Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti amaliy psixologiya yo
O‘lchov shkalalari, o‘zgaruvchilar va ularning turlari
Download 32.12 Kb.
|
ZOIR
4. O‘lchov shkalalari, o‘zgaruvchilar va ularning turlari.
Matematik statistika, tavsiflovchi va induktiv statistika tushunchalari. Statistik tahlil tushunchlarining tushuntirishdan oldin psixologiya va matematika fanlari o‘rtasidagi bo\liqlik qonuniyatni tushuntirish zarurdir. qanday qilib gumanitar fanni aniq fan bilan aloqadorligini aniqlash mumkin. Zamonaviy psixologiya psixologik ko‘rinishlarning ikki turini o‘rganadi, 1) o‘lchansa bo‘ladigan psixologik ko‘rsatkichlar va 2) o‘lchansa bo‘lmaydigan psixologik ko‘rsatkichlar. Demak psixologik ko‘rinishlarning ikki turi mavjud o‘lchanadigan va o‘lchanmaydigan. O‘lchansa bo‘lmaydigan holatlar psixikaning mazmuniy qismi hisoblanadi. O‘lchansa bo‘ladigan holatlar esa psixikaning formal-dinamik miqdori hisoblanadi. Umuman olganda psixika miqdoriy holat hisoblanadi. Biroq K.Marksning fikriga ko‘ra «O‘lchov bo‘lmagan joyda fan yo‘qdir». Ehtimol bu holat umumfalsafiy tasdiqlar bilan bo\liqdir, miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlariga o‘tish ehtiyoji mavjuddir. Shaxsning shaxsiy o‘ziga xos holatlarining yaqqol namoyon bo‘lishi, xarakter aksentuatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin, keyinchalik bu xislatlarning o‘sishi patologik ko‘rinishlarni keltirib chiqarishi mumkin. namoyishkorlik ma’lum bir ma’noda xarakter xususiyati hisoblanadi, agar bu maksimal darajada bo‘lsa xarakter aksentuatsiyasi hisoblanadi, bu hislatning patologik darajasi psixopatiya va isterik tipni keltirib chiqarishi mumkin. Psixologiyada sifat va miqdor bir biriga bo\liq ravishda shakllanadi. Psixikaning sifatida uning miqdorida ko‘rinadi. Har qanday sifat miqdorda aks etadi. Sifatni miqdor orqali bilish mumkin. Agar sifatni oshirish zarurati tu\ilsa, u holda birinchi bo‘lib miqdoriga yondoshish kerakdir. Miqdoriy yondoshuv psixikaning sifatiga yondoshish imkoniyatini yaratadi. Faqat miqdoriy yondoshuv ilmiy yondoshuv hisoblanadi. Miqdorlar har doim sonlarda o‘z ifodasini topadi, sonlar esa oson tarzda tahlilning boshqa shakllariga o‘tishi mumkin (kengligi, balandligi, xajmi va boshqalar). Matematik statistika bu zamonaviy matematika sohasi bo‘lib, ehtimollar nazariyasiga tayanadi va o‘lchovlar qonuniyatini va ularning ehtimolli ko‘rsatkichlarini o‘lchash imkoniyatini yaratadi, u hisob kitob holatlariga tayanadi. «Statistika» atamasi «matematika» atamasi bilan hamohang tarzda ishlatiladi, ular qiyin formulalar bilan bo\langandir, ularni abstraklashtirish talab qilinadi. Biroq Mak-Konnelning fikriga ko‘ra staistika bu tafakkurning ko‘rinishi bo‘lib, bunda aql idrok va matematikaning asosini bilish talab qilinadi. Statistika matematikaning sohasi bo‘lib, bunda kuzatishlar yoki o‘lchovlar natijalari o‘rganiladi. Bunda staistikaning metodlar orqali tahlili keltiriladi. Buni o‘rganish uchun statistikani uch asosiy bo‘limlarini o‘rganish talab qilinadi. Download 32.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling