Qarshi davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan
Download 0.59 Mb.
|
mustaqil ta\'lim anafiz kimyo
I.Fanning maqsadi
Talabalarning mustaqil ishlarining maqsadi - fan bo'yicha fundamental bilimlarni, ijodiy, tadqiqot faoliyati tajribasini o'zlashtirishdan iborat. Talabalarning mustaqil ishi mustaqillik, mas'uliyat va tashkilotchilikni, ta'lim va kasbiy darajadagi muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishni rivojlantirishga yordam beradi. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat: 1) talabalarning olingan nazariy bilimlari va amaliy ko'nikmalarini tizimlashtirish va mustahkamlash; 2) nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; 3) olingan bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish; 4) o'quvchilarning bilish, ijodiy tashabbus qo‘rsatish, mustaqillik, mas'uliyat va tashkilotchilik qobiliyatlari va faolligini rivojlantirish; 5) mustaqil fikrlash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish va o'zini o'zi anglash qobiliyatlarini shakllantirish; 6) tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish; 7) yakuniy testlar va imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko'rish uchun mustaqil ta'lim jarayonida to'plangan va olingan materiallardan foydalanish. Metodik tavsiyalar me’yoriy hujjatlarga muvofiq tuzilgan va “Noorganik kimyo” fanidan аuditoriyadan tashqari mustaqil ishlar uchun mo‘ljallangan. Unda topshiriq va mashqlar mavjud bo'lib, ularning bajarilishi fan bo'yicha tizimli bilimlarni olish, talabalarning savodxonligi va madaniyatini oshirish imkonini beradi. Talabalarning mustaqil ishi natijalarini baholash mezonlari: - o'quv materialini talaba tomonidan o'zlashtirilganlik darajasi; - talabaning nazariy bilimlaridan amaliy topshiriqlarni bajarishda foydalana olishi; - umumiy ta'lim ko'nikmalarini shakllantirish; - materialni taqdim etishning asosliligi va ravshanligi; - ishlarning bajarilishi darajasi. Fanni o'rganish jarayonida mustaqil ishlash uchun 330 soat ajratilgan. Ko'rsatmalar talabalarga mavzu bo'yicha materialni maqsadli o'rganishga, mustaqil ishlarni bajarishda bilim va ko'nikmalar darajasini aniqlashga yordam beradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling