Qarshi davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan
Download 0.59 Mb.
|
mustaqil ta\'lim anafiz kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-auditoriyadan tashqari mustaqil ish 1-mavzu.
- Hisobot shakli (vazifa)
IV. Analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun vazifalar va metodik ko‘rsatmalar. 1-auditoriyadan tashqari mustaqil ish 1-mavzu. Kimyo fani-ishlab chiqarishning eng asosiy bo’g’ini. Kimyoviy korxonalar, zavod va fabrikalar. Ishning maqsadi: Kimyoviy ishlab chiqarish zavod va fabrikalar va ularga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish va rivojlantirish. Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash. Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 6 soat 1-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Mustaqil Respublikamiz tabiiy zahiralari va sanoatiga anorganik kimyo fanining chambarchas bog’liqligi, uni o’qitishning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini belgilaydi. Kimyo dunyoni tashkil etgan elementlarni hamda shu elementlardan hosil bo’lgan turli-tuman oddiy va murakkab moddalarni, ularning bir-biriga aylanishiga doir murakkab qonunlarni o’rganadi. Mustaqil mamlakatimizda kimyoga oid qator sanoatlar tez suratlar bilan rivojlanmoqda, yirik kimyo korxonalari barpo etilmoqda, chunonchi ularda o’nlab million tonna fosfor, sirka kislota angidridi, sirka kislota, ammiak, ammoniy nitrat, azot kislota, soda, tsement, shisha, karbamid, paxta tselloza, akrilanitril, kaprolaktam, atsetilen, etilen, nitron, kapron, atsetat tolalar va xalq xo’jaligini muvoffaqiyatli rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ko’pgina boshqa mahsulotlar Respublikamiz mintaqalaridagi yer osti va usti zahiralaridan foydalanib ishlab chiqilmoqda. Har bir kimyoning asosiy qonunlarini mukammal o’rganib, izohlab berishga va yetarlicha ko’nikma, malakaga ega bo’lishi kerak. Kamida 4-5 ta adabiyot bilan ishlashga o’rgatish. Har bir adabiyotdan olingan ma’lumotlar o’rtasidagi farq, o’xshashlik va o’zinggizni qarashinggiz qanday degan rivojlantiruvchi savollar bilan talabani mustaqil fikrlashga, mustaqil ishlashga o’rgatish. Masalan: 1) Kimyogarlarni qanday tasavvur qilasiz? Chizmada tasvirlang. Savol: "Kimyo" so'zi sizning kundalik hayotingiz bilan bog'liq qanday rasmlarni xayolingizga keltiradi? 2) Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” joylashgan. Mamlakat iqtisodiyoti va rivoji yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu korxonada tabiiy gazni qayta ishlab, yuqori rentabelli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Маjmuada yana bir loyiha amalga oshirilmoqda. Bu korxonada yangi turdagi polietilen va polipropilen ishlab chiqarilmoqda. Tozalangan metan gazi negizida suyuq sintetik yoqilg’i ishlab chiqarilmoqda. Reaksiya tenglamasi: 2CH4→C2H2+3H2 150 gektardan ortiq maydonga ega korxonada yiliga 3,9 мilliyard metr kubgacha tabiiy gaz qayta ishlanib, 3,5 мilliyard metr kub gaz, 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi, 100 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz, 100 ming tonnadan ortiq gaz kondensati, 1,5 ming tonna oltingugurt granulasi tayyorlanadi. Shuningdek, 750 ming kv/metrdan ortiq alyumin kompozitli panellar, 4,5 ming tonnadan ortiq polietilen quvurlar, shlanglar, ulovchi qism (fiting)lar va tomchilab sug’orish tizimlari hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Savol: 2) Respublikamizdagi qaysi kimyoviy zavodga qiziqishinggiz ortdi? 3) Siz kimyogar sifatida bu ishlab chiqarish zavodiga yana qanday yangiliklar kiritib, kengaytirgan bo’lardinggiz? Fanga tegishli foydalanish uchun adabiyotlar mustaqil ta’lim ishlanmaning oxirgi sahifasida keltirilgan.
|
| Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling