ML KURSI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
ML kursining asosiy maqsadi badiiy matndagi badiiy ma’no va badiiy mazmunni aniqiash asosida lingvopoetik butunlik sifatidagi matnni baholash usullarini о‘zlshtirishdan iborat. Badiiy matndagi poetik aktuallashuv fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning har birida о‘ziga xos tarzda kechadi. Badiiy matnning lisoniy-estetik butunlik sifatidagi tabiati ham shakliy, ham semantik mohiyatga ega bо‘lgan integrativ munosabatlarning mavjudligiga kо‘ra yuzaga keladi.
ML fanining maqsadi va vazifalari: Talabalarni matn va uning tiplari, birliklari; badiiy matn va uning mazmuniy turlari, badiiy matnda intertekstuallikning ifodalanishi, badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar, badiiy matnning fono-grafik (fonetik), leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari hamda lingvopoetik tahlil tamoyillari bilan tanishtirish, shuningdek, mazkur kurs bо‘yicha о‘zlashtirgan nazariy bilimlarini о‘zbek adabiyotidagi eng sara badiiy asarlar tili tahlilida sinab kо‘rishga о‘rgatishdan iboratdir.
ML fanini о‘zlashtirishga qо‘yiladigan talablar: Talabalar mazkur fanni о‘zlashtirganlaridan keyin matn va uning tо‘liq lingvistik ta’rifi, liplari, birliklari haqida tо‘g‘ri tasavvurga ega bо‘lishlari; badiiy matn va uning mazmuniy turlari, badiiy matnda intertekstuallikning ilodalanishi, badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar, til birliklari orqali namoyon bо‘ladigan estetik maqsadning yuzaga chiqish mexanizmlari haqida nazariy bilimlarga ega bо‘lishlari; badiiy matnning fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqiash bо‘yicha amaliy kо‘nikmalarni egallashlari; lingvopoetik tahlil tamoyillari asosida muayyan bir badiiy asarni mustaqil holda tahlil qilish malakasini egallashlari lozim.
ML fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Mazkur kursning mazmuni tilshunosiik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, nutq madaniyati, uslubshunoslik, falsafa, etika, estetika, mantiq va psixologiya kabi fanlar bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish talabadan jiddiy filologik tayyorgarlikni talab qiladi. Chunki badiiy matn ijodiy tafakkur mahsuli sifatida shakl va mazmun jihatidan о‘ta murakkab badiiy estetik butunlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |