Termiz davlat universiteti tabbiy fanlar fakulteti norboyeva madinaning
Download 1.04 Mb.
|
KURS ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- DENGIZ YULDUZLARI (ASTEROIDEA) SINFI. DENGIZ YULDUZINING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI MUNDARIJA
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Sh.M.Mirziyoyev
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIG TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABBIY FANLAR FAKULTETI NORBOYEVA MADINANING __________________________ FANIDAN “Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfi. Dengiz yulduzining tashqi va ichki tuzilishi ” MAVZUSIDAGI KURS ISHI TERMIZ-2022 DENGIZ YULDUZLARI (ASTEROIDEA) SINFI. DENGIZ YULDUZINING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI MUNDARIJA
KIRISH “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimiz ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. Sh.M.Mirziyoyev Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodi va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit -qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «…Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda-ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi… . Lo‘nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti, uning quruvchilari bo‘lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash, jamiyat istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalom bor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz». Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rganish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshladi. Busiz jamiyatimizning biron-bir sohasini o‘zgartirishga kirishib bo‘lmasdi. Islohatlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog‘lik javob berishiga taqalib qolar edi. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdiri shu muammolarni yechish bilan bog‘liqligini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas. Ushbu muammolarni yechish uchun ta’limdagi yuzakichilikdan voz kechish, har bir soha, xar bir fanni zamon talabi darajasida aniq, ravon, tushunarli tarzda o‘qitish, buning uchun esa, ta’lim berishdagi ilg‘or ish tajribalaridan, dars o‘tishning samarali metodlaridan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mahorat bilan dars o‘tadigan o‘qituvchi kadrlar zarur. Har bir soha, har bir fan bo‘yicha dars beruvchi o‘qituvchi o‘z fanini mukammal bilishi, uni yosh avlodga o‘rgatish uchun bo‘ladigan barcha qiyinchilik va muammolarga bardoshli bo‘lishi, chigalliklarni oqilona hal qilmog‘i kerak. Eskicha ishlash, erishilgan natijalarni oshirib ko‘rsatish, sifat o‘rniga son ketidan quvish endilikda o‘z-o‘zimizni aldashdan, ko‘z bo‘yamachilik qilishdan boshqa narsa emasligini hammamiz bilib oldik. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling