Kerakli materiallar va jihozlar: Tripanosoma va leyshmaniyalarning
preparatlari, immersion ob'yektivli mikroskoplar, tablitsalar.
Ishning mazmuni. Tripanosomalar odam va hayvonlarning
qoni plazmasida
parazitlik qilib yashaydi. Shakli duksimon, ikki uchi ingichkalashgan, uzunligi 2-4
mkm (6-rasm).
6-rasm.Tripanosomaning tuzilishi (toshbaqa qonidagi) Trypanosoma vittatac.
1-kinetoplast; 2-yadro; 3-cho’ziluvchi membrana; 4-xivchin.
Protoplazma tashqi tomondan pellikula po’sti bilan o’ralgan, yadrosi
yumaloq, ovalsimon shaklda. Oldingi tomonda joylashgan bitta xivchini tanasining
yonidan orqaga harab yo’nalgan. Xivchin yupqa to’lqinlashuvchi
membrana
yordamida ektoplazmaga tutashgan. Xivchin tanani aylanib o’tib, old tomonida
erkin chiqib turadi. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning
asosida joylashgan. Tripanosomaning
harakatlanishi xivchin, to’lqinli parda va
tanasining egilishi natijasida roy beradi.
Uyqu kasalini keltirib chiharuvchi tripanosoma yovvoyi hayvonlardan a n t i l o p a
lar qonida yashaydi (7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: