Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
-rasm. Suvarakning ovqat hazm qilish sistemasi
Download 4,68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56-rasm. Suvarak yuragining tuzilishi.
55-rasm. Suvarakning ovqat hazm qilish sistemasi.
1- so’lak bezlari; 2-qizilo’ngach; 3-oshqozon; 4-pilorik o’simtalar; 5-o’rta ichak; 6- malpigi naychalari; 7-orqa ichak; 8-to’g’ri ichak. Og’iz bo’shliqiga bir juft so’lak bezlari ochiladi. Bu bezlarning keyingi qismi kengayib, so’lak to’planadigan rezervuarni xosil qiladi. So’lak qattiq ovqatniqo’llash uchun xizmat qiladi. Suvarakning xalqumi naysimon qisqa qizilo’ngachka aylangan. qizilo’ngach xaltasimon kengayib jiqildonni xosil qiladi. Undan keyin muskulli oshqozon bo’lib, uning devorida xitinli «tishcha»lar mavjud. Ular yordamida oziq moddalar to’liq maydalanadi. Tomoq’, qizilo’ngach, jiqildon va muskulli oshqozon ichakning oldingi bo’limini tashqil qiladi. Muskulli oshqozonning keyingi qismi kardial klapanga aylangan. U ovqatni ichakka o’tkazib turadi va teskari tomonga harakat qilishiga yo’l qoymaydi. O’rta ichak ingichka naycha shaklida bo’lib, oldingi boshlanish qismida 8 ta ko’r (pilorik) o’simtalari mavjud bo’lib, ular ham xuddi o’rta ichak singari (hasharotlarda jigar bo’lmaganligi sababli) ovqatni shimib olish va hazm qilish vazifasini bajaradi. Orqa ichak ikki qismga: yo’qon va to’g’ri ichakka bo’linadi hamda anal teshigi bilan tugaydi. hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari orqa ichakning keyingi bo’limida yiqiladi va tashhariga chihariladi. Suvaraklarning oldingi va keyingi ichak yuzasi, xuddi boshqa hasharotlarnikidek kutikula bilan qoplangan. 56-rasm. Suvarak yuragining tuzilishi. 1-yurak kameralari; 2-aorta; 3-ostiyalar; 4-qanotsimon muskullar; 5-traxeyalar. Uzun naycha shaklidagi yurak yelka qoplag’ichining ichki yuzasida ya'ni qorin bo’limida joylashgan. Yurak 13 ta kameradan iborat. har bir kamerada ikkita teshikchalar ya'ni ostiyalar bo’lib, ulardagi klapanlar qonning yurakdan chiqib ketishiga qoymaydi. Yurakning keyingi tomoni tutash, oldingi tomoni esa cho’zilib, suvarakning tana bo’shliqiga ochiladigan bosh aortaga aylangan. Yurak yupqa parda devorli kamera ichida joylashgan. Suvarakning qoni bosh tomonga yo’nalgan aorta tomiri orqali kelib, bo’shliqiga quyiladi va tana suyuqligi bilan aralashib gemolimfani xosil qiladi. Gemolimfa organlar orasidan oqib o’tib yurak oldi kamerasiga va ostiyalar orqali yurakka o’tadi. Yurak kameralari yurakning keyingi uchidan boshlab oldingi uchiga qarab birin-ketin qisqaradi va qon suyuqligi oldinga qaydaladi, natijada qon yurakdan aortaga chiqadi va undan boshi yaqinida tana bo’shliqiga kelib quyiladi. Suvaraklar va umuman barcha hasharotlarning gemolimfasi gazlarni tashishda ishtirok etmaydi, u orqali faqat oziq moddalar va modda almashinuvi maxsulotlari tashiladi. Shu sababli hasharotlar qonida eritrotsitlar yoki shunga o’xshash qon elementlari, xususan gemoglabin mavjud bo’lmaydi. Gemolimfa esa rangsiz, sarg’ish yoki yashil tusda bo’ladi. Download 4,68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling