Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Trypanosomaning rivojlanish sikli


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

7-rasm. Trypanosomaning rivojlanish sikli. 


1-tripanosomaning turli xil shakldagi ko’rinishlari; 2-tripanosomani yuqtiruvchisi-
tse-tse pashshasi; 3-tripanosomaning umurtqali ho’jayinlari (odam va antilopalar). 
Tse-tse pashshasi antilopalarning qonini so’rganda parazit pashshaga yuqadi. 
Pashshalar ichagida tripanosoma boyiga bo’linib ko’payadi. Keyinchalik ular 
pashshaning so’lagiga va undan (suyuqlik bilan) xartumiga o’tadi. 
Pashsha odam yoki hayvonlarni chaqqanda tripanosoma qonga o’tadi va jinssiz 
ko’payishini davom ettiradi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbai, tse-tse 
pashshasi esa kasallik qo’zg’atuvchisining tarqatuvchisi hisoblanadi.
Leyshmaniyalar tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko’ra tripanosomalarga 
o’xshaydi. Leyshmaniyalar hujayrasining uzunligi 4-7 mkm bo’lib, odam va turli 
hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi (8-rasm).
Leyshmaniyaning ikki xil shakli bo’ladi: xivchinli va xivchinsiz. 
Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi. Shulardan tropik 
leyshmaniya turi odamning yuz, qo’l va oyoqlar terisida parazitlik qilib pendinka, 
ya'ni pashshaxo’rda kasalligini keltirib chiqaradi. 
Tabiatda parazit kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va itlarda 
parazitlik qiladi. qon so’ruvchi iskabtoparlar hayvonlar qonini so’rganda 
leyshmaniyani o’ziga yuqtiradi. Iskabtopar pashshasi ichagida leyshmaniyaning 
bo’linish orqali tezlikda ko’payishi natijasida xivchinli individlar hosil bo’ladi. 
Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi. 
8-rasm. Leyshmaniya-Leishmania tropica ning rivojlanish sikli. 
1-leyshmaniyaning xivchinsiz yumaloq shakli; 2-leyshmaniyaning xivchinli 
duksimon shakli; 3-iskabtopar; 4-odam va qum sichqoni. 
Bundan tashhari patogen xivchinlilarning lyambliya va trixomonada kabi turlari 
ham odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. 

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling