Hasharotlarning jinsiy sistemasi, embrional va postembrional taraqqiyoti
Download 321.2 Kb.
|
7.entomologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik polimorfizm
- Nazorat savolari va topshiriqlar
Polimorfizm ikki xilda bo’ladi:
1. Jinsiy polimorfizm. 2. Ekologik polimorfizm. 1. Jinsiy polimorfizm jamoa bo’lib in qurib yashaydigan hasharotlar chumolilar, asalarilar, arilar va termitlarga xosdir. Masalan, asalarilarning urg’ochisi-onasi, erkaklari-trutenlari, jinsiy jihatdan yetilmay qolgan urg’ochilari-ishchi asalarilar-bu uchala bir turga kirsa ham tashqi ko’rinishga ko’ra bir-biriga o’xshamaydi. Ba’zi chumolilarda erkak, urg’ochi va ishchi chumolidan farq qiladigan boshi katta va jag’lari kuchli taraqqiy etgan, dushmandan inni ximoya qiluvchi «askarchalari» ham bo’ladi. Askarlari jinsiy jihatdan yetilmagan, qo’shimcha belgisi bo’lgan urg’ochilaridir. Jinsiy polimorfizm bachadondan ajraladigan telergon suyuqligi ta’sirida jinsiy bezlarning rivojlanishini to’xtashi tufayli paydo bo’ladi. Umuman jinsiy polimorfizm tashqi muhit ta’sirotidan qat’iy nazar oila ichida nazarot qilinadi. Ekologik polimorfizm tashqi muhit ta’sirida vujudga keladi. Bularda qanotlarning rivojlanishi darajasi ayniqsa harakterlidir. Masalan, buzoqboshlilarda, chirildoqlarda, qandalalarda. Bularda qanotlar uzun-kalta va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Rangi ham turlicha bo’ladi. Masalan, tugmacha qo’ng’izning qora va qizil rangdagilari turli mavsum davrida paydo bo’ladi va turning saqlanib qolishiga qaratilgan, evolyutsiya jarayonida ekologik faktorlar ta’sirida paydo bo’lgan moslama hisoblanadi. Ekologik polimorfizmning boshqa o’zgarishi fasl polimorfizmdir. Masalan,o’simlik bitlarida yilning fasliga qarab turli xil shaklda, jumladan qanotli yoki qanotsiz, partanogenetik erkaklari bo’lishi mumkin. Bunda ayniqsa fotoperiod davrining davomiyligi, harorat, ovqatning bioximiyaviy xususiyati muhim rolь o’ynaydi. Ekologik polimorfizmning yana yakka holida yashovchi hasharotlar hamda to’da holatda yashovchi formalari uchrab turadi. Masalan Osiyo chigirtkasida. Nazorat savolari va topshiriqlar Hasharotlarning ko’payishi va jinsiy organlari haqida ma’limot berish? Hasharotlarning embrianal taraqqiyoti qanday? Hasharotlarning postembrianal taraqqiyoti qanday? Hasharotlar diapauzasi? Lichinka fazasi va uning xillari va g’umbak fazasi va uning xillari? Download 321.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling