Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi


MATN LINGVISTIKASI FANIDAN YAN SAVOLLARI VA TOPSHIRIQLARI


Download 0.52 Mb.
bet52/69
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1382587
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
matnshunoslik

3. MATN LINGVISTIKASI FANIDAN YAN SAVOLLARI VA TOPSHIRIQLARI

1. Matn sо‘ziga «О‘zbek tilining izohli lug‘ati»da qanday ta’rif berilgan?


2. I.R.Galperin tavsiya etgan matnning sakkiz kategoriyasi haqida ma’lumot bering.
3. Nutqning yozma va og‘zaki shakllari haqida ma’lumot bering.
4. Kontekst deb nimaga aytiladi?
5. Matn deb nimaga aytiladi? Matn lingvistikasi fanining maqsadi, vazifasi, obyekti va predmeti nimalardan iborat?
6. Qaysi vaqtdan boshlab matn lingvistikasi alohida fan sifatida о‘rganila boshlandi?

  1. Rus tilshunosligida matn tadqiqi yuzasidan qanday tadqiqotlar yaratildi?

  2. Turkologiyada matn tadqiqi bо‘yicha qanday asarlar yuzaga kelgan?

  3. О‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasiga oid qanday asarlar yaratilgan?

  4. О‘zbek tilshunosligida ilmiy matnni о‘rgangan olim kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan?

  5. О‘zbek tilshunosligida badiiy matnni о‘rgangan olim kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan?

  6. О‘zbek tilshunosligida matnning kommuniktiv-pragmatik xususiyatlarini о‘rgangan olima kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan?

  7. Matnlarni psixolingvistik jihatdan о‘rgangan olima kim va u qanday g‘oyalarni ilgari surgan?

  8. О‘zbek tilida parsellyatsiya hodisasi kim tomonidan о‘rganilgan?

  9. L.M.Losevaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  10. I.R.Galperinning matnga bergan ta’rifi qanday?

  11. Z.Y.Turayevaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  12. M.Hakimovning matnga bergan ta’rifi qanday?

  13. R.A.Karimovaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  14. O.V.Dolgovaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  15. Diskurs termini nimani anglatadi?

  16. O.L.Kamenskayaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  17. Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konsepsiyasiga kо‘ra matn nima?

  18. О‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlarning matnga bergan ta’rifi qanday?

  19. M.Yо‘ldoshevning matnga bergan ta’rifi qanday?

  20. I.R.Galperinning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bо‘la oladi?

  21. A.Mamajonovning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bо‘la oladi?

  22. M.Abdupattoyevning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bо‘la oladi?

  23. M.Y.Bloxning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bо‘la oladi?

  24. O.I.Moskalskayaning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bо‘la oladi?

  25. Nemis tilshunosi L.G.Fridmanning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bо‘la oladi?

  26. Ingliz tilshunosi I.V.Arnoldning fikricha, qaysi birliklar matnning birligi bо‘la oladi?

  27. Abzats matnning birligi bо‘la oladimi?

34. Qaysi birliklarni matnning asosiy birliklari deb hisoblash maqsadga muvofiq?
35. Matn hajm va mazmun belgisiga kо‘ra qanday tiplarga bо‘linadi?
36. Hajm belgisiga kо‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
37. Mazmuniy о‘q tushunchasini izohlang.
38. Motivatsion yaxlitlik va kompozitsion butunlik tushunchalarini izohlang.
39. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
40. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural kо‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
41. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
42. Ifoda maqsadiga kо‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
43. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.
44. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?
45. Parsellyatsiya nima?
46. Parsellyatsiyaning dunyo tilshunosligida о‘rganilishi haqida ma’lumot bering.
47. Parsellyatsiya va ilova konstruksiyalar о‘rtasidagi farqni izohlang.
48. Parsellyatsiya va segmentatsiya о‘rtasidagi farqni izohlang.
49. Parsellyatsiya va parantezalar о‘rtasidagi farqni izohlang.
50. Parsellyatsiya va ajratilgan bо‘lak о‘rtasidagi farqni izohlang.
51. Matn komponentlari о‘rtasidagi sintaktik aloqa haqida ma’lumot bering.
52. Mazmuniy yaqinlik va mazmun izchilligi tushunchalarini izohlang.
53. Kontakt va distant aloqa deganda nimani tushunasiz?
54. Matn qismlari qanday vositalar yordamida bog‘lanadi?
55. Murojaat birliklarining matnni shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot bering.
56. Matnni о‘rganishdagi lingvostatistik metodga izoh bering.
57. Lingvostatistik metodlarning dunyo tilshunosligida qо‘llanilishi haqida ma’lumot bering.
58. О‘zbekistonda lingvostatistik metodlarning qо‘llanilishi haqida ma’lumot bering.
59. Matnni о‘rganishdagi lingvostatistik metod vositasida qanday chastotali lug‘atlar tuzilgan?
60. О‘zbek tilshunosligida asosan qanday matnlar lingvostatistik metodlar orqali tekshirilgan?
61. Kognitiv lingvistikaning obyekti nima?
62. Kognitiv lingvistikaning predmeti nima?
63. Kognitiv lingvistikaning qanday yо‘nalishlari bor?
64. Konsept nima?
66. Konseptosfera nima?
67. Matnning yaratilishi va qabul qilinishi bosqichlarida voqelikda sodir bо‘layotgan hodisa kognitiv obrazining tasavvur qilinishida qanday ahamiyatga ega?
68. «Kognitiv muqobillik» tamoyili qanday tamoyil?
69. Konseptuallashuv jarayoni matn yaratilishi uchun qanday ahamiyatga ega?
70. Konseptlarning lisoniy voqelanish rejasini amalga oshirishga mо‘ljallagan “botiniy nutq”ni ta’riflang.
71. Matn kommunikativ-axborot tuzilishining nechta bosqichli hodisasi sifatida qaraladi?
72. Matnning tema-rema qurilishi nechanchi bosqich?
73. Uning ikkinchi bosqichi qanday bosqich?
74. Kommunikativ reja nima va u qanday tuziladi?
75. “Mavzu referent vaziyatining - poydevori, shu poydevor asosida mazmun shakllana boshlaydi” fikrini izohlang.
76. Matn mazmunida qanday qatlamlar ajratiladi?
77. Propozitsiya matnda qanday ahamiyat kasb etadi?
78. “Matn mazmunining shakllanishi uni yaratuvchi shaxsning kognitiv va kommunikativ qobiliyati bilan bog‘liq” fikrini izohlang.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling