Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy


Download 290 Kb.
bet46/50
Sana09.01.2022
Hajmi290 Kb.
#265009
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy

5. KOATSERVATSIYA HODISASI.

Ba‘zida YuMB eritmalarining harorati va rN qiymati o’zgartirilganda yoki unga quyi molekulyar modda qo’shilganda koatservatsiya hodisasi ro’y beradi. Bunda bir-biridan izolyatsiyalangan makroskopik tomchilar zoldan ajraladi. Har bir tomchi, o’z navbatida, ultramikroskop tomchilar majmuidan tashkil toptan bo’ladi. Yirikroq tomchilar o’zaro birikib, oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan darajada yiriklashadi va jarayon sistemaning ikki qavatiga ajralishi bilan tugallanadi. Ko­atservatsiya jarayoni qaytardir. Ularning bu xususiyati elektrolit kontsentratsiyasining kamayishi, rN va haroratning o’zgarishi bilan yuz bera­di.

Koatservatsiya hodisasi qarama-qarshi zaryadli zollar, masalan, oqsil va letsitin, oqsil va nuklein kislotalar o’zaro aralashtirilganda sodir bo’lishi mumkin. Har xil zaryadli zollar aralashtirilgandagi koa­tservatsiya kompleks koatservatsiya deyiladi. Koatservatsiya biologik jarayonlarda - protoplazmada katta rol o’ynaydi. Olimlardan Oparin nazariyasiga ko’ra, dastlabki tirik organizmlarning paydo bulishida koa­tservatsiya muhim ahamiyatga ega bo’lgan.


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling