4. KOLLOIDLARNING QAYTA ZARYADLANISHI
Kolloid eritmalarning elektrolitlar ta‘siridan koagulyatsiyalanishini o’rganish natijasida kolloidlarning qayta zaryadlanishi deb atalgan hodisa ro’y beradi. Bu hodisani platina zolining temir(III)-xlorid ta‘siridan koagulyatsiyalanishi misolida ko’rib chiqamiz.
Platina gidrozoli manfiy zaryadli, uning tuzilishi quyidagicha tasvirlanadi:
{(mPt) 3nOH-, 3(n-x) H+}-, 3xH+
Ana shu zolga temir (III) - xlorid eritmasidan qo’shib boriladi. Agar qo’shilgan elektrolitning kondentratsiyasi 0,0833 mmol/l dan kam bulsa, zolda koagulyatsiya bo’lmaydi, u manfiy zaryadligicha qoladi bir litr eritmada necha millimol FeCl3 borligini ko’rsatadi). Agar qo’ushilgan elektrolitning kontsentratsiyasi ga yetsa va bundan bir necha marta oshiq bo’lsa (masalan, 0,2222 mmol/l bo’lsa), platina zoli batamom koagulyatsiyalanadi.
Agar qo’shilgan elektrolitning kontsentratsiyasi undan ham oshiq masalan, 0,3333 mmol/l va 6,667 mol/l bo’lsa, zolda voagulitsiya tamomila sodir bo’lmaydi. Bunda zol musbat zaryadli bo’llb qoladi, chunki koagulyatsiya chegarasidan ortiq miqdorda qo’shilgan musbat zaryadli Fe3+ ionlari kolloid zarracha sirtida adsorbilanadi.
Temir ionlari uch valentli bo’lganligi uchup adsorbtsiya juda tez sodir- bo’ladi. Natijada platina zolinng zarrachalari musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Endi zol zarrachasiniyag tuzilishini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
{(mPt), nFe(OH)3, gFe3+}+
bu yerda m, n va g ma‘lum sonlar. Agar qo’shilgan FeCl3 ning kontsentratsiyasi 16,3300 mmol/l ga yetsa, zol ana koagulyatsiyalanadi va elektr maydonining hech qaysi qutbiga tomon harakat qilmaydi: endi koagulyatsiya manfiy zaryadli Cl- ionlar tasiridan vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |