68-rasm. Dengiz yulduzi – (Asterias rubens) ning tuzilishi.
1 – nuri; 2 – ochilgan nuri (tо‘rt qator ambulakral ampulalar kо‘rinib turibdi); 3 –
ambulakral oyoqchalari; 4 – nur ampulalari olib tashlangan (nur skeleti kо‘rinib
turibdi); 5 – oshqozon; 6 – juft jigar ortiqlari; 7 – rektal ortiqlar; 8 – madrepora
plastinkasi; 9 – jinsiy bezlar.
Ambulakral sistema dengiz yulduzlarining asosiy xarakatlanish organidir,
lekin u nafas olish vazifasini ham bajaradi. Ambulakral oyoqchqlar yonidagi
ampulalar
va
suyuqlik
ampulalari
qisqarganda
suyuqlik
ampulalardan
oyoqchalarga о‘tadi. Keyin oyoqchalar juda kо‘p chо‘zilib, uchlaridagi
sо‘rg‘ichlari yordamida substratga yopishib oladi. Sо‘ngra oyoqchalarning
muskuldor devori qisqaradi va ulardagi suyuqlik yana ampulalarga sо‘rilib chiqadi.
Oyoqchalar qisqarganda yulduzning tanasi tegishli tomonga qarab biroz siljib
oladi. Odatda dengiz yulduzlari daqiqasiga 5-8 sm yо‘lni bosib о‘tadi.
Ishning bajarish tartibi: 1. Dengiz yulduzining umumiy kо‘rinishi bilan
tanishib, uning aboral qutbidagi madripora plastinkasini, anal teshigini va
peditsellyariyalarini qо‘l lupasi orqali kuzating va dengiz yulduzi tanasining
konturini chizing. 2. Dengiz yulduzining ichki organlari vaambulakral
sistemasining tuzilishi bilan tanishish uchun har bir nurning ikkala chekka
qismidan – aboral qutbga yaqinroq joydan о‘tkir uchli qaychi bilan kesing.
Kesishni nurlararo davom ettirib, faqat medripora plastinkasi yonidakesishni orqa
tomonga о‘tkazing. Keyin yulduzni preporaval vannachalarga oral qutbi bilan
pastga qaratib qо‘yib, entomologik tо‘g‘inag‘ichlar yordamida nurlarni uchidan
qadab qо‘ying. Sо‘ng vannachani suvga tо‘ldiring. Dengiz yulduzining aboral
tomonidagi tana qoplag‘ichini qisqich bilan kо‘tarib, unga yopishib turgan ichki
organlarini qaychi bilan kesing. Bunda medripora plastinkasi va uning atrofidagi
bir qism tana qoplag‘ichi о‘z holicha qolishi kerak. Dengiz yulduzining ovqat
hazm qilish organlarini va ambulakral sistemasining tuzilishini о‘rganib, uning
rasmini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |