Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti xotin-qizlar kengashi tomonidan 3-ttj da o’tkazilgan “Pazanda kelin” tadbiri Bayonnomasi
Download 1.24 Mb.
|
bayonnoma Shaxmat 3TTJ
Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti xotin-qizlar kengashi tomonidan 3-TTJ da o’tkazilgan “Pazanda kelin” tadbiri Bayonnomasi 26.04.2023-yil Qarshi shahri Ma’ruzachilar: Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc) N.Kayumova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Saidova. Kun tartibi Talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ularni pazandalik mahoratlarini oshirish. Talaba qizlar o’rtasida ahillik va birdamlilik hislarini uyg’otish. Kun tartibidagi masala yuzasidan Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc) N.Kayumova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Saidova 3-TTJ da bir guruh qizlar davrasida suhbat olib borishdi. So’z boshida, Balog‘at yoshiga qadam qo‘ygan har bir qiz bola shirin orzulari daryosida oila degan kemani boshqarishni niyat qilishi tabiiy hol hisoblanadi. Ana shu kichik, ammo ulkan yukni tortuvchi kemani boshqara olishiga qanchalik tayyorligiga o‘zini ishonchi yetadimi yoki yo‘qmi eng asosiy masala ana shunda desak xato bo‘lmaydi. Oilaga tayyorligiga o‘z ishonchni baholashdan qiyin ish bo‘lmasa kerak degan savolga ba’zi qizlarimiz “Ovqat tayyorlashni, pishiriqlarni pishirishni, kir yuvish, dazmol qilish, uylarni tozalash, mehmon kutish va qolaversa, uydagilarning qosh-qovog‘iga qarashni bilsam bo‘ldi, uyog‘i bir gap bo‘lar”, deb o‘ylasalar adashadilar. Qiz bola avvalom bor oilaga ruhan tayyor bo‘lsa yuqoridagi beka sifatidagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi qiyin kechmaydi deb o’z so’zini yakunladi pedagogika fanlari doktori (DSc) N.Kayumova. Shundan so’ng xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Saidova boshchiligida bir guruh talaba qizlar bilan birgalikda “Pazanda kelin” tadbiri oʻtkazildi. Bunda qizlarimiz milliy taomlarimizdan goʻshtli, qovoqli, kartoshkali manti va gulxonim tayyorladilar. Tadbir so’ngida talaba qizlarimiz tayyorlagan goʻshtli, qovoqli, kartoshkali manti va gulxonimlar fakultet dekani N.Eshqorayeva va Amaliy matematika kafedrasining bir guruh o’qtuvchilari tatib ko’rib qizlarimizni pazandalik mahoratlariga baho berishdi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling