T/r
|
Ingliz tilida melioratsiya sohasining turlari
|
O‘zbek tilidagi tarjimasi
|
1.
|
Hydromelioration
|
Gidromelioratsiya
|
2.
|
Agroforestry melioration
|
Agroo‘rmon melioratsiyasi
|
3.
|
Cultural technician melioration
|
Kulturtexnik melioratsiya
|
4.
|
Сhemical melioration
|
Kimyoviy melioratsiya
|
Keyingi bosqichda terminning yevropacha milliy tafakkurga xos jihatlari namoyon bo‘ladi: gidromelioratsiya: “quritish tadbiri”, “toshqinga qarshi tadbir”, “selga qarshi tadbir”; agromelioratsiya: “o‘rmonlashtirish”, “yaylovlashtirish”, “yaylovlashishga qarshi kurash”; kulturmelioratsiya: “o‘rmon qoldiqlaridan tozalash”, “har xil predmetlardan tozalash”, “qumoqlash”; kimyoviy melioratsiya: “ohaklash”, “gipslash” kabi. Shu asosda, Yevropa xalqlari milliy ongida melioration termini dehqonchilik uchun mo‘ljallangan yer botqoqliklarini quritish, toshqin va selga qarshi choralar, o‘rmonlashtirish, yaylovlashtirish va yaylovlashishga qarshi kurash, o‘rmon qoldiqlari va har xil predmetlardan tozalash, qumoqlash, ohaklash, gipslash kabi chora-tadbirlar majmui konseptual mohiyatiga egaligi haqidagi xulosa qilish mumkin.
O‘zbek tilidagi melioratsiya termini esa quyidagi izohlarda o‘z mohiyatini namoyon qiladi: melioratsiya – o‘zbek dehqonchiligi tarmog‘ining tarkibiy qismi, suv bilan ta’minlash tadbirlari majmui, yerni zax suvlar va tuzlardan tozalash tadbirlari majmui, yer sifatini saqlab qolish va yaxshilash uchun o‘simliklarni o‘ziga xos tarzda ekish tadbirlari majmui, eroziyaga qarshi maxsus o‘rmonchilik tadbirlari. O‘zbek tilida melioratsiya sohasi mavjud darslik, qo‘llanmalarda va boshqa adabiyotlarda quyidagi tarmoqlarga bo‘linishi ko‘rsatilgan:
1.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |