Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi


Download 457.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi457.86 Kb.
#1596642
1   2   3   4   5
Bog'liq
F.Musajon

Farhod Musajonov — adib, nosir, dramaturg va kinossenarist. U 1932-yili 
Toshkentda tavallud topgan. 1956-yilga kelib, Toshkent Davlat dorilfununining 
sharq fakultetini tugatadi. Respublika radiosi, televideniyesi hamda „Oʻzbekiston 
madaniyati“ ro‘znomasi, „Gʻuncha“ va „Sharq yulduzi“ oynomalarida faoliyatda 
bo‘ladi. Hozirgi kunda esa „Oʻzbekfilm“ studiyasida ishlaydi.


12 
Hozirgacha uning hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr 
etilgan. Shulardan 10 ga yaqini hikoyalar, to‘rtta qissasi mavjud. Farhod 
Musajonov dramaturg sifatida oltita pʼesa, beshta kinossenariy muallifi hamdir. 
Yana qanchadan-qancha hajviy hikoya, intermediya, bolalar uchun rang-barang 
janrda asarlar ham yaratgan 
 
F. Musajonning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga 
bag’ishlangan hikoyalarida ilgari surilgan g’oyalar 
Farhod Musajon ijodining o
ʻziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning 
aksar hikoyalari quvnoq hazil-mutoyiba hissi bilan sug
ʻorilgan. Adibning barcha 
hikoyalarida beg
ʻubor va zavqli bolalik davri ruhiyati saqlangan. Shuning uchun 
uning hikoyalari oson o
ʻqiladi, oson hazm boTadi. Natijada taʼsir kuchi ham ortadi. 
Adib ijodining yana bir jihati u o
ʻz personajlarini yomon yoki yaxshi, adabiy 
atamalar qo
ʻllab aytadigan boʻlsak, salbiy yoki ijobiyga ajratmaydi. Ularga baho 
berar ekan, fe
ʼl-atvori qandayligini tasvirlar ekan hech qachon kuchli iboralarni, 
“ablah, iblis, yaramas, gazanda” va hokazo haqoratomuz, qattiq-quruq so
ʻzlarni 
ishlatmaydi. Zero, inson sifatida endi shakllanayotgan bolalarga nisbatan bunday 
o
ʻtkir soʻzlarni ishlatish insofdan va adolatdan emasligini tushunadi. U oʻz 
qahramonlarini, qandayligidan qat
ʼi nazar, oʻyinqaroqmi, lapashangmi, ayyormi, 
dangasami, maqtanchoqmi – hammasini birday sevardi va sevib tasvirlardi. Uning 
uchun yomon bola umuman yo
ʻq, kamchiligi boʻlishi mumkin, deylik yolgʻonchiroq, 
xasisroq, xudbinroq, lekin nokas bola yo
ʻq, har qanday bolani ham toʻgʻri yoʻlga solib 
yuborish mumkinligiga ishonardi. Va shu muborak maqsad yo
ʻlida ijod qildi. 
Farhod Musajonning o
ʻziga xos uslubi bor edi. Uning asarlaridan bir 
parchagina o
ʻqigan odam muallifning kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, 
sodda, tushunarli va ixcham yozardi. Shu sababli katta mahorat evaziga yillar 
davomida paydo bo
ʻladigan va shakllanadigan badiiy soddalik tufayli uning asarlari 
o
ʻqimishli chiqadi. Bolalar tili bilan aytsak, hikoyalari “rostakam boʻlgan voqeaga 
o
ʻxshaydi”. Darhaqiqat, adib voqealarni xuddi hayotdagidek ishonarli va qiziqarli 


13 
qilib so
ʻzlab beradi. Bu juda muhim. Negaki bolalar hikoya voqealariga 
ishonmasalar asarning ta
ʼsir kuchi yoʻqqa chiqadi. Mana shu omil – ishontira olish 
mahorati Farhod Musajon ijodining eng muhim xususiyatlaridan edi. 
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozdi. Uning kitoblari orasida 
maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik va o
ʻrta hamda katta 
yoshdagi bolalarga va o
ʻsmirlarga bagʻishlangan asarlarini ham uchratish mumkin. 
Ma
ʼlumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar, 
tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar o
ʻzlari tinglagan asarlari 
yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat 
xislatlari; mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan 
shakllana boshlaydi. Turmushda qizg
ʻanchiq boʻlmaslik, kasbhunar egallashga 
intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. 
Bolalarning pedagogikpsixologik xususiyatlarini yaxshi o
ʻrgangan Farhod Musajon 
kichik yoshdagi bolalarga bag
ʻishlab “Eng yaxshi chana”, “Shodiyona kun”, 
“Shiqildoq”, “Pahlavon va nimjon”, “Sovg
ʻa”, “Ajoyib buzoqcha”, “Yaxshilik”, 
“To
ʻlab ber”, “Varrak”, “Dogʻ” kabi oʻnlab hikoyalar yaratgan. 
Adibning “Varrak” asarining mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi 
asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat 
qilishga chaqiriladi. 
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri “Eng yaxshi chana”dir. Bu hikoyada 
qo
ʻli ochiq, saxovatli, bagʻri keng boʻlish, xasis, ziqna boʻlmaslik kabi gʻoyalar 
kichkintoylar ongiga yetkaziladi. 

Download 457.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling