trutenlari hosil bo’ladi. Ularning spermatozoidida gaploid xromosomalar bo’lib, tuxum hujayra bilan qo’shishsa ishchi yoki urg’ochi asalari hosil bo’ladi. Ba’zilarida partonogenez jinsiy ko’payish bilan navbatlashib turadi. Masalan, o’simlik shirasi bitida. Bunda ko’payish sodir bo’ladi. Bir martaga qo’yadigan tuxumlarining soni ham har xil hasharotlarda turlicha. Masalan, suvaraklar-16 ta, uy pashshasi-150 ta, bitta urg’ochi bir umrga 600 ta, asalari bir kunda 1000 ta, bir umr-1500000 ta, termitlar bir kunda 30 000 ta, bir umr-10 000000 ta tuxum qo’yadi va tuxum qo’yish soni hasharotning umr ko’rishi bilan bog’liqdir. Hasharotlarning embrional taraqqiyoti. Hasharotlarning ko’pchiligida tuxum sariqlik moddasiga juda boy bo’lib, tashqi tomondan mustahkam xitinli qobiq-xarion bilan qoplangan. Uning tagida ikkinchi qobiq-sariqlik qobig’i joylashgan. Xarionning bitta qutbida mikropile teshikchasi bo’lib, undan tuxumga spermatozoid kiradi. Tuxumning shakli ovalsimon va boshqa shakllarda bo’ladi. Tuxumning po’sti ximoya vazifasini bajaradi. Blastomerlar hosil bo’lgandan keyin entoderma va ektoderma qavatlar hosil bo’ladi. Undan keyin mezoderma hosil bo’ladi. Keyin ikkita parda-amnion, tashqi parda-seroz hosil bo’ladi. Embrionda gavda segmentlari hosil bo’la boshlaydi. Uning uchala qavatidan turli xil organlar hosil bo’la boshlaydi. Masalan, mezodermadan tana bo’shlig’i hosil bo’ladi. Embrion taraqqiyotining oxirida tuxum po’stini yorib ichidan lichinka yoki yosh hasharot chiqadi. Shu bilan hasharotning embrional taraqqiyot davri tugaydi va postembrional taraqqiyot davri boshlanadi. Hasharotlarning postembrional taraqqiyoti. Tuxumdan chiqqan lichinkaning yoki yosh hasharotning bundan keyingi taraqqiyoti postembrional yoki embrion davridan keyingi taraqqiyoti deyiladi. Postembrional taraqqiyot hasharotlarda har xil kechadi. Hasharotlarning postembrional taraqqiyoti ikki tipda bo’ladi: 1.To’g’ri taraqqiyot. Bunda tuxumdan chiqqan individ ota-onasiga o’xshaydi, lekin ba’zi organlari to’liq shakllanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, jinsiy organlari, gavda segmentlari, bosh va ko’krak to’liq ajralmagan bo’lishi mumkin. Agar shunday tomonlariga ko’ra to’g’ri taraqqiyot ham 2 tipda bo’ladi: a) Anamorfoz (grekcha-anamorfizis-shaklning buzilishi(iskojenie formo’)). Tuban birlamchi hasharotlarda tuxumdan yosh hasharot chiqadi, lekin gavdasi kichik bo’ladi. Masalan, mo’ylovsizlar-Protura turkumi vakillarida. Bular tuxumdan chiqqan paytda qorin segmentlarining soni kam bo’ladi. Keyingi linьka davrida bu segmentlarning soni to’liq bo’ladi. Lekin bularda gavda to’liq shakllangan bo’ladi. Bu xodisa ko’p oyoqlilar, halqali chuvalchanglar ham sodir bo’ladi. B) Protometaboliya yoki (protos-birinchi, morfos-o’zgarish, Protomorphosis). Bunda hasharotning gavdasi bosh, ko’krak va qorin qismlarga ajralmagan bo’ladi. Jinsiy voyaga yetgandan keyin po’st tashlab gavdasi qismlarga ajraladi. Lichinkasi voyaga yetgan formalariga o’xshash bo’ladi. Masalan, oyoq dumlilar yoki poduralar-Podura yoki Collemhola dipluralar yoki 2 dumlilar-Diplura, qildumlilar-Thysanura ba’zi kunlilar-Ephemeroptera turkumlarining vakillari misol bo’ladi. Protomeoboliyaga sinonim epimorfozdir. Hozirgi paytda epimorfoz termini qo’llanilmaydi. 2. Metomorfoz yo’li bilan taraqqiy etish (metomorfozis-o’zgarish). Tuxumdan chiqqan lichinka yoki limfa anatomo-morfologik va fiziologik qayta ko’rishdan keyin jinsiy voyaga yetadi yoki voyaga yetgan formasiga o’xshaydi. Metamorfoz ham 2 tipda bo’ladi: A) Chala o’zgarish yoki to’liqsiz o’zgarish o’zgaish yo’li bilan taraqqiy etish gemimetamorfoz-Hemimetamorphosis. Bunda tuxumdan voyaga yetgan hasharotga o’xshash yosh hasharot chiqadi, lekin ularning qorin segmentlari to’liq bo’ladi. Yosh hasharot kichikligi, jinsiy apparatining to’la yetilmaganligi va qanotsizligi bilan jinsiy voyaga yetgan hasharotlardan farq qiladi. Bundan keyin po’st tashlash (tullash) davrida yetilmagan organlari shakllanadi. Hasharotlar umri davomida 4-5 martadan 20 martagacha po’st tashlaydi. Masalan, kunlilar yoki kunli kapalaklar-Ephemorooptera, ninachilar-Odonatoptera, suvaraklar-Blattoptera, beshiktervatarlar-Maneopea, termitlar-or ye a. Baxorikorlar-R yesor u a, cho’psimonlar-Rpa a or u a, to’g’ri qanotlilar-0 por ye a, teriqanotlilar-e ar ye a va boshqa turkumlar kiradi. Chala metomorfozli hasharotalar taraqqiyoti davomida 3 ta stadiyani bosib o’tadi: 1-Tuxum; 2-Lichinka yoki nimfa; 3-imago yoki jinsiy voyaga yetgan davir; 1.Tuxumning tuzilishi va ahamiyati yuqorida bayon etilgan edi. 2.Lichinka. bu stadiyaning boshqa stadiyalardan asosiy farqi shundaki, ularda maxsus lichinka organlari bo’ladi, bu organlar voyaga yetgandan keyin yo’qoladi va provizor organlar deb ataladi. Masalan, ninachilarning lichinkalari qornidagi plastinkalari bilan suzadi, bu plastinkalar jabra vazifasini ham bajaradi. Voyaga yetgandan keyin bu plastinka yo’qoladi. Har bir po’st tashlashdan keyin lichinka birmuncha takomillashadi, lichinkaning yoshi ortadi. So’ngiyoshdagi lichinka oldingi yoshdagi lichinkadan tashqi tuzilishi jihatdan halq-atvor jihatdan farq qiladi. Masalan, ninachilarning lichinkalarida yosh o’tishi bilan provizor organlar yo’qolib boradi. Chala metomoroz yo’li bilan rivojlanadigan hasharotlarning lichinkalari ota-onasiga ko’p jihatdan o’xshash bo’lganligi uchun ularni nimfa deb atash qabul qilingan. Agar chala metomorfozli hasharotlarning taraqqiyotti suvda kechsa, ularning lichinkalari-nayada (daryo kelinchagi) deb ataladi. Masalan, oltinkuz, bahorikor va bir kunlik kapalaklarda. To’liq metamorfozni lichinkasidan farqlish uchun nimfa yoki nayada deb nomlanadi. So’ngi yoshdagi lichinkalar yoki nimfa yoki nayada harakatda bo’ladi, tuzilishi jiddiy ravishda o’zgaradi, provizor organlar redktsiyalanadi, imaginal organlar esa shakllana boshlaydi. Oxirida lichinka oxirgi marta po’st tashlab jinsiy voyaga yetgan stadiyaga aylanadi. Kunli kapalaklar esa yana bir marta po’st tashlaydi. Shuning uchun ularni subimaginal stadiyasi ham bor deb yuritiladi. Shunday qilib, chala o’zgarish yo’li bilan taraqqiy etadigan hasharotlar lichinka stadiyasida imago stadiyasiga o’tadi. Ularning lichinkasi kam o’zgarib imagoga aylanadi. Shuning uchun ham shunday nomlangan. Chala metomorfoz to’liq metomorfozdan g’umbak stadiyasining yo’qligi, lichinka va imago stadiyalarining kam tafovut qilishi bilan farqlanadi. Chala metamorfoz ham ikki tipda bo’ladi: A) Gipomorfoz-Hypomorpnosis (xipo-past, morfe-forma). Bu evolyutsiya jarayonida qanotlarini yo’qotgan hasharotlarga taaluqli bo’lib, ularga ikkilamchi qanotsizlar, momiqxo’rlar va bitlar turkumlari kiradi. Qanotining yo’qligi tufayli lichinkasi va imagosi bir-biriga o’xshash bo’ladi. Farqi esa katta-kichikligi, lichinkasining mo’ylov segmentlarining kamligi, rangi, tserkisi bilan farq qiladi. Lichinkasi va imagosi bir xil hayot kechiradi. Yaqin vaqtlargacha hasharotlarning bunday taraqqiyoti hatto to’g’ri taraqqiyot deb yuritilar edi. B) Gipermorfoz-Hypermorphosis (xiper-yuqori, morfe-forma). Bu teng qanotlilar turkumining oqqanotlilar, qalqondorlar (erkaklari) tripslar turkumiga xosdir. Bunda lichinka fazasining oxirida tinch holatga (ovqatlanmaydi, harakatlanmaydi) o’tadi. Buni ba’zan yolg’on g’umbak yoki g’umbak ham deyiladi. Bunday lichinkalar ko’pincha nimfa deyiladi. Bunda lichinka va tinch nimfa bir-biriga o’xshashligi bilan to’liq metomorfozdagi lichinka va g’umbakdan farq qiladi. Bu to’liqsiz metomorfozni cho’zilgan-uzaygan formasidir. Ba’zi olimlar gipermorfoz chala metamorfoz bilan to’liq metamorfozning oraliq formasi bo’lib, evolyutsiya jarayonida to’liq metamorfoz gipermorfozdan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Download 321.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling