Qarshi davlat universiteti omonova maxfurat keldiyarovna meliorativ terminlarning leksik-semantik xususiyatlari


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojla­nishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 0.8 Mb.
bet4/31
Sana11.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1454826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Автореферат

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojla­nishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Terminologiya tilshunoslik sohasining dolzarb masalalari markazida bo‘lib kelgan. Dunyo tilshunosligida umumiy va xususiy terminologiya masalalari, terminlarning shakllanishi, ularga xos leksik-semantik, grammatik, terminologik xususiyatlar muntazam o‘rganilib kelinmoqda2. “Oxford Elementary learner’s dictionary” lug‘atida quyidagicha ta’rif keltirilgan, “Term – a word or group of words connected with a special subject3. (Термин – бу турли соҳалар билан боғлиқ махсус сўзлардир). Turli tizimli tillar terminologiyasi muammolari har doim tilshunoslik sohasining dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Jahon tilshunosligida sohaviy terminologiyaning umumiy va xususiy masalalari, terminlarning paydo bo‘lishi, ularga xos leksik-semantik, struktur-grammatik, terminlarning motivlanish belgilariga ko‘ra nomlanishi va ularning tizimli aloqalari, lug‘aviy qatlamlari kabi xususiyatlari muntazam o‘rganilib kelinmoqda4.
Ma’lum bo‘lishicha, “Avesto” paydo bo‘lgan davrdayoq g‘alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilikning barcha sohalari qatorida melioratsiya va irrigatsiya ishlari ham yetarli darajada rivojlangan.5 Ingliz tilida ham qishloq xo‘jaligi, xususan, dehqonchilikning irrigatsiya va melioratsiya sohalari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, bu sohada maxsus lug‘atlar yaratilgan bo‘lib, soha terminlari haqida kengroq ma’lumotlar berilgan. Jumladan, Mishel Mod, Andryu F. Grifs, Kevin Rouz, Troy Daggerlar hammuallifligida “A Beginning of Farmer’s Guide to Agriculture words, terms and definations”nomli fermerlar uchun agroterminlar qo‘llanmasi, R. Skot Frey tomonidan glossariy “A Glossary of Agriculture, Environment, and Sustainable development”, A.K.Singh va N.P.Singhlar tomonidan “Agricultural Terminology”, Doktor P.Chandra SHekxara tomonidan esa fermerlar uchun “Farmer’s Handbook on Basic Agriculture” nomli qo‘llanma nashr etilgan. Ayniqsa, Hayzer Betmenn, Stiv Kurtis va Keyt Mak Adamlar tomonidan yaratilgan “Dictionary of Agriculture” izohli lug‘ati qimmatli qo‘llanma sifatida mashhurdir.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida ham terminologiya masalalari asosan ikki yo‘nalishda o‘rganilmoqda, birinchisini, o‘zbek tili sohaviy terminologiyasi masalalarini o‘rganish tashkil etsa, ikkinchisini esa turli tizimli tillar sohaviy terminologiyasini chog‘ishtirma tilshunoslik yo‘nalishi asosida o‘rganish tashkil etadi. Shu jihatdan mavzuning o‘rganilishini ikki guruhga ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. 1.O‘zbek tilshunosligida terminologiya masalalari U.Tursunov, S.Akobirov, O.Usmonov, S.Ibrohimov, R.Doniyorov, A.Hojiyev, H.Dadaboyev, G‘.Abdurahmanov, A.Madvaliyev, Z.Mirahmedova, X.Jamolxonov, R.Sharopova, X.Jabborov, N.Qosimov kabi tilshunoslar tomonidan tadqiq qilingan6 va ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan lug‘atlar tuzilgan.7 2. Chog‘ishtirma tilshunoslikning terminologiya va leksikografiya masalalari bo‘yicha M.E. Umarxo‘jayev X.D. Paluanova, D. Saidqodirova, O.S. Axmedov, D.X. Kadirbekova, I.X. Sadikova, N.S. Nurmatova, P.P. Nishonov, M.Hoshimxo‘jayeva kabi tadqiqotchilar o‘zbek tili sohaviy terminologiyasi hamda xorijiy tillar materiallarining qiyosiy tadqiqini amalga oshirgan.8

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling