Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet1/69
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1382587
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
matnshunoslik


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
LINGVISTIKA KAFEDRASI

MATN LINGVISTIKASI
FANIDAN О‘QUV – USLUBIY MAJMUA
I-KURS



Bilim sohasi:

200000 –

San’at va gumanitar fanlar










Ta’lim sohasi:

230000 –

Tillar

Mutaxassislik:

70230101

Lingvistika (ingliz tili)
































QARSHI -2023
Ushbu О‘quv uslubiy majmua О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil “14” sentabrdagi “MD- 5F 120102-2.02”-sonlari bilan fan dasturi rо‘yxatga olingan va fan dasturi О‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ilmiy Kengashining 202 yil “____” ____da tasdiqlangan “Matn lingvistikasi” fanining о‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: f.f.d. Z.Yaxshiyeva


Taqrizchi: ________________

Fanning ishchi о‘quv dasturi “Lingvistika” kafedrasining 202 yil _________ yig‘ilishida kо‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan




Kafedra mudiri: kat. о‘qit. M. Omonova

Fanning ishchi о‘quv dasturi Xorijiy tillar fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan kо‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan.


UK raisi : K. Markayev
Fanning ishchi о‘quv dasturi Xorijiy tillar fakulteti ilmiy kengashining __________________ 1 sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.


Fakultet dekani: f.f.f.d. B.Rizayev

Kelishildi”


О‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i: Z. Fayziyev
MUNDARIJA

  1. Ma’ruza matni.....................................................

  2. Amaliy (seminar) mashg‘ulotlar..........................

  3. Mustaqil ta’lim .............................................

  4. Glossariy............................................................

  5. Ilovalar..............................................................


1-ma’ruza


MATN LINGVISTIKASI FANIGA KIRISH


Reja:
1.ML tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.


2.ML fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi.
3.Matn ta’rifi va tushunchasi.
4.ML fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.
5.ML fanini о‘qitish jarayonini tashkil etish va о‘tkazish
bо‘yicha tavsiyalar.

Tilshunoslik fani bugungi kunga qadar ulkan yutuqlarni qо‘lga kiritdi. Bu holat tilning fonologik, morfologik, sintaktik sathlarining har biri bilan bog‘liq muammolar talqinida yaqqol kо‘zga tashlanadi. Lekin jahon tilshunosligida matn va uning lisoniy tabiatini о‘rganish borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar keyingi о‘ttiz-qirq yil davomida kun tartibiga qо‘yila boshladi. Bu narsa alohida olingan rus, ukrain, fransuz, nemis, ingliz tilshunosligi kabi bir necha xususiy tilshunosliklar uchungina emas, balki umumnazariy tilshunoslik uchun ham xarakterlidir.


Matnni lingvistik jihatdan tahlil qilishni nimadan boshlamoq kerak va bunda qanday masalalarga asosiy e’tibor qaratilishi lozim, degan savollarga ham hozirgi vaqtda tilshunoslarning berayotgan javoblari bir-biriga unchalik muvofiq kelmaydi. Masalan, matnning nutq kategoriyasi ekanligini dalillovchi olimlar uning belgilik tabiati nimalardan iborat, matnni nutqiy jarayon deb atash lozimmi yoki uni nutqiy jarayonning natijasi sifatida talqin etish kerakmi, matnni og‘zaki nutq bilan yoki yozma nutq bilan bog‘lab о‘rganish tо‘g‘ri bо‘ladimi, degan muammolarni kun tartibiga qо‘ymoqdalar.
Matnning nutq kategoriyasi ekanligi masalasi bevosita “nutqiy jarayonning о‘zi” va “nutqiy faoliyat natijasi” tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir. Chex olimi K.Gauzenblaz matnni ham nutqiy faoliyat maxsuli sifatida, ham nutqiy faoliyat natijasi tarzida ham talqin etadi. Bunda yozma nutq nutqiy faoliyat mahsuli sifatida, og‘zaki nutq (shu jumladan uning magnit tasmasidagi ifodasi ham) nutqiy jarayon deb talqin qilinadi1.
Rus tilshunosi I.R.Galperinning talqiniga kо‘ra, matn har tomonlama mukammal holatga keltirilgan yozma nutq mahsulidir. Og‘zaki nutq esa turli qaytariqlarni, uzuq-yuluq gaplarni ham о‘z ichiga oladi va shuning uchun uni tekshirish ob’ekti bо‘la oladigan matn deb e’tirof etish unchalik maqsadga muvofiq emas2.
Matn tahlilini sintaksisda yoki stilistikada о‘rganish lozimmi, yoxud buning uchun “matn tilshunosligi” deb ataluvchi yangi sohani ilmiy asoslash kerakmi, degan savollar ham fanda о‘z echimini kutmoqda. Darhaqiqat, matn lingvistikasi masalasi talqin etila boshlaganiga hali kо‘p vaqt bо‘lgani yо‘q. Nemis olimi R.Harvegning ta’kidlashiga kо‘ra, matn tilshunosligining tо‘liq asoslanishi uchun hali kamida yuz yil kerak3.
Tilshunoslikning gap sintaksisi sohasi о‘tgan asrning 60-yillariga qadar lingvistik tahlilning eng yuqori pog‘onasi, deb hisoblanar edi. Bu о‘rinda polyak olimi M.R.Mayenovaning quyidagi fikrini keltirish ham mumkin: “Yaqin vaqtlarga qadar lingvistik kuzatuvlar gap shakli nihoyasiga etgan erda tugatilar, kо‘plab gaplarni о‘z ichiga oladigan matn esa mazkur ilmiy izlanishlar doirasidan chetda qolar edi”4.
Ma’lumki, gap tilning eng yuqori pog‘onasini tashkil etuvchi birlik sanaladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, nutqiy jarayonda gap tilning kichik birliklari jumlasiga kiradi. Shunga kо‘ra gapni matnning qurilish materiali tarzida talqin etish, matnni shakllantiruvchi asosiy til birligi deb hisoblash maqsadga muvofiq, deb о‘ylaymiz. Nemis tilshunosi M.Pfyutse ta’kidlaganidek, har qanday matn biror maqsad ifodasi uchun о‘zaro munosabatga kirishayotgan fraza (gap)larning mazmuniga kо‘ra birikishidan tashkil topadi5.
Lekin gap matnning qurilish materiali tarzida yuiorida singari talqin etilganda mustaqil sо‘z va sо‘z birikmasining matn tarzida maxsus qо‘llanishi e’tiborga olinmay qoladi. Aslida esa yakka, alohida olingan gap bog‘lanishli nutq materiali sifatida matn tarkibida sо‘z va sо‘z birikmalarining о‘zaro munosabati asosida reallashadi. M.Pfyutsening biz yuqorida keltirgan mulohazalarida ham asosiy diqqat masalaning ana shu tomoniga qaratilganligi ayon bо‘ladi.
Taniqli fransuz tilshunosi R.Bart matnni quyidagicha tushunadi: “Ichki bog‘lanishli bо‘lgan, muloqot maqsadida mazmunan о‘zaro birikkan gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasini matn deb atash maqsadga muvofiq”6.
Umuman, R.Bartning “Matn lingvistikasi” nomli tadqiqoti (1970)da matnning bir necha komponentli turi haqida ma’lumot beriladi. Bu о‘rinda ham olimning asosiy e’tibori kichik, bir gapdan iborat matnga emas, balki “о‘zaro birikkan bir necha gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasi” - katta matnga qaratilganligi ayon bо‘ladi. Bunday holat boshqa taniqli tilshunoslar ilmiy faoliyatida ham kuzatiladi. Masalan, polyak tilshunosi A.Boguslavskiy matnni bir necha gapdan tashkil topgan nutqiy material tarzida izohlaydi. Bunda u asosiy e’tiborni muallif nima haqda gapirayotgani va uning mazmuniga emas, balki “о‘zaro birikkan bir necha gaplardan iborat” matn qanday komponentlardan tuzilganligini aniqlashga qaratadi.
Amsterdam universitetining professori T.van Deyk matn va uning о‘ziga xos tabiatini pragmatika bilan bog‘lab о‘rganadi. Uning tadqiqotlarida asosiy e’tibor matnning kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini tadqiq etishga qaratilgan edi7. T.van Deyk matnning grammatik jihatlarini dastlab logik va analitik falsafa qoidalari bilan bog‘lab о‘rganishga harakat qilgan edi, keyinchalik u matn semantikasi masalalari bilan jiddiy shug‘ullana boshladi.
T.van Deykning matn semantikasiga jiddiy e’tibor bilan qarashiga Kaliforniya universiteti professorlari Lakoff hamda Filmorlarning ta’siri katta bо‘lgan. T.van Deyk о‘z tadqiqotlari davomida matn faqat gaplarning о‘zaro bog‘lanishidan emas, balki nutqiy aktlarning ham о‘zaro munosabatidan tashkil topadi, degan haqqoniy xulosaga keladi.
Matn va uning lingvistik tabiati haqida chex tilshunosi Kveta Kojevnekovaning mulohazalari ham diqqatga sazovordir. Bu olimaning tadqiqotlarida asosiy e’tibor matnning bog‘lanishli nutq mahsuli ekanligi, bog‘lanishli nutqning tarkibiy qismlari va ularning о‘zaro munosabatini о‘rganishga qaratilgan edi.
Shunisi e’tiborliki, K.Kojevnikova matn haqida mulohaza yuritganida, uning mazmuniy jihatdan tugallangan bо‘lishini alohida ta’kidlab kо‘rsatadi. Olimaning matn komponentlari о‘zaro ma’no jihatidan ham, grammatik jihatdan ham bog‘lanishli bо‘lishi haqidagi fikri e’tiborga molikdir, chunki kо‘pchilik tilshunoslar matn komponentlarining faqat mazmuniy jihatdan bog‘lanishli bо‘lishini ta’kidlaydilar va matnning leksik-grammatik vositalar orqali bog‘lanishini biroz nazardan chetda qoldiradilar.
K.Kojevnikova о‘z ishlarida matnni tilning mazmuniy jihatdan tugallangan eng yuqori ideal kommunikativ birligi sifatida tushunadi. Bu о‘rinda matnning gap, murakkab sintaktik qurilma, abzats, bob singari til birliklari munosabatidan tashkil topgan nutq yoki til birligi tarzida izohlash maqsadga unchalik nomuvofiq ekanligi kо‘zga tashlanadi. Buning sababi shundaki, ba’zi tilshunoslar, masalan, taniqli rus psixolingvisti A.A.Leontevning fikricha, “matn funksional jihatdan tugallangan nutq birligi” sanaladi8.
Matnni nutq birligi deb tushunish xato emas, chunki matnni kommunikativ birlik deganda, biz muloqot birligini tushunamiz, har vanday muloqot esa, о‘z navbatida, nutq jarayonida shakllanadi.
Chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini semantik va pragmatik komponent tushunchalari bilan bog‘lab olib boradi. Bunda u semantik komponent birinchi galda matn materialini uyushtiruvchi ma’no bazasi hamda uning voqelanishini ta’minlovchi vositalardan iborat, deb hisoblaydi. Olim matnning semantik komponenti jumlasiga sо‘zlovchini, ya’ni inson omilini ham kiritadi. Matnning pragmatik komponenti deyilganda esa, ma’no ifodasi sistemasida muhim ahamiyat kasb etuvchi turli xil munosabatlar inobatga olinadi. Masalan, bu jihatdan о‘zbek tilidagi men, sen, u, biz, siz, ular kabi kishilik olmoshlarini matnning pragmatik vositalari jumlasiga kiritish mumkin. Kо‘rsatish va sо‘roq olmoshlari esa, kishilik olmoshlaridan farqli ravishda, semantik vositalar, yoxud matnning semantik komponentlari sirasiga kiradi. Chunki ular shaxs (aktant)lar о‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Kishilik olmoshlari esa matn tarkibida bajaruvchi shaxs (aktant) vazifasida keladi.
Bundan tashqari, matn tarkibidagi makon va zamon tushunchasini ifodalovchi birliklarni ham о‘sha matnning pragmatik, yoxud semantik komponenti jumlasiga kiritish mumkin. Masalan, oldin, avval, keyin, sо‘ng kabi yо‘galish yoki tomonni sо‘zlar sо‘zlovchining payt, zamon kordinatlari bilan bog‘liq bо‘lgani uchun matnning semantik komponentlari sanalsa, u erda, shu erda, u yoqqa kabi makon ma’nosi bilan bog‘liq sо‘zlar matnning pragmatik komponentlardir.
Y.Korjenskiy о‘z tadqiqotlarida pragmatik komponent semantik va matn komponentlari oralig‘ida voqelanishini ta’kidlaydi. Bunda matn komponenti maqomida tilning tovushlar sistemasi real qо‘llanilishi mumkin hamda ular grafik belgilar uchun makon bо‘lib xizmat qiladi. Umuman, Y.Korjenskiy talqiniga kо‘ra, jumla (gap) matn komponenti sanaluvchi asosiy vosita sanaladi9.
Bizningcha, Yan Korjenskiy semantik hamda pragmatik komponent tushunchalarini kо‘p о‘rinlarda qorishtirib yuborgan kо‘rinadi va natijada tadqiqotchi ma’lum bir tushunchani semantik yoki pragmatik komponentlarning qaysi biri tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bо‘lishini aniqlashda qiynaladi. Masalan, nutq jarayonida ishtirok etuvchi sо‘zlovchi hamda tinglovchi shaxsni bemalol va qat’iy ravishda pragmatik komponentlar sirasiga kiritish mumkin. Biroq Yan Korjenskiy nutq jarayonidagi inson (shaxs) omilini semantik komponent jumlasiga kiritish kerakligini ta’kidlaydi. Umuman olganda, matnning mazmuniy salmog‘i butunligi va tugal holatda ekanligi ta’kidlanar ekan, о‘sha matnning semantik komponenti deyilganda uning aniq chegarasini belgilab olish maqsadga muvofiq bо‘lardi.
Bundan tashqari, matn tarkibida mavjud bо‘lgan morfologik vositalarning birini matn komponenti deb, ikkinchisini esa semantik komponent deb ajratib о‘rganish ham о‘zini unchalik oqlamaydi. Zotan, ularning barchasi ham matn komponentlaridir. Matn komponentlarining semantik yoki sintaktik jihatlari haqida sо‘z yuritilganda, ularning har birini yo semantik, yoxud sintaktik rejaga kо‘ra о‘rganish о‘z-о‘zidan talab qilinadi.
Nemis tilshunosi K.E.Xaydolfning matn xususidagi fikri ham о‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. U matnni kommunikativ jarayonda gaplarning ma’lum xabar ifodasini berish uchun о‘zaro bog‘lanishi tarzida tushunadi. Olimning fikricha, matn tarkibida gaplarning tartib bilan о‘zaro bog‘lanib kelishida quyidagilar e’tiborga olinmog‘i darkor: a) fikr butunligi; b) leksik butunlik; v) kommunikativ butunlik; g) zamon va nuqtai nazar butunliklari10.
Bu о‘rinda, K.E.Xaydolf mulohazalariga qо‘shilish mumkin, chunki matnning yaxlit kommunikativ butunligini ta’minlash uchun tugal fikr ifodasining bо‘lishi, gaplarning о‘zaro munosabatini semantik va sintaktik jihatlardan tashkil eta oladigan leksik vositalarning, fikr ifodasining zamon nuqtai nazaridan bekamu kо‘stligi ta’minlangan bо‘lishi eng asosiy shartlardan biri sanaladi.
Keyingi о‘ttiz-qirq yil davomida rus tilshunosligida ham matn lingvistikasi bо‘yicha bir qator salmoqli tadqiqot ishlari bajarildi. Mazkur mavzuda A.A.Leontev, Y.V.Rojdestvenskiy, G.A.Zolotova, M.V.Lyapon, M.A.Leonenko, R.A.Budagov, YE.A.Referovskaya, G.Y.Solganik va boshqa tilshunoslarning ishlari e’lon qilingan. Quyida ana shunday ishlarning ayrimlari haqida qisqacha tо‘xtalib о‘tmoqchimiz.
1974 yilda M.Torez nomidagi Moskva davlat chet tillar pedagogika institutida “Matn lingvistikasi” mavzuida yirik ilmiy anjuman о‘tkazildi va uning materiallari ikki qismda nashr etildi11. Bu materiallar о‘z navbatida matn tilshunosligi muammolarining yanada kengroq tadqiq etilishi uchun mustahkam zamin hozirladi.
YE.A.Referovskayaning fikriga kо‘ra, hozirgi paytgacha matn strukturasi masalalari tilshunoslikda murakkab sintaktik qurilma materiali sifatida о‘rganib kelindi. Buning sababini murakkab sintaktik qurilma bir necha gapdan tashkil topib, о‘zi yakka holda mustaqil matn maqomida ham kelishi mumkinligi bilan izohlasa bо‘ladi. Hozirgi davrga qadar matn lingvistikasi bо‘yicha, asosan, masalaning umumiy jihatlari, tadqiqot metodlari haqida bildirilayotgan fikr va mulohazalar ham murakkab sintaktik qurilma materiallariga asoslanmoqda. Matn tilshunosligining boshqa masalalari tadqiqi, olimaning ta’kidlashicha, hali о‘z echimini kutmoqda12. Keyinchalik YE.A.Referovskaya matnning kommunikativ strukturasini leksik-grammatik aspektda tadqiq etib, monografiya e’lon qildi. Bu ishning dastlabki bobi matnning lisoniy strukturasi, murakkab sintaktik qurilmaning matn va abzats bilan munosabati masalalarini о‘rganishga bag‘ishlangan edi13.
Yana bir rus olimi M.V.Lyapon ham matn tilshunosligi muammolarini murakkab sintaktik qurilmalar asosida talqin etishga intiladi. Uning fikricha, matn tavsifi quyidagi tо‘rt tamoyilga asoslanishi mumkin:
1. Matn – bu jumlalarning о‘zaro munosabatidan kelib chiquvchi xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini о‘rganishda birdan-bir manba bо‘lib xizmat qiladi.
2. Matn – bu sо‘zlovchining nutqiy qobiliyatini rо‘yobga chiqaruvchi vositadir. Bu jarayonda matn tilning nutqda real qо‘llanilishini ta’minlovchi makon vazifasini ham bajarib keladi.
3. Matn – bu sо‘zlovchining faol nutqiy faoliyati mahsulidir.
4. Matn – bu til sistemasining kommunikativ jarayonda muhim funksiya bajaruvchi eng yuqori pog‘onasidir.
M.V.Lyapon matnning shakllanishida inson omili eng muhim faktorlardan biri ekanligini, inson matn shakllanishi uchun jonli manba bо‘lib xizmat qilishini ham tо‘g‘ri ta’kidlaydi. “Inson omili, - deydi u, - hozirgi zamon tilshunosligining diqqat markazida bо‘lib, “pragmatika – semantika – sintaktika” dasturining hayotga tadbiq etilishida muhim mavqega egadir”14.
V.G.Gak talqiniga kо‘ra, matn tahliliga “pragmatik nuqtai nazardan yondashish til birliklari talqini uchun an’anaviy tilshunoslikda e’tibordan chetda qolgan kо‘pgina istiqbolli yо‘llarni ochadi”15.
1978 yilda nashr etilgan “Chet el tilshunosligida yangiliklar” nomli ilmiy tо‘plamning USH-chiqishi matn lingvistikasi masalalariga bag‘ishlangan edi. Ana shu yirik tо‘plamga T.M.Nikolayeva matn lingvistikasining hozirgi holati va istiqbollari mavzuidagi katta kirish sо‘z yozgan16.Bu kirish sо‘zda matn lingvistikasining chet elda о‘rganilish darajasi ancha keng va chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, T.M.Nikolayeva “Lingvistik ensiklopedik lug‘at”da “Matn (tekst) lingvistikasi”, ”Tekst”, “Tekst nazariyasi” nomli ilmiy maqolalar bilan ishtirok etgan17.
G.Y.Solganik tadqiqotlarida hozirgi zamon tilshunosligida sintaksis sohasining asosiy vazifalari jumlasiga (sо‘z birikmalari va gapdan tashqari) mustaqil gaplarning о‘zaro semantik munosabati, prozaik strofalar strukturasi, bob va hatto butun bir asarda matn shakllanishini о‘rganish kabi masalalar ham kiritiladi. Shu bilan birga G.Y.Solganik sintaksisda bu ob’ektlarning barchasi grammatik jihatdan talqin etilib kelinayotgani qoniqarli emasligi, matn talqinida nafaqat sintaktik qoidalar, balki stilistik omillar ham e’tiborga olinishi lozimligini alohida ta’kidlaydi18. Shuningdek, V.V.Odinsovning monografiyasi ham matn stilistikasi masalalarini keng aspektda о‘rganishga bag‘ishlangan edi19.
Lekin ayrim tilshunos olimlar “matn lingvistikasi” atamasiga biroz shubha bilan munosabatda bо‘ldilar. Masalan, R.A.Budagovning fikricha, “matn lingvistikasi” rivojlanishi uchun quyidagi muammolarni hal qilishi lozim: 1) о‘z tekshirish obyekti – matn (tekst) mazmun-mohiyatini aniq belgilab olishi, uning doirasini nihoyatda kengaytirib yubormasligi; 2) “kichik til birliklari” (ayniqsa, sо‘z)ga nisbatan о‘z munosabatini qayta kо‘rib chiqishi; 3) boshqa fanlarning о‘zaro munosabati orqali aniqlanishi mumkin bо‘lgan umumfalsafiy muammolarni hal etishdek murakkab vazifalarni о‘z zimmasiga olmaslik; 4) tilshunoslikka yangidan kiritilayotgan terminlarga mas’uliyat bilan yondoshish, ularni turli ma’nolarda qо‘llamaslik, bunda polisemiyaga yо‘l qо‘ymaslik; 5) lisoniy kategoriyalarni nolisoniy kategoriyalardan aniq farqlash... “Tekst lingvistikasi”ning kelajagi ana shu singari muammolarning ilmiy jihatdan asosli hal qilinishiga bog‘liqdir20.
Umuman olganda, I.R.Galperin talqinidan kelib chiqib, matnga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “matn deb tugallangan, yozma kо‘rinishda voqelangan, sarlavha va turli leksik, grammatik, mantiqiy, uslubiy munosabatlar asosida bog‘langan gapdan yuqori birliklardan tarkib topgan hamda ma’lum bir muloqot maqsadi, pragmatik rejaga ega bо‘lgan nutqiy ijod mahsuliga aytiladi”21. Matn kamida ikkita asosiy funksiyani, ya’ni informatsiya yetkazish va saqlash hamda yangi ma’nolarni shakllantirish vazifasini bajaradi. Sо‘nggi yillarda olimlar (I.P.Smirnov, N.A.Fateyeva kabi) matnning uchini, ya’ni xotira funkuiyasini ham bajarishini e’tirof etmoqdalar. Shunga kо‘ra matn nafaqat yangi ma’nolarni ishlab chiqadigan, shakllantiradigan manba, madaniy xotiralar tо‘planadigan, saqlanadigan manba, degan xulosaga kelish mumkin.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling