Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy


DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI


Download 290 Kb.
bet45/50
Sana09.01.2022
Hajmi290 Kb.
#265009
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy

4. DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI.

Dispers sistemalarning barqarorligini oshirish muammosini hal qilishda P.A.Rebinderning strukturalar hosil bo’lish va sirt-aktiv moddalarning ta‘sir etishiga oid ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Agar kolloid sistemaga oz miqdor sirt-aktiv modda qo’shilsa, sirt-aktiv modda ikki xil ta‘sir etashi mumkin; ko’p hollarda dispers fazada peptizatsiya ro’y beradi, ya‘ni koagulyatsiyaviy struktura hosil bo’lishida ishtirok ztadigan mayda zarrachalar soni sust va koagulyatsiya pasayadi. Sistemaning mexanikaviy mustahkamligi Pm sirt-aktiv qo’shimcha kontsentratsiyasi S ning ortishi ortishi bilan ortadi. Ba‘zi hollarda, masalak, kristallanish jarayonida sirt-aktiv modda qo’shilsa, uning molekulalari yayagi hosil bulayotgan faza kurtaklarida adsorbtsiyalanib, kristallar shaklini o’zgartiradi, natijada kristallning o’sishi sekinlashadi. Shu bilan sestomaning disperslik darajasi ortib, hosil bo’ladigan kristall strukturaning mustahkamligi kuchayadi.

Lekan sirt-aktiv modda ko’p miqdorda qo’shilsa, zarrachalar sirtidagi adsorbtsiyaviy qavatlar batamom to’yinib ketadi. Natijada sistemaning mustahkamligi pasayadi. Bu yerda boradigan ikki qarama-qarshi jarayoning yig’indi effekti 3-chiziq bilan tasvirlangan. Bu chiziqdan ko’rinadiki, sirt-aktiv modda ma‘lum kontsentratsiyada qo’shilganida sistema maksimal mustahkamlikka ega bo’ladi. Bu xulosa nihoyatda katta amaliy ahamiyatga sazavor bo’ldi. Masalan, qovushoq qurilish materiallari (tsement, ohak va gips) turli sirt-aktiv qo’shimcha (plastifikator-kaltsiy lmgnosulfat, olein kislota va hokazolar) qo’shilganida o’zining barqarorligini oshi­radi.


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling