Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy


Download 290 Kb.
bet1/50
Sana09.01.2022
Hajmi290 Kb.
#265009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO KAFEDRASI

KOLLOID KIMYo

fanidan
Ma‘ruzalar matni


Tuzuvchi: dots. E.SH.Yoqubov


Qarshi – 2007

KOLLOID SISTEMALAR VA SIRT HODISALAR HAQIDA

TUSHUNCHA.

Ma‘ruza rejasi


1. Kolloid kimyo predmeti.

2. Kolloid sistemalar ahamiyati.

3. Kolloid kimyo taraqqiyotining qisqacha tarixi.

4. Diopers sistemalar va ularnnng turlari.

5. Disperslik o’lchovi.

6. Diolerslik darajasining diopers sistema hossalariga ta‘siri.

7. Sirt yuza erkin energiyasi.
1. KOLLOID KIMYO PREDMETI.

Kolloid kimyo bir vaqtlar fizikaviy kimyoning bir bo’lagi bo’lgan bo’lib, keyingi vaqtlarda texnikaning har xil sohalarida kolloid sisstemalar va kolloid-kimyoviy jarayonlar katta ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun ham, xalq xo’jaliginnng rivojlanishiga katta hissa qo’shib, mustaqil fan bo’lib chiqdi. Kolloid kimyo ikki yoki ko’p fazali sistemalarni o’rganadi. Shuning uchun ham kolloid kimyoga quyidagicha ta‘rif berilgan. Kolloid kimyo - bu yuqori molekulyar birikmalar va geterogen yuqori dispersli sistemalarning fizikaviy kimyosidir.

Dispers sistema deb, katta yoki kichik o’lchamda maydalangan moddalardan tarkiblangan sistemani boshqa moddada tarqalganiga aytiladi. Maydalangan modda dispers faza deyiladi. Dispers faza tarqalgan ikkinchi moddaga dispers muhit deyiladi. Masalan, dispers sistema hisoblanadigan tumanda mayda suv tomchilari dispers faza bo’lib, havo esa dispers muhitdir, «Disperslash» so’zi - maydalash, kukunlash, ezib tarqatish degan ma‘noni bildiradi. Kolloid sistemalarda dispers faza alohida molekulalardan emas, balki molekulalar to’plami /agregati/ dan iboratdir.


Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling