Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli material va jixozlar
17 – mashg’ulot. Mavzu: Halqali chuvalchanglar tipi (Annelida). Ko‘p qilli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi. Vakillar: Nereis yoki qum chuvalchangining tuzilishi. Ishning maqsadi: Halqali chuvalchanglardan ko’ptuklilarning ya’ni nereisning tuzilishini o’rganish, ularning xilma-xil turlari bilan tanishish. Kerakli material va jixozlar: fiksatsiya qilingan nereis va qum chuvalchanglar, preparatlar, lupalar, mikroskoplar, tablitsalar, petri kosachasi, soat va buyum oynalari. Ishning mazmuni. Nereis dengiz va okeanlarda hayot kechiradi. Uning gavdasi bosh, metamer bo’g’inlarga bo’lingan tana va dum (pigidiy) qismlardan iborat. Nereis 10-15sm uzunlikda bo’lib, gavdasi 80-100 ta segmentlar (xalqalar) dan tashqil topgan. Bosh qismi ikki segmentdan-og’iz oldi (prostomium) va og’iz (peristomium) dan iborat. Og’iz oldi bo’limida (prostomiumda) ikki juft ko’zlar, hid bilish chuqurchasi, bir juft paypaslagichlar va 2ta palplar joylashgan. Bular sezish organlaridir. Bosh qismining ikkinchi bo’g’imi-peristomium deb atalib boshqa bo’g’imlarga nisbatan uzunroq, parapodiyalari yo’q, ammo oldingi ikki yon tomonida 4 tadan moylovchalari bo’lib, qorin tomonida og’iz joylashgan. Dum yoki pigidiy qismida anal teshigi va bir juft anal paypaslagichlari mavjud. Tananing ikkita bosh bo’g’imlaridan tashhari hamma gavda bo’g’imlari bir xil tuzilgan. Gavdaning bosh qismdagi ikki bo’g’indan tashhari har qaysi bo’g’imida yon tomonida bir juftdan parapodiylar joylashgan. Bular kalta, sermuskulli va 36-rasm. Nereis (Nereis pelagica) ning tuzilishi. A-nereisning oldingi va B-keyingi tomoni: 1-paypaslagichlar (antennalar); 2-palp; 3-og’iz yoki moylovlari; 4-ko’zlar;5-prostomium; 6-hidlash chuqurchasi; 7- peristomium; 8-parapodiylar; 9-qillar; 10-orqa moylov; 11-pigidiy; 12-anal moylovlari; 13-orqa qon tomiri. harakatchan tana organlari bo’lib, nereislar ular yordamida harakat qiladi. Parapodiy ikki bo’lakchadan ya'ni yelka (notopodiya) va qorin (nevropodiya) tomonlaridan iborat. Parapodiya bo’laklarining har birida bittadan uzun moylovlar va tutam-tutam bo’lib joylashgan tuklar mavjud (shu sababli bularni ko’p tukli chuvalchanglar deyiladi). har bo’lakchadagi tuklar orasida bittadan ancha yo’qon va parapodiyalarning asosidan chiqadigan tukcha bo’lib, tayanch tukcha deb ataladi. Nereis mayda organizmlar va chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Qon aylanish sistemasi mavjud bo’lib, u tananing orqa va qorin tomoni boylab joylashgan qon tomirlardan iborat. qon aylanish sistemasi yopiq. Ayirish sistemasi har bir bo’g’imda bir juftdan joylashgan metanifridiylardan iborat. Nereis ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhitda urug’lanadi. Tuxumdan troxofora deb ataluvchi lichinka chiqadi. Qum chuvalchangi (Arenicola marina) ham dengiz va okeanlarda o’troq holda hayot kechiradi. Uzunligi 15-20 mm keladi. qum ichida o’troq hayot kechirgani uchun uning tana tuzilishi ancha o’zgargan, xususan parapodiyalar soni kam va yaxshi rivojlanmagan. Gavdaning o’rtasidagi parapodiyalar jabralar bilan qo’shilib ketgan. Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling