Hasharotlarning jinsiy sistemasi, embrional va postembrional taraqqiyoti


Download 321.2 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi321.2 Kb.
#1528931
1   2   3   4
Bog'liq
7.entomologiya

G’umbakning tuzilishi va tiplari. g’umbak po’sti yigiruv bezi yoki g’umbak bezidan ajralayotgan shiradan hosil qilinadi.
Hasharotlarning rivojlanshida g’umbak fazasi faqat to’liq o’zgarish yo’li bilan taraqqiy etadigan hasharotlarda bo’ladi. Bunda lichinka oxirgi marta po’st tashlagandan keyin g’umbakka aylanadi.
G’umbak ko’pincha harakatsiz bo’ladi. Faqat kapalaklar va ikki qanotlilarning g’umbaklari aktiv harakatlanadi.
Hasharotlarning g’umbaklari turli xil pana joylarda: tuproq oralarida, daraxt po’stlari orasida va boshqa joylarda uchraydi.
G’umbak tashqi ko’rinishi jihatdan 3 xilda bo’ladi:

  1. Erkin yoki ochiq g’umbaklar. Bunday g’umbaklarda mo’ylov oyoq va qanotlari tanaga yopishmay, balki harakatli birlashgandir. Bular ko’p belgilari bilan tashqi ko’rinishi jihatdan imagoga o’xshaydi.

Bularga qo’ng’izlar, parda qanotlilarning g’umbaklari kiradi.
2. Yopiq g’umbaklar. Bunday g’umbaklarning mo’ylovlari, oyoqlari va qanotlari tashqi tomondan ko’rinib turadi, ammo tanaga jips birlashib ketgan bo’ladi. Bunga kapalaklarning g’umbaklari kiradi.
3. Bochkasimon yoki soxta g’umbaklar. Bunday g’umbaklarda mo’ylov, oyoq va qanotlari lichinka po’stidan ko’rinmaydi. Buni soxta pilla ham deb ataladi. Bularga ikki qanotlilarning g’umbaklari kiradi.
Lichinkalik davrida boshlangan imaginal organlarning shakllanishi g’umbaklik davrida tugallanadi va voyaga yetgan davridagi butun organlar shakllanadi. To’qima va organlarning bo’rtmalaridan shakllangan disk yoki qobiq imaginal disk deb ataladi.
Hasharotlar metamorfozida endokirn bezlardan ajralayotgan gormonlar o’sishda muhim rol o’ynaydi.
g’umbaklik davri tamom bo’lgandan so’ng g’umbakning pastki tomoni yorilib ichidan imago hasharot chiqadi. Bu hasharot bundan keyin po’st tashlamaydi, kattalashmaydi, tashqi-morfologik jihatdan o’zgarmaydi.
Ba’zi hasharotlarda: kunlilar, tuban hasharotlar, qil dumlilar, qo’sh dumlilar, dumsizlarda esa buning aksi bo’lib ular imago davrida ham o’zgaradi.
Voyaga yetgan davri-imago. Hasharotlarning voyaga yetgan davri imago deb ataladi. Kunliklarda ikkita voyaga yetgan davri bo’ladi: subimago va imago davrlaridir.
Subimagog davrida jinsiy balog’atga yetmagan bo’ladi, lekin imagoga o’xshaydi. Keyin hasharot po’st tashlab jinsiy balog’atga yetgan imagoga aylanadi.
Voyaga yetgan davri-imago fazaning biologik funktsiyasi ko’payish va tarqalishdir. Hasharotlarning tarqalishi: aktiv va passiv bo’lishi mumkin.
Yirik hasharotlarda: ninachilar, chigirtkalar, kapalaklar, qo’ng’izlar va boshqalarda aktiv tarqalish bo’ladi. Chunki bularda qanotlar va oyoqlar yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi.
Mayda hasharotlarda: o’simlik bitlari, tuban kapalaklar va boshqalarda passiv tarqalish sodir bo’ladi.
Umaman metomorfoz murakkab rivojlanishni tuxum ichida tamomlashi mumkin emasligi natijasida evolyutsiya jarayonida paydo bo’lgan o’ziga xos moslamadir
Hasharotlar diapauzasi. Diapauza vaqtinchalik fiziologik tinch holat bo’lib, biologik aktiv hayotiy davrdan noqulay sharoitdan maxsus moslama hisoblanadi. Lekin bu xodisani noqulay harorat tufayli ro’y beradigan normal kishlash yoki uyquga ketish xodisasi bilan aralashtirmaslik kerak.
Diapauzada organizmdagi ovqat rezervlarini tejamkorlik bilan sarflab uzoq muddat noqulay sharoitda yashab qolishga imkon beradi. Diapauzada individning ma’lum muddat davomida o’sishi va rivojlanishi to’xtaydi.
Diapauza noqulay sharoit boshlanishi oldidan va tugagandan keyin ham davom etishi mumkin. Shuning uchun bu hodisani faqat noqulay sharoit bilan bog’lamaslik kerak va evolyutsiya jarayonida hosil bo’lgan xodisadir.
Diapauza hasharotlarning turli fazalarida sodir bo’lishi mumkin.
Masalan, tuxum fazasida sodir bo’ladigan diapauza embrional diapauza deb ataladi. Chigirtkalar, tutu ipak qurti va boshqalar bunga misol bo’ladi. Lichinkalik davrida lichinka diapauza sodir bo’ladi. Masalan, do’lana kapalagi, qarag’ay ipakchisi, olma qurti va boshqalarda.
g’umbaklik davrida g’umbak diapauzasi sodir bo’ladi. Masalan, karam oq kapalagi, g’o’za to’plami va boshqalar. Bular g’umbaklik davrida qishlaydi.
Voyaga yetgan davrida imaginal diapauza sodir bo’ladi. Masalan, kandalalar, bezgak chivinlari va boshqalar.
Yoz faslida yozgi, qish faslida qishki diapauza sodir bo’ladi.
Diapauza majburiy, fakulьtativ bo’lishi mumkin.
Majburiy diapauza yiliga bir marta bo’g’in beradigan hasharotlarda uchraydi.
Yiliga 2 va undan ortiq bo’g’in beradigan fakulьtativ diapauza sodir bo’ladi.
Hasharotlarda jinsiy polimorfizm. Ba’zi tur hasharotlarning erkak va urg’ochi individlarini tashqi belgilariga ko’ra farq qilishi jinsiy dimorfizm deb ataladi.
Bir turga kiradigan har xil individlarni turli xil funktsiyani bajarishga bog’liq ravishda shakl o’zgarishi polimorfizm deyiladi.

Download 321.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling