Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari
Rishta-Dracunculus medinensis. Rishta ayrim jinsli nеmatoda bo’lib,
urg’ochilarining uzunligi 40-120 sm, erkak rishtaniki esa 12-30 sm. Biogеlmint. Rivojlanish sikliga ikki xo’jayin ishtirok etadi. Odam, maymun, mushuk, tulkilar va boshqa sutemizuvchilar oxirgi xo’jayini, chuchuk suvlarda yashovchi qisqichBaqasimonlarning vakili-tsikloplar oraliq xo’jayini hisoblanadi. Jinsiy voyaga еtgan urg’ochi rishtalar tirik lichinka tug’adi. Anna shu lichinkalar suvga tushganda, ularni suvdagi sikloplar ovqat sifatida yutib yuboradi. Lichinkalar siklop tanasida rivojlanishini davom ettiradi va 12-14 kunda invaziyaga aylanadi. Odam va boshqa hayvonlar, suv orqali, zararlangan sikloplarni yutib yuboradi va rishtani yuqtiradi. Sikloplar hazm bo’ladi, undan chiqqan rishta lichinkalari esa ichak dеvori orqali qon aylanish sistеmasiga o’tadi. Lichinkalar xuddi askaridalar lichinkasi kabi organizm bo’ylab migratsiya qiladi va kеyinchalik tеri osti qavatida joylashib jinsiy voyaga еtadi (41-rasm). 67-rasm. Rishta-Dracunculus medinensisning rivojlanish sikli. A-asosiy xo’jayin, B-urg’ochi rishta, V-odam oyog’ida joylashgan rishta, G- rishtaning yuqumli lichinkasi, D-rishtaning oraliq xo’jayini-tsiklop:1-tsiklopning tana bo’shliqidagi rishta lichinkasi. Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 1. Erkak va urg‘ochi askaridaning uzunligi va bir-biridan farqi. 2. Askaridaning asosiy va oraliq xо‘jayinini toping. 3. Askarida tanasining gistologik tuzilishini tushuntirib bering. 4. Askaridaning kо‘payishi va rivojlanish siklini yoriting. 5. Askaridani laboratoriya sharoitida о‘rganishning mohiyatini tushuntiring. Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 1. Odam askaridasining erkagining uzunligi qancha. A) 35-40sm B) 25-30sm S) 20-25sm D) 25-30mm 2. Qaysi chuvalchangda jinsiy demorfizm aniq ifodalangan. A) askarida B) jigar qurti S) chо‘chqa solityori D) qoramol solityori 3. Askarida qanday kesimi doira shaklida. A) uzunasiga kesimi B) yon kesimi S) kо‘ndalang kesimi D) tо‘g‘ri kesimi 4. Askarida tanasining doim turgor holatida bо‘lish sababi, tanasida ....... A) kutikulaning bо‘lishi B) yarim о‘tkazuvchanligi S) ingichkaligi D) suvning yetarli miqdorda bо‘lishi 5. Qoplovchi tо‘qima askaridada nimaning о‘zgarishidan hosil bо‘lgan. A) mezoderma B) parenxema S) epiderma D) gepoderma 6. Askarida ovqat hazm qilish sistemasida ichak qismlari tо‘g‘ri kо‘rsatilgan javob. A) о‘rta, oldingi B) oldingi S) orqa D) barcha javoblar tо‘g‘ri 7. Askarida gipodermasidagi iskanalar ichidan qaysi sistema о‘tadi. A) nerv B) hazm qilish S) ayiruv-nerv D) ayiruv 8. Askarida jinsiy organlari shakli. A) qisqa nay B) uzun nay S) tasmasimon D) uzunchoq 9. Urg‘ochisining jinsiy naylarining eng oldingi ingichka uchlarida nima joylashgan. A) tuxumdon B) tuxum yо‘li S) urug‘don D) jinsiy bez 10. Erkagining urug‘ yо‘li urug‘ tо‘kuvchi kanalga о‘tib, nimaga ochiladi. A) tashqariga B) siydik yо‘liga S) kloakaga D) tо‘g‘ri javob yо‘q Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling