116
Janubiy va kartvel tillari guruhiga gruzin,zan vasvan tillari kiradi.Gruzin tili
qadimiy yozuviga ega.
Turkiy tillar oilasi
Turkiy tillar oilasi to‘g‘risida har xil fikrlar mavjud. D.Polivanov, G.Ramstedt
turkiy tillarni kattta Oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblab, bu oilaga tungus-
monchjur, mug‘ul,kores,va yapon tillarini ham kiritishadi.O.Betling, G.Binkler urol-
oltoy tillari oylasini ajratib unga fin-ugor tillarini ham kiritishadi.
Turkiyshunoslarning
fikricha turkiy,mug‘ul, tungus-manchjur tillari orasidagi
genetik qarindoshlik uzil-kesil tasdiqlanmagan.Ularni birlashtirishi mumkin bo‘lgan
narsa-tipologik o‘xshashlik bo‘lib, bu tillar agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Lekin
bu qarindosh degan ma‘noni anglatmaydi. Shuning uchun ham ko‘p
adabiyotlarda
turkiy tillar alohida oila sifatida ajratiladi.
Turkiy tillar oilasiga kiruvchi guruhlar va tillar.
AG‘arbiy xun tarmog‘i
1. Bulg‘or guruhi chuvash tili
2. O‘g‘uz guruhi bir nechta kichik bo‘limlardan tashkil topgan:
a) o‘g‘uz-turkman: turkman va truxman tillari:
b) o‘g‘uz-bulg‘or: gagauz va balqon turklari tillari:
v) o‘g‘uz-saljuq: ozarbayjon,turk,qrim-tatartilining janubiy qirg‘oq
shevasi va urum
tili:
3. Qipchoq guruhi ham bir necha kichik bo‘limlardan tashkil topgan
a) qipchoq-polovetsk bo‘limi:qaray, qo‘miq,qorachoy-balqar,qrim-tatar tillari;
b) qipchoq-bulg‘or bo‘limi: tatar va boshqirt tillari
v) qipchoq-no‘g‘ay bo‘limi: no‘g‘ay,
qoraqalpoq, qozoq, o‘zbek tilining qipchoq
shevasi.
4. Qarluq guruhi: o‘zbek va yangi uyg‘ur tillari.
B. Sharqiy xun tormog‘i.
1.Uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi:
a) Uyg‘ur-tukuy bo‘limi: tuva va
tofa tillari;
b) yoqut bo‘limi: yoqut tili;
v) hakas bo‘limi: xalas, shor, cho‘lim tatar, qamashi, oltoy tilining shimoliy shevasi,
sariq-uyg‘ur tillari.
2.Qirg‘iz-qipchoq guruhi: qirg‘iz vaoltoy tillari.
Savollar
1. Lingvistik tasnif tarifi
2. Hind-Yevropa tillar oilasi
117
3. Tilshunoslikda
arial tasnif
4. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillar
5. ―Grimm qonuni‖ tarifi
Do'stlaringiz bilan baham: