Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
matnshunoslik
Matn birliklari
Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bо‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bо‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini belgilash u qadar ham qiyin ish emasdek tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda kо‘p va farqli qarashlar mavjud. Masalan, I.R.Galperin gapni matn birligi bо‘la olmasligini ta’kidlaydi. Uningcha, bir necha gapni о‘zida birlashtiradigan yirik butunlik - frazadan katta butunlik matnning birligi bо‘la oladi. Frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bо‘lgan gap bir paytning о‘zida matnning ham birligi bо‘la olmasligini aytadi. Kо‘pchilik tilshunoslar esa gapni matnning asosiy shakllantiruvchi unsuri ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning obyektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, tо‘g‘ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. Shunga kо‘ra gapning matn sistemasidagi о‘rnini, ayniqsa, uning matn hosil qilish imkoniyatini aslo inkor etib bо‘lmaydi. Lingvistik adabiyotlarda gap, murakkab sintaktik butunlik va abzas matn birligi sifatida talqin qilinadi. Gap va murakkab sintaktik butunlikni matnning asosiy birliklari deyish mumkin, lekin abzasni mazkur birliklar qatoriga kiritib bо‘lmaydi. Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos bо‘lgan hodisa. Tilshunos A.N.Gvozdev abzasni tinish belgilari qatoriga kiritadi. "Abzats yangi fikrlar qatorining kо‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Bir necha gap yoki hitto bir gapni alohida abzas sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday ajratish muallif tomonidan о‘z maqsadiga bog‘liq tarzda amalga oshiriladi”. Matn lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R.Galperin ham abzas xuddi tinish belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta’kidlab kо‘rsatish uchun xizmat qiladigan vosita, kompozitsion-grafik usul ekanligini asoslagan. Lekin abzaslar yozma nutq uchun, ayniqsa, badiiy matn uchun nihoyatda zarur vosita hisoblanadi. Abzaslar bir sо‘zdan, bir gapdan yoki bir necha gapdan tuzilishi mumkin. Abzasning tashkillanishini yozuvchilar о‘zlarining badiiy niyatiga kо‘ra mutlaqo ixtiyoriy tarzda belgilashadi. Bir necha gapdan iborat abzaslar, odatda, 3 bosqichdan iborat bо‘ladi: 1-bosqich xabarning boshlanishi (abzasda aytilmoqchi bо‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), 2-bosqich xabarning tо‘ldirilishi (dastlabki xabar tо‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi), 3-bosqich esa xabarning xulosalanishi (xabar yakunlanadi, natija aytiladi). Shuningdek, abzasdagi (oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi vositalar abzasni о‘zidan oldingi yoki keyingi abzasga bog‘laydi) ham о‘sha butunlikning ajralmas qismlaridan hisoblanadi. “Matn lingvistikasi" qо‘llanmasida abzasni tashkil etgan gaplar о‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Shuningdek, abzaslarning strukturasiga kо‘ra quyidagi kо‘rlnlshlari mavjudligi sanab о‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bо‘lgan abzaslar; 2) qо‘shma gapdan iborat bо‘ladigan abzaslar; 3) poriodik nutq formasidan iborat bо‘lgan abzaslar; 4) superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bо‘lgan abzaslar; 5) kо‘chirma-о‘zga gapli abzaslar. Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzaslarni ham kiritish mumkin. Yuqoridagi fikrlarga asoslanadigan bо‘lsak, gap va murakkab sintaktik butunlikni matn birliklari hisoblash mumkin. Abzas esa subyektiv hodisa, yozuvchilar mutlaqo erkin holda qо‘llashi mumkin bо‘lgan kompozitsion-grafik usuldir. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling