Qarshi davlat universiteti magistratura magistrantning


Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi


Download 162.53 Kb.
bet2/7
Sana02.06.2024
Hajmi162.53 Kb.
#1837867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilm-ped ish

Ilmiy-pedagogik ishning maqsadi:



  1. Ilmiy-pedagogik ishda:

Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o`quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullardan foydalangan holda pedagogik mahorat va ko`nikmalarini shakllantirish, o`quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish malakasini va ko`nikmasini hosil qilishga yo`naltiriladi;

  1. Ilmiy-pedagogik amaliyot:

    • Ilmiy pedagogik va kasbiy amaliyotlar oily ta’lim muassasasi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, buyrtmachi tashkilot va muassasalar ilmiy-tadqiqot inistitutlari, ilmiy markazlari, laboratoriyalar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida o`tkaziladi.

    • ixtisoslik fanlari bo`yicha turli mashg`ulotlar (ma’ruza, seminar, amaliy ish, laboratoriya ishi va boshqa ilmiy izlanishlar)ni o`tkazish bo`yicha tajriba orttirish;

    • mashg`ulotlar o`tkazish va ma’ruzalar matnlarini tayyorlash;

    • yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o`rganish va qo`llash;

    • talabalar bilimini baholashning reyting tizimini o`rganish va uni amalda qo`llash;

    • talabalar mustaqil bilim olishining tashkiliy va o`quv-uslubiy ta’minotini o`rganish va amalda qo`llash;

    • uslubiy ko`rsatmalar ishlab chiqish;

    • ma’naviy-marifiy, tarbiyaviy ishlarni olib borish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat bo`ladi.

  2. Kasbiy amaliyot:

    • tegishli soha ilmiy-amaliy muammolarini va istiqbol rivojlanishini tushunish, ilmiy-texnikaviy rivojlanish zamonida o`z sohasining o`rni va ahamiyatini teran anglash, mutaxassisligini boshqa sohalar bilan hamkorligini ta’minlash;

    • mutaxassisligi bo`yicha tegishli me’yoriy va rasmiy hujjatlarni bilish va ularga asosan o`z faoliyatini tashkil etish;

    • nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash;

    • soha bo`yicha ilm-fan yutuqlarini bilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish va qo`llash ko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan bo`ladi.



4. Magistrantning ilmiy-pedagogik ishini o`tishini nazorat etish uchun mutaxassislik kafedrasi tomonidan amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot rahbari amaliyotning borishi haqida haftada bir marta kafedraga hisobot beradi. Amaliyot tugagandan so`ng magistrant ilmiy-pedagogik ishi bo`yicha hisobotni va talab darajasida rasmiylashtirilgan ilmiy-pedagogik ish kundaligini belgilangan tartibda kafedraga topshiradi va bajarilgan ishlar hisoboti kafedrada himoya qilinadi.

Magistrantlarga ikki yillik ta’lim muddatida nazariy ta’lim va ilmiy-pedagogik ishini o`tish uchun quyidagi jadvalda ko`rsatilgandek haftalik vaqt ajratilib, bu faoliyat 540 soat (300 soat auditoriya+240 soat mustaqil) miqdorida yuklama bilan aniqlanadi. Magistrantning ikki yillik ilmiy-pedagogik faoliyati 100 ballik tizimda baholanadi, reyting bali esa 540 ballga nisbatan hisoblanadi.






Download 162.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling