Qarshi davlat universiteti omonova maxfurat keldiyarovna meliorativ terminlarning leksik-semantik xususiyatlari


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 0.8 Mb.
bet8/31
Sana11.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1454826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
Автореферат

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 5 ta ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan, 2 ta respublika hamda 3 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruza ko‘rinishida bayon etilgan va aprobatsiyadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 20 ta ilmiy ish, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, jumladan, 3 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Tadqiqotning asosiy hajmi 141 sahifani tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, nashr qilingan ishlar va ishning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Ingliz va o‘zbek tillarida meliorativ terminlarning struktur-grammatik xususiyatlari va leksik-semantik tasnifi” deb nomlanadi. Bob to‘rt bo‘limdan iborat. Ushbu bobda ingliz tilidagi “melioration” va o‘zbek tilida “melioratsiya” terminlari va tushunchalari xususida aniq va lo‘nda ta’rif va izohlar berilgan, zero, tadqiqot mavzusining nomlanishi va uning mohiyati shuni talab qiladi. Bobda meliorativ terminlarning struktur-semantik xususiyatlari yoritilgan va leksik-semantik tasnifi berilgan.
Ingliz va o‘zbek tillarida melioratsiya terminologiyasining shakllanish manbalarini aniqlashda mavjud ma’lumotlarga asosan, O‘rta Osiyoda melioratsiya qadimgi davrlardan qo‘llanila boshlagan. Miloddan avvalgi 6-5 ming yilliklarda tog‘ oldi hududlarda liman va qayir usulida dehqonchilik qilingan 9. O‘zbekistonda esa melioratsiya sug‘orma dehqonchilik meliorativ jihatdan eng qulay bo‘lgan joylar bundan 3-3,5 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan va keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiy etgan sari yerlarning meliorativ holati yaxshilangan 10. Birinchi bobning 1-bo‘limida ingliz tilidagi melioration termini va tushunchasining mohiyati haqida fikr yuritilgan11. Birinchi bosqichda mazkur terminning mohiyati, umummilliy tabiati, uning turlari gidromelioratsiya, agromelioratsiya, kulturtexnik melioratsiya, kimyoviy melioratsiya ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi tahlil etilgan:
1.1-jadval


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling