Hasharotlarning jinsiy sistemasi, embrional va postembrional taraqqiyoti


To’liq o’zgaish yo’li bilan taraqqiy etish


Download 321.2 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi321.2 Kb.
#1528931
1   2   3   4
Bog'liq
7.entomologiya

To’liq o’zgaish yo’li bilan taraqqiy etish yoki to’liq metomorfoz yoki golometamorfoz-Holometorphosis yoki golometaboliya, golometabolizm. Masalan; qo’ng’izlar, to’rqanotlilar, buloqchilar, kapalaklar, burgalar, parda qanotlilar, ikki qanotlilar turkumlari.
To’liq o’zgaish yo’li bilan taraqqiy etish yoki to’liq metomorfozli hasharotning taraqqiyoti 4 ta fazadan iborat bo’ladi:
1-Tuxum; 2-Lichinka; 3-g’umbak; 4-Imago.
Lichinkaning tuzilishi va tiplari. Tuxumdan chiqqandan keyin lichinka tashqi va ichki tuzilishiga ko’ra voyaga yetgan ota-ona hasharotdan keskin farq qiladi. Bu lichinka chin lichnka deb ataladi. Bu lichinkada: qanotlar, fasetoz ko’zlari bo’lmaydi.
Lichinka tiplari quyidagilar:
1.Kampodeosimon tip. Bunday tipdagi lichinkalar uchun tananing cho’ziq, yassi formali bo’lishi, ko’krak oyoqlarining uzunligi va og’iz organlarining taraqqiy etganligi hamda ularningoldingi tomnga o’rnashganligi harakterlidir.
Yirtqich hasharolarning masalan, tugmacha qo’ng’izlar, toshqollar va boshqa hasharotlarning lichinkasi shunday tuzilgan.





2. Chuvalchangsimon lichinka. Bunday lichinkalarning gavdasi uzun, yumaloq va etli bo’lib, ular aniq ajralib turgan bosh qismi hamda ko’krak oyoqlari bor-yo’qligiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Ko’pgina qo’ng’izlarning lichinkalari uchun aniq ajralib turgan bosh hamda uch juft ko’krak oyoqlari bo’lishi xosdir. Ba’zilarida: uzunburunlilar, po’stloqxo’rlar, uzun mo’ylovli qo’ng’izlarning lichinkalari oyoqsizdir. Pashshalar lichinkasining bosh qismi va oyoqlari aniq ajralib turmaydi.
3. Qurtsimon lichinka. Bunday tipdagi lichinkalar chuvalchangsimon lichinkalarga o’xshash bo’lib, ularning uch juft haqiqiy ko’krak oyoqlari va qorin qismida soxta oyoqlari bo’ladi. Bu oyoqlar teri o’simtalaridan hosil bo’lgan, ular bo’g’imlarga bo’linmagan. Masalan, kapalak lichinkalari.
Shunday qilib, chala o’zgaish yo’li bilan taraqqiy etadigan hasharotlarning lichinkalari yoshi o’tgan sari ota-onasiga ko’proq o’xshasa, to’liq metomorfozli hasharotlarda lichinkaning yoshi ortgan sari g’umbak stadiyasiga tayyorlana boshlaydi.

Download 321.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling